Mavzu: apple kompaniyasi iqtisodiyoti fan : Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot


Download 37.96 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi37.96 Kb.
#1734623
Bog'liq
MAVZU APPLE KOM-WPS Office

MAVZU:APPLE KOMPANIYASI IQTISODIYOTI

Fan : Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot

Tayorladi: Nurjamolov Sh

Tekshirdi: Berdiyorov B


AQShning "Apple" texnologiya kompaniyasi bugun 1 trillion dollarga baholanib, mamlakatning eng qimmat biznesi sifatida tarixga kirdi.
Qimmatbaho qog'ozlar bozorida uning har bir aksiyasi 208 dollardan oshdi va kompanoya 20 milliard dollarlik aksiyasini qayta xarid qilgan.
1980-yildan beri qimmatbaho qog'ozlarini sotadigan kompaniya bahosi hozirga kelib, 50 ming foizga oshgan.
Uning aqlli telefonlari, ya'ni iPhone rusumidagi mahsulotlari eng xaridorgir tovar sifatida jahon bozoriga chiqib, shaxsiy kompyuterlari bilan tanilgan bu biznes yanada o'sdi.
Kompaniyani yaratganlardan beri Stiv Jobs bir necha yil oldin vafot etgan, lekin merosining nufuzi oshganda oshgan.
Shimoliy Kaliforniyada asoslangan "Apple"ni Jobsdan keyin Tik Kuk boshqarib kelmoqda.
Nasdaq maʼlumotlariga koʻra, 3-yanvar kuni birjadagi savdolarda Apple kompaniyasining kapitallashuvi ilk bor 3 trillion dollarga yetdi. Bu holat kompaniya aksiyalari narxi 182,86 dollargacha ko'tarilib, deyarli 3 foizga oshganidan keyin sodir bo'ldi.
The Wall Street Journal nashrining ta'kidlashicha, Apple aksiyalari narxi 2020-yilning mart oyida erishilgan eng past ko‘rsatkichdan uch baravarga hamda 2021-yil boshidan buyon 38 foizga oshgan.
Bu yaxshi natija negaki, 3 trillion dollar Germaniyadagi butun fond bozori va butun Buyuk Britaniya iqtisodiyoti hajmidan ko'proq.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil oktabr oyida Amerikaning Microsoft korporatsiyasi Apple’dan o‘zib ketgan edi va 2,46 trillion dollar kapitallashuvi bilan dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylangandi.
O‘shanda Apple kapitallashuvi 2,41 trillion dollarni tashkil qilgan, chunki 2021-yilning uchinchi choragi uchun hisobot ma’lumotlari e’lon qilinishi fonida kompaniya aksiyalari qiymati 4 foizga pasaygandi. Kompaniyaning ushbu davrdagi daromadi mutaxassislar bashorat qilganidan past bo'lib chiqqan.
2020 yil yakuni bo‘yicha dunyo mamlakatlari YaIM:
Italiya - 2,5 trillion dollar;
Meksika - 2,4 trillion dollar;
Turkiya - 2,3 trillion dollar;
Janubiy Koreya - 2,2 trillion dollar;
Kanada - 1,8 trillion dollar;
Ispaniya - 1,8 trillion dollar;
Saudiya Arabistoni - 1,6 trillion dollar;
Qozog‘iston – 501,2 milliard dollar;
O‘zbekiston – 252,5 milliard dollar
«Apple» kompaniyasi tarixdagi eng katta soliqni to‘lashni, yangi kampus qurishni va 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni va’da qilmoqda. Kompaniya rejasiga ko‘ra, AQSh iqtisodiyotiga investitsiya kiritish loyihalari yaqin besh yilga mo‘ljallangan, deb xabar berdi «NV.ua».
Shu orqali har yilgi investitsiyalar hajmi taxminan 70 milliard dollarni tashkil etadi. 2018 yilda AQSh soliq kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, kompaniya xorijdan ko‘rgan daromadlari sabab 75 milliard dollar (soliqlari bilan birga) tikishni rejalashtirmoqda.
Ushbu pullarning aksariyati kompaniyaning tezkor faoliyatiga sarflanadi: masalan, kerakli qismlarni va ishchi kuchini sotib olishga. Biroq pullarning bir qismi yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish uchun yo‘naltiriladi: 38 milliard dollar soliqlari bilan birga.
«Biz amerikacha ixtirochilikning ulkan kuchiga ishonamiz va investitsiyalarimizni ish o‘rinlarini tashkil etishga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan joylarga qaratamiz. Omadga erishishimizda yordam qilgan odamlarning mamlakatga qaytib kelayotganligi zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi», — deydi «Apple» rahbari Tim Kuk.
2021 yilning so`nggi choragi yakunlariga ko`ra, Amerikaning “Apple” kompaniyasining daromadi o`tgan yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, 25 sentyabrda yakunlangan uch oylik hisobot davrida kompaniyaning daromadi 83,4 milliard dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2020 yilning shu davrida bu ko`rsatkich 64,7 milliard dollarga etgan. O`tgan chorakda kompaniyaning sof foydasi 20,5 milliard dollarni tashkil qilib, u o`tgan yilga nisbatan 12,6 mlrd dollar ko`p.
Eslatib o`tamiz, kompaniyaning asosiy mahsuloti IPhone bo`lib qolmoqda. Bu smartfonlarning butun dunyo bo`ylab sotuvidan tushgan daromad chorakda 38,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Moliyaviy yilda esa bu ko`rsatkich 191,9 mlrd dollarga etgan.
Eslatib o`tamiz, kompaniyaning asosiy mahsuloti IPhone bo`lib qolmoqda. Bu smartfonlarning butun dunyo bo`ylab sotuvidan tushgan daromad chorakda 38,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Moliyaviy yilda esa bu ko`rsatkich 191,9 mlrd dollarga etgan.
Download 37.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling