10-Ma’ruza: Videomontaj, Android va ios tizimida ovozli va video fayllarni yaratish. Konvertatsiya. Video patokni zichlashtrish yoki kadrlar bo`yicha zichlashtirish. Simetrik va asimmetrik zichlashtrish
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
10-Maruza
Astro, Bender, 1.5 Cupcake, 1.6 Donut, 2.0 Eclair, 2.2 Froyo, 2.3Gingerbread, 3.0 Honeycomb, 4.0 Ice
Cream Sandwich, Jelly Bean, Key Lime Pie, Licorice, Molasses, Nougat(kursiv shaklida yozilganlar endi plandagilar). Agar ingliz alifbosi tugab qolsa, und anima bo’ladi???? Mana ba’zi qiziqarli faktlar bilan ham tanishib chiqdik. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, bu operatsion tizim barchaga maqul bo’lgan va juda ko’p dasturchalariga, o’yinlariga ega bo’lgan super tizim hisoblanadi. Bu tizimning minus tomoni shundaki, bu tizim bilan ishlaydigan mobil qurilmalarning tok manbai(batareyasi) juda tez tugaydi va elektr rozetkasi qidirib yurishingizga to’g’ri keladi. iOS(24 iyun, 2010-yilgacha - iPhoneOS) –Amerika kompaniyasi Apple tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan aqlli telefonlar, electron planshetlar va ko'chmamedia qurilmalari uchunoperatsiontizim. 2007 yilda ishga tushirilgan; Dastlab–iPhone vaiPod kabi qurilmalaruchun–keyinroq iPad va AppleTV uchun ishlab chiqilgan, Windows Phone(Microsoft) va Android(Google) OT larga qaraganda faqat Apple iOS uchun Machmikro yadrosiga asoslangan XNU yadrosi va Apple kompaniyasi tomonidan yaratilganda sturkodi hamda NeXTSTEPOS vaFreeBSD kodiishlatilgan. iOS ARM arxitekturasiga ega bo‘lgan planshetlarda va smartfonlarda ishlaydi. 2007-yil 17 oktabr kuni StivJobs foydalanuvchilar uchunSDK 2008-yilning fevral oyida chiqishini e‘lon qildi.iPhone vaiPod Touch ga dastur yaratish uchunSDK 2008-yil 6-mart kuni ishlabchiqildi. arxitekturasi Objective-C –obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tilibo‘libApple kompaniyasi tomonidan ishlatiladi. C dasturlash tiliga asoslangan til hisoblanadi. Objective-C tiliC dasturlash tilidan olinganli sababliC kodObjective-C kompilyatori uchun tushunarli Tarixi 2005-yilning iyulida Google korporatsiyasi Android Inc. kompaniyasini sotib oldi.2007-yilning 5- noyabrida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini eʼlon qilib, birinchi ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi. 2008-yilning 23-sentabrida operatsion tizimning birinchi versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan soʻng tizim bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qoʻshdi. 2009-yilda platformaning toʻrtta updatelari (yangilashlari) chiqdi.Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va sentabrda mos ravishda 1.5 „Cupcake“ va 1.6 „Donut“ updatelari chiqdi. „Cupcake“ versiyasi bir qancha oʻzgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar. „Donut“da birinchi marta CDMA tizimlarini qoʻllash paydo boʻldi. 2009-yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qoʻllaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1) versiyasida „tirik rasmlar“ paydo boʻldi va ekran blokirovkasinining koʻrinishi oʻzgardi. 2010-yilning oʻrtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi chiqdi. 2010-yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish etildi. Bu updatelar anʼanaviy blokirovkani raqamli yoki xarf-raqamliga oʻzgartirdi, „Kesish, nusxa koʻchirish“, qayta qoʻyish funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo. 2011-yilning 22-fevralida Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi. 2011-yilning 19-oktabrida chiqqan Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi. 2012-yilda tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktabr ohirida yangi update chiqqach 4.2ga oʻzgardi. MOSLAMALAR Shuningdek qarang: Android moslamalari ro`yxati. Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008-yilning 23-sentabrida HTCkompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish etilgan) boʻldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish soʻrovlari paydo boʻldi.Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-versiyasi (Honeycomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham Android yoqib qoldi.Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda oʻzining „Google Nexus“moslamalarini Android OT ostida chiqara boshladi.Aynan shu moslamalar birinchi boʻlib yangi versiyalarda chiqadi. Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa moslamalarga ham oʻrnatiladi. Masalan, 2009-yilda sotuvga Androidda ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011-yilda Blue Sky kompaniyasi Android OT ostidagi „aqlli“ i`mWatch soatlarini chiqardi. 2012-yil avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani namoyish etdi. „Google Nexus“ seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Android ostidagi Nexus Q mediapleyeri mavjud. Shu bilan birga android rusumidagi televizorlar ham mavjuddir 2012-yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3 mln.ga koʻpayotgani haqida habar berdi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling