10-Маъруза: Steklar va navbatlar. Ularni mantiqiy tasvirlash va utida amallar bajarish algoritmi. Reja


Download 8.48 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi8.48 Kb.
#1049349
  1   2   3
Bog'liq
10-Маъруза Steklar va navbatlar. Ularni mantiqiy tasvirlash va -azkurs.org


10-Маъруза: Steklar va navbatlar. Ularni mantiqiy tasvirlash va utida amallar bajarish algoritmi. Reja

10-Маъруза:

Steklar va navbatlar. Ularni mantiqiy tasvirlash va utida amallar bajarish algoritmi.

Reja:
1. Stek va uning tadbiq qilish
2. Navbat va uning tadbiqi
3. Dek

4. Mustaqil ishlash uchun masalalar


5. Adabiyotlar 


https://www.youtube.com/watch?v=AQ0dZdOMmmU&list=PLwsopmzfbOn8aR9xpU7ePK30scihq4zuW&index=10

https://www.youtube.com/watch?v=x9bCJYRTh3k&list=PLwsopmzfbOn8aR9xpU7ePK30scihq4zuW&index=9&t=28s

Kalit so‘zlar: 
stek, navbat, dek, LIFO (Last In - First Out), FIFO (First In - First Out), stek cho’qqisi. 


Stek va uning tadbiq qilish

Stek — bu tartiblangan elementlar to’plami bo’lib, elementni qo’shish yoki mavjud elementni o’chirish faqat oxiridan, ya’ni stek cho’qqisi deb ataluvchi elementdan ruxsat beriladi.
Stek LIFO (Last In - First Out) – oxirgi kelgan birinchi ketadi turidagi tuzilma hisoblanadi. Stek bu likomchalar taxlamiga o’xshash tuzilma bo’lib, unda zarur bo’lgan likopchani olish uchun barchasini alohida ajratib chiqish, yoki yangi likopcha qo’yilishi kerak bo’lsa, u holda eng yuqoridagi likopcha ustida qo’yilishi talab etiladi. Rasmda 6 ta elementdan iborat stekka misol keltirilgan.
1-rasm. Stekning mantiqiy ko’rinishi
STEKKA HAYOTDAN MISOLLAR.
Zamonaviy kompyuterlarda stek quyidagi hollar uchun qo’llaniladi:
• lokal o’zgaruvchilarni joylashtirish;
• protsedura yoki funktsiyalarning parametrlarini joylashtirish;
• qaytish adreslarini saqlashda (protseduradan qaysidir adresga qaytishda);
• ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlashda, asosan Assembler dasturlash tilida.
Stek uchun xotiraning cheklangan sohasi ajratiladi. Protseduraning har bir qayta chaqirilishida stekka yangi element qo’shiladi (parametrlar, lokal o’zgaruvchilar, qaytish adreslari). Shuning uchun ham protseduralarni aralash (tarkibli) chaqirish natijasida stek to’lib ketadi. Stekning to’lib ketishi rekursiv holatlarda juda xavfli hisoblanadi, ya’ni aynan protsedura yoki fnuktsiyani o’zini yoki tarkibini qayta chaqirish holatida yuz berishi mumkin. Agar tarkibli funktsiyani qayta chaqirish natijasida stek to’lib ketishi yuz bersa, dasturdagi rekursiya cheksiz bo’lib qolishi (tugallanmaydi) va xatolikka olib kelishi mumkin.

Download 8.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling