Yer osti kon ishlarida shamollatish ishlarini olib borish


Download 480.66 Kb.
bet1/5
Sana30.10.2023
Hajmi480.66 Kb.
#1734510
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshi berk kon lahimlarini shamollatishning asosiy jarayonlari


  1. Boshi berk kon lahimlarini shamollatishning asosiy jarayonlari

Reja:
Kirish.

  1. Kon lahimini o’tishda shamollatish jihozlari

  2. Shamollatish usullari va ularning qo’llanishi

  3. Mahalliy shamollatish ventilatorlari yordamida shamollatish

  4. Havo sarfini hisoblash va shamollatish uskunalarini tanlash

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.


Yer osti kon lahimlarini o’tishda shamollatish quyidagilarni taxminlashi kerak: 25-30 daqiqa mobaynida portlatishdan hosil bo’lgan zaharli gazlarni havfsiz holatga yetkazish; shpurlarni burg’ilashda, portlatilgan tog’ jinslarini yuklashda va boshqa chang chiqaruvchi jarayonlarda hosil bo’ladigan changlarni samaradorli kavjoydan olib ketishni.
Kon lahimlarini o’tishda shamollatish umumiy kon havo oqimi yordamida yoki mahalliy shamollatish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Umumiy kon havo oqimi yordamida shamollatish usuli yonma-yon o’tilayotgan lahimlarni yoki lahim uzunligi katta bo’lmaganda qo’llaniladi. Bu usul shamollatish qurulmalari (to’siqlar, shamollatish eshiklari va hokazolar) yordamida lahim kavlash joyiga toza havoni yo’naltirish bilan amalga oshiriladi.
Lahimlarni o’tishda kavjoyni shamollatishning keng tarqalgan usuli - bu mahalliy shamollatishdir. Bu shamollatishning havoni haydash, havoni so’rish va murakkab usullari mavjud.
Havoni haydash usulida (1-rasm, a) ventilyator 1 kavjoydan 2 sof havoni so’radi va uni quvurlar 3 bilan o’tilayotgan lahim kavjoy oldi bo’shlig’iga 4 haydaydi. Bunda quvur uchi 3 kavlash joyidan = 8 ÷ 10 masofada o’rnatiladi. Agar ko’rsatilgan masofa uzunlashtirilsa lahimni shamollatish yomonlashadi.
Shamollatishda havo oqimi tezligini oshirish uchun quvur uchiga konusli nasadka o’rnatilishi mumkin. Bu usulning afzalligi- lahim kavlash joyi sof havo oqimi bilan ta’minlanadi. Shuning bilan bir qatorda portlatishda gazlarning kavlash joyidan uloqtirib tashlash yo’nalishi havo oqimi harakati yo’nalishi bilan bir xil bo’ladi. Lahim kavjoyiga havoni haydash usuli shamollatishning sezilarli kamchiligi bor. Lahim kavjoyidan o’tgan ifloslangan havo oqimi butun lahim bo’ylab tarqaladi. Bu usul mahalliy shamolatishda ko’proq qo’llaniladi.
Havoni so’rish usulida (1-rasm, b) zaxarli gazlar va changlangan havo oqimi quvurlar 3 orqali ventilyator 1 bilan kavjoydan so’rib olinadi. Bu usul masofasi 4 ÷ 6 bo’lganda yaxshi samara beradi. Bu usul qo’llanilganda lahim havo oqimi zaxarli gazlar va changlar bilan ifloslanmaydi.

1-rasm. Boshi berk lahimlarni shamollatish sxemasi. a- havoni haydash; b- havoni so’rish; v-murakkab.
Ushbu holat bu usulning afzalligidir. Lekin masofa uzaygan sayin havo oqimi tezligi pasayib boradi, undan tashqari zaxarli gazlar otilib chiqish yo’nalishi havo oqimi yo’nalishiga to’g’ri kelmaydi. Bular mahalliy portlatish usulining qo’llanishi doirasining torayishiga olib keladi. Mahalliy shamollatishning qo’shma usuli qo’llanilganda (1-rasm, v) ventilyator 5 toza havoni kavlash joyi oldi bo’shliqqa haydaydi. SHu vaqtda ventilyator 1 kavlash oldi bo’shliqdan havo oqimi quvurlar 3 orqali so’rib oladi.
Zaxarli gazlarning lahim bo’ylab tarqalishiga yo’l qo’ymaslik uchun kavlash joyidan = 30 ÷ 40 masofada ko’chma to’siq 6 o’rnatiladi. Haydash quvuri 7
yordamchi hisoblanadi, shuning uchun quvur diametri kichikroq va kavlash joyiga yaqinroq olib boriladi. So’rib olish quvuri 3asosiy hisoblanadi.
Bu usul havo oqimini haydash va so’rish usullari afzalliklarini qamrab olgan, ularning kamchiliklarini bartaraf qiladi, lekin amalga oshirilishi ancha murakkab. Shuning uchun uzunligi yuqori bo’lgan lahimlarni o’tishda yoki shaxtalar gaz va chang portlashidan havfli bo’lganda qo’llanilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. To’siq o’rnatilganda so’ruvchi ventilyator samaradorligi havo oqimini haydovchi ventilyator samaradorligidan 10-15 % ortiq, to’siq o’rnatilmaganda 30% gacha ko’p bo’lishi kerak. Asosiy ventilyator 1 o’tilayotgan lahim og’zidan hamma vaqt 10m dan kam bo’lmagan masofada o’rnatiladi.

Download 480.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling