Yer osti kon ishlarida shamollatish ishlarini olib borish
Shamollatish usullari va ularning qo’llanishi
Download 480.66 Kb.
|
Boshi berk kon lahimlarini shamollatishning asosiy jarayonlari
Shamollatish usullari va ularning qo’llanishi
Shamollatish umumshaxta depressiyasi bo’yicha yoki mahalliy shamollatish ventilatorlari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Umumshaxta depressiyasi bo’yicha shamollatish usulida kavjoylarni uzluksiz shamollatish ta ’minlanadi, bu esa ushbu usulning asosiy afzalligi hisoblanadi. Gazsiz shaxtalarda, agar boshi berk lahimlarning uzunligi 10 m gacha b o ‘lsa, ularni lahim yonidan o’tayotgan havo oqimi hosil qilayotgan diffuziya hisobiga shamollatish mumkin. Gazli shaxtalardan diffuziya yordamida shamollatish taqiqlanadi. Umumshaxta depressiyasi hisobiga shamollatish usulidakon-tayyorlov lahimlari kavjoyga kiradigan va undan chiqadigan ishlatilgan havo struyalarini ajratish ylama shamollatish quvuri (2) yordamida bajariladi (2-rasm). Bunda b o ‘ylama to ‘siq lahim o ‘qi yo’nalishi b o ‘yicha o ‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda shaxtalarda bo’ylama to ‘siqdan ayrim hollardagina foydalaniladi. Uncha katta bo’lmagan ko’ndalang kesim yuzali parallel lahimlar (proseklar, pechlar, oraliq shtreklar) kavjoylarini shamollatishda, asosan, shamollatish quvuridan foydalaniladi. Shamollatiladigan lahimlar uzunligi 60 m gacha bo’lgan lahimlarni shamollatishda to ‘siq va quvurdan foydalanishmumkin. Bremsberg, uklon va sirpanmalarni o’tishda parallel lahimlardan keng foydalaniladi. Prosek yoki yo’lak kabi parallel lahimlar asosiy lahimdan 10—30 m masofada unga parallelo’tkaziladi va har bir 10—30 m da asosiy lahim bilan tutashtirma lahim orqali ulanadi. Kavjoy surilib borishi mobaynida tutashtirmalar to’siq bilan yopib boriladi. Tutashtirma (sboyka)lar orasidagi masofa qisqargan sari kavjoyni shamollatish yaxshilanib boradi, biroq ular orqali sirqib chiqadigan havo miqdori ko’payadi. O’ta qiya kon yotqiziqlari bo’ylab ko’tarmalar o’tilganda ularning kavjoylarini shamollatish uchun burg’ilash skvajinalari keng qo’llaniladi. Bunda qavatning yoki nimqavatning bor balandligi b o ‘yicha diametri 300—800 mm, uzunligi 50—150 m ga teng skvajinalar burg’ilanadi. Tashish va shamollatish shtreklarini tutashtiruvchi skvajina orqali sirpanma o’tiladi. Shunday qilib lahimlarni yelvizak shamollatishga erishiladi. Download 480.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling