Majburiyатlar hisobi


Download 145.5 Kb.
bet1/19
Sana16.06.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1489248
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1353937756 40242


www.arxiv.uz

Reja:


1. Majburiyatlar ta`rifi va ularni e`tirof etish tartibi
2. Majburiyatlarni baholash tartibi
3. Majburiyatlarning turkumlanishi
4. Joriy majburiyatlarni hisobga olish tartibi
5. Uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish xususiyatlari


Majburiyatlar ta`rifi va ularni e`tirof etish tartibi.


Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari majburiyatlarni «avval amal-ga oshgan xo`jalik muomalalari yoki hodisalari natijasida kelib chiqqan, qondi-rilishi aktivlarning o`tkazilishi yoki ishlatilishiga, xizmatlar ko`rsatilishi yoki kelgusida iqtisodiy manfaatlarning boshqa yo`l bilan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo`lgan korxonaning qarzlaridir” deb ta`riflaydi. Demak, maj-buriyatlarning asosiy tavsifi shundan iboratki, bunda xo`jalik yurituvchi sub`ekt avvalgi xo`jalik muomalalari yoki hodisalari ta`sirida huquqiy va jismoniy shaxslar oldida yuzaga kelgan qarzdorlik bo`yicha o`z mas`uliyatini tan oladi. Maj-buriyatlar hisobi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirilish tartibi «Mo-liyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilishning kontseptual asoslari», «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», «Ijara hisobi» kabi Buxgalteriya hisobi-ning milliy standartlari asosida tartibga solinadi. Majburiyatlarni buxgal-teriya hisobi va hisobotida aks ettirish chog`ida e`tirof etishning tamoyillariga qanchalik tarzda rioya qilinishi hisobga olinadi. Ya`ni majburiyatlar ularni qop-lash natijasida iqtisodiy daromad keltirishi mumkin bo`lgan resurslarning chiqib ketishi yuz bersa va bu qoplash miqdorini o`lchash mumkin bo`lsa e`tirof etiladi.


Buxgalteriya hisobining milliy standartlarining holatlariga ko`ra majbu-riyatlar:
ularni pul vositasida to`lab berish;
o`rniga boshqa aktivlarni berish;
xizmatlar ko`rsatish;
ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish ;
majburiyatni aktsiyaga (kapitalga) almashtirish orqali qoplanishi mum-kin.
Majburiyat agar kreditor o`z huquqidan voz kechgan yoki u bunday huquqdan mahrum qilingan paytda ham qoplangan deb hisoblanishi mumkin.

Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling