Majburiyатlar hisobi


Joriy majburiyatlarni hisobga olish tartibi


Download 145.5 Kb.
bet4/19
Sana16.06.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1489248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1353937756 40242

Joriy majburiyatlarni hisobga olish tartibi.




Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga joriy davrda to`lanadigan hisob-varaqlar hisobi.
Тo`lanadigan hisobvaraqlar deb, mol etkazib beruvchilardan nasiyaga tovar va materiallarni sotib olish hamda xizmatlardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlarga aytiladi. Bunday majburiyatlar aktivlarni sotib olish yoki xizmatdan foydalanish vaqti bilan, ular uchun haq to`lash vaqtini farq qilishi natijasida paydo bo`ladi.
1-misol. Korxona hisobot yilining 15 martida 30 kundan keyin haqini to`lab berish sharti bilan mol etkazib beruvchidan 200000 so`mlik xom ashyo sotib oldi. Bu xo`jalik muomalasi bo`yicha majburiyatning tan olinishi korxonaning buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Dt «Хom ashyo» 200000
Kt «Mol etkazib beruvchilarga to`lanadigan hisobvaraqlar» 200000


Qisqa muddatli to`lanadigan veksellar hisobi
Korxonalar nasiyaga olgan aktivlari yoki foydalanilgan xizmatlari uchun o`z vaqtida haq to`lash imkonini qila olmasalar yuzaga kelgan majburiyatlarni to`lash muddatini uzaytirish maqsadida qisqa muddatda to`lanishi ko`zda tutilgan veksel-lardan foydalanishlari mumkin. Ya`ni bunda savdo kreditorlik qarzi veksellar bo`yicha yuzaga keladigan majburiyatga almashtiriladi. Masalan, avvalgi misolda keltirilgan korxona 30 kun ichida majburiyatini to`lay olmay, mol etkazib beruv-chiga 6 oy muddatga yillik 12 foiz daromad keltirishni ko`zda tutgan veksel yozib berdi deb faraz qilaylik, unda bu xo`jalik muomalasi veksel yozib bergan korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha o`z aksini topadi


Dt «Mol etkazib beruvchilarga to`lanadigan hisobvaraqlar» 200000
Kt «Berilgan veksellar» 200000

Veksellar bank tomonidan berilayotgan kredit uchun garov sifatida ham ishlatilishi mumkin. Тo`lanadigan veksellar foizli va foizsiz bo`lishi mumkin. Foizli veksel foiz stavkasiga ega. Bu stavka belgilangan foiz stavkasi deyiladi. Foizsiz veksellarda esa foiz stavkasi aniq ko`rsatilmaydi, buning o`rniga ularda haqqoniy foiz stavkasi yoki foiz daromadi deb ataladigan foiz me`yori aks etti-riladi. Belgilangan foiz stavkasi – bu qarz xujjatida ko`rsatilgan foiz me`yori-dir. Belgilangan foiz stavkasi qarzning asosiy summasi uchun to`lanadigan foiz to`lov-larining summasini anglatadi. Qarz bo`yicha haqqoniy foiz stavkasi esa – bu mablag`larni qarzga olish vaqtidagi harakatdagi bozor foiz stavkasidir. Boshqacha qilib aytganda, qanday nomlanishidan kat`iy nazar, hamma qarz huj-jatlari bevosita yoki bilvosita qarzdor tomonidan foizlar to`lanishini talab qiladi. Bu holat vaqt o`tishi bilan pulning qadrsizlanishi natijasida haqdor tomondan to`lanadigan mablag` summasini kamaymasligini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladi.


Qarz majburiyati muddatini uzaytirish maqsadida yozib berilgan veksel bo`yicha davriy foiz summasi quyidagi formula orqali aniqlanadi


=Ks х Fs х V

bunda, - foiz summasi ; Ks - asosiy qarz summasi; Fs – foiz stavkasi; V – veksel muomalada bo`lgan vaqt.




2-misol. 2003 yilning 1 oktyabrida «XYZ» kompaniyasi yillik 12% to`lanadigan veksel bo`yicha 100000 summadagi mablag`larni qarzga oldi. Hisobot davri 31 dekabrda, vekselni harakat muddati esa – 2004 yil 30 sentyabrda tugaydi. Bu xo`jalik muomalalarini aks ettirish uchun ko`yidagi yozuvlar talab etiladi:
2003 yil 1 oktyabr. – foizli vekselni uning joriy qiymati bo`yicha aks ettirish:



Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling