10-ma’ruza. Yer osti kon lahmlarini o’tishda burg’ilash va portlatish ishlari
Download 25.88 Kb.
|
1 2
Bog'liq10-ma\'ruza
10-MA’RUZA. YER OSTI KON LAHMLARINI O’TISHDA BURG’ILASH VA PORTLATISH ISHLARI. Tog’ jinslari mustahkamlik koeffitsiyenti f˃6÷8 bo’lganda kon lahimlarini (qolgan hollarda lahim o’tuvchi kombaynlar yordamida o’tiladi). Kon lahimlarini BPI yordamida o’tishda quyidagi operatsiyalar bajariladi. Shpurlarni (yoki skvajinalarni) burg’ilash ularni zaryadlash, zaboykalash va portlatish, kon lahimini shamollatish, portlatib maydalangan tog’ jinsini qazib olish kon lahimini mustahkamlash. Portlash parametrlarini to’g’ri tanlash boshqa jarayonlar samaradorligi va kon lahmini o’tishning texnik iqtisodiy ko’rsatkichiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Kon lahmini zaboyini portlatish BPI passporti asosida amalga oshiriladi. Ushbu passportda quyidagi ma’lumotlar beriladi: portlatilayotgan tog’ jinslari turi (monolitligi, darzligi, va h.k.z), shpurlar soni diametri va chuqurligi, o’yuvchi shpurlar turi, portlovchi modda turi, zaryad miqdori, portlatish sxemasi, portlashdan kutilayotgan natija. Agar tog’ jinslari xossasi o’zgaruvchan bo’lsa, BPI passportidagi ma’lumotlar aniqlashtiriladi, (qo’shimcha yozuvlar) kiritiladi. Bizga ma’lumki kon lahimi zaboyini portlatishda bitta ochiq yuza mavjud bo’ladi. Portlatish ishlari samaradorligini oshirish uchun qo’shimcha ochiq yuza hosil qilish maqsadida kon lahimi o’qiga nisbatan qiya shpurlar burg’ilanadi. Ushbu shpurlar odatda kon lahimi zaboyining markazida joylashadi va boshqa shpurlardan ilgarilab portlatiladi va qo’shimcha ochiq yuza (o’yiq) hosil qilinadi. Shuning uchun ham bu shpurlar o’yuvchi shpurlar deb nomlanadi. O’yuvchi shpurlar boshqa shpurlarga nisbatan 0,2-0,3m chuqurroq burg’ulanadi va PM zaryadining miqdori ham 15-20 % ga ko’proq bo’ladi. O’yuvchi shpurlar atrofida yordamchi shpurlar burg’ilanadi va ushbu shpurlardagi zaryadlardan keyin portlaydi. Yordamchi shpurlar zaryadlari o’yuvchi shpurlar yordamida hosil qilingan qo’shimcha ochiq yuzani kengaytirishga xizmat qiladi. Ushbu shpurlar ba’zan oraliq shpurlar ham deyiladi. Bundan keyin yordamchi shpurlardan so’ng (qulatuvchi) shpur zaryadlari portlatiladi. Kon lahimi ko’ndalang kesim yuzasi kichik bo’lganda (4-6m2 ) qulatuvchi shpurlar burg’ilanmaydi. Lahim ko’ndalang kesim yuzasi va shaklini ta’minlash uchun chegaralovchi shpurlar burg’ilanadi va oxirida portlatiladi. Bunda chegaralovchi shpurlar lahim devoridan 10-15 sm uzoqlikda burg’ilanadi. Odatda yordamchi va qulatuvchi shpurlar lahim o’qiga parallel yoki zaboyga perpendikulyar burg’ilanadi. Chegaralovchi shpurlar esa lahim o’qiga parallel yoki qiya burg’ilanishi ham mumkin. Kon lahimini o’tishda shpurlar chuqurligi 2,5 m dan kata bo’lsa lahim chuqur shpur zaryadlari bilan, 1,5m dan 2,5m gacha bo’lsa o’rtacha chuqurlikdagi shpur zaryadlari bilan va 1,5m dan kichik bo’lsa mayda shpur zaryadlari bilan portlatilgan deb hisoblanadi. Portlatish ishlarini olib borishda shpurdan foydalanish keffitsiyenti (КИШ) alohida ahamiyatga ega. 𝜂= Shpurdan foydalanish koeffitsiyentiga bog’liq holda PI lari sifatiga baho beriladi. 𝜂<0,65÷0,7 bo’lsa PIlari qoniqarsiz, 𝜂=0,8÷0,9 gacha bo’lsa me’yordagidek va 𝜂>0,9 bo’lsa yaxshi bajarilgan deb baholanadi. 𝜂 ning qiymati o’yuvchi shpurlar turi va joylashish sxemasiga bog’liq. Shuning uchun ham PIlarini olib borishda o’yuvchi shpurlar turi va sxemasini tanlash asosiy masalalardan biri hisoblanadi. O’yuvchi shpurlar turi va sxemasi o’tilayotgan kon lahimining shakliga bog’liq holda va lahim o’tilayotgan tog’ jinsi xossalariga bog’liq holda aniqlanadi. O’tilayotgan kon lahimi to’g’ri burchakli yoki trapetsiyasimon shaklga ega bo’lganda to’g’ri va qiya o’yiqlardan foydalaniladi. To’g’ri o’yiqlar zaboy yuzasiga perpendikulyar yo’nalishda bir nechta shpurlarni burg’ilash va ushbu shpurlarning ayrimlarini zaryadlamasdan portlatish orqali hosil qilinadi. Bunday yo’l bilan hosil qilingan o’yiqlar prizmatik o’yiqlar deyiladi. Qiya o’yiqlar zaboy yuzasiga nisbatan 60-700 burchakda burg’ilanadi. Ularning uchlari bir-biridan 10-20 sm masofada joylashishi kerak. Agar o’tilayotgan lahimda darzlik bo’lsa o’yuvchi shpurlar darzlik yuzasiga perpendikulyar bo’ladi. Shuningdek ba’zi hollarda qiya va to’g’ri o’yuvchi shpurlar aralash qo’llanishi ham mumkin. O’yiqlarning quyidagi turlari qo’llaniladi: Piramida shaklidagi kon lahim ko’ndalang kesim yuzasi 4m2 dan 6m2 gacha bo’lganda qo’llaniladi. Odatda 4 ta shpur bitta markazga yo’naltirilgan bo’ladi. Vertikal ponasimon o’yiq kon lahimi ko’ndalang kesim yuzasiga bog’liq hollarda odatda 6 ta ( ba’zida 8-10 ta) shpurlar juftliklari bir-biriga yo’nalganda vertikal burg’ilanadi. Gorizontal ponasimon o’yiq 4m2 dan 6m2 gacha burg’ilash qo’llaniladi. Vertikal yoriq hosil qiluvchi o’yiq (вертикальный щелевой вруб). Har qanday ko’ndalang kesim yuzasidagi kon lahimlarida o’rtacha mustahkam tog’ jinslarida qo’llaniladi. Kon lahimi markazidan bir qator burg’ilanadi. Bundan tashqari pastki yuqorigi va yon tomondagi (нижный, верхный, боковой) o’yiqlar ham qo’llaniladi. Ushbu o’yiqlar asosan o’rtacha mustahkamlikdagi darzligi mavjud bo’lgan tog’ jinslarida qo’llaniladi. Shuningdek aylana shaklidagi kon lahimlarini o’tishda (stvollar va tunellar) o’yuvchi shpurlar konsentrik joylashtirilishi ham mumkin. Download 25.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling