Yer osti kon ishlarida shamollatish ishlarini olib borish


Kon lahimini o’tishda shamollatish jihozlari


Download 480.66 Kb.
bet2/5
Sana30.10.2023
Hajmi480.66 Kb.
#1734510
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshi berk kon lahimlarini shamollatishning asosiy jarayonlari

Kon lahimini o’tishda shamollatish jihozlari

Kon lahimlarini o’tishda mahalliy shamollatish uchun ventilyatorlarning bir o’qli (osevыe) va markazdan qochirma (sentrobejnыe) turlari mavjud. Bir o’qli ventilyatorlar ixcham, ishlashi qulay, shuning uchun ham ular ko’proq qo’llaniladi. Markazdan qochirma ventilyator o’tilayotgan lahim uzun bo’lganda yoki tik stvollarni o’tishda qo’llaniladi. Gaz va ko’mirning to’satdan otilib chiqishi bo’yicha havfli shaxtalarda lahim o’tishda mahalliy shamollatish uchun pnevmotik ventiyaltorlar ishlatiladi. Mahalliy shamollatish ventilyatorlar xarakteristikasi 16 jadvalda berilgan.


Shamollatish quvurlar uzunligi 2-3m, diametri 400 ÷600 mm bo’lgan metalldan yasalgan yoki sintetik materialdan qilingan bo’ladi. Karton yoki boshqa material bilan zichlangan flanetslar yordamida bir –biri bilan ulangan bo’ladi. Shamollatishning havoni haydash usulida ikkala tomoni ham rezinali qoplama bilan qoplangan turi M rusumli gazmol quvur qo’llaniladi.
Undan tashqari bu usulda materiallari tekstovinit, plastikat, kapron bo’lgan shamollatish quvurlaridan ham foydalanadilar. Bunday quvurlar diametri 300 ÷600 mm, quvur qismlari uzunligi 5-10-20 m bo’ladi. Quvur qismlari bir biri bilan prujinali halqa yordamida o’zi zichlanadigan moslama bilan ulanadi. Changlarni o’tirtirish va portlatish zaharli gazlarining havo tarkibidagi miqdorini kamaytirish uchun jadal shamollatish bilan bir vaqtda suv tumanini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ventilyator asosiy o’lcham va parametrlari
jadval

Shamollatish ko’rsatkichlarini hisoblash
Shamollatish ko’rsatkichlarini hisoblashda shamollatish usulini tanlash, kavjoyni shamollatish uchun havo oqimining kerakli miqdorini, shamollatish quvurlari diametrini, ventilyator unumdorligi va bosimini aniqlash kerak bo’ladi.
Shu ko’rsatkichlar asosida ventilyator turi tanlanadi.
1. Portlatish ishlaridan keyin lahim kavjoyini shamollatish uchun kerakli havo miqdorini quyidagi formulalar bilan aniqlash mumkin.
Havoni haydash usulida shamollatishda

Havoni so’rish usulida shamollatishda

murakkab usulida shamollatishda

bu yerda: A-lahim kavlash joyida bir vaqtda portlatiladigan portlovchi modda miqdori, kg;

  1. lahimni shamollatish davomiyligi, min;

Sich lahim ko’ndalang kesimi ichki yuzasi, m2
L shamollayotilayotgan lahim uzunligi, m
lp kavlash joyidan to’siqqacha bo’lgan masofa (30-40), m
l3 portlatishda hosil bo’lgan gazlarning otilib chiqqan doirasi uzunligi, u quyidagi ifoda yordamida aniqalanadi:

Lahimni changsizlantirish uchun shamollatishda quyidagi shart bajarilishi kerak:

Shamollatish quvurlari diametri quvurdan o’tadigan havo miqdori va uning uzunligiga mos holda jadvalda keltirilgan.

  1. Ventilyator QP unumdorligi va uning bosimi (depressiya) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


bu yerda: Q- formulalar orqali hisoblangan havo miqdori, m3/mm;


R1- -quvurda havo yo’qotilish koeffitsiyenti;
R –butun quvurning shamollatish qarshiligi. Uning miqdori quyidagicha aniqlanadi:

R1 koeffitsiyenti quyidagicha formula orqali aniqlanadi

bu yerda: d - quvur diametri, m
k - ulanish joyi havo kirolmaslik solishtirma koeffitsiyenti;
k -0,001 ulanish joyining yomon zichlanganligi uchun, k=001÷0,0005 ulanish joyining qoniqarli zichlangani uchun, k=0,0005÷0,0001- ulanish joyining yaxshi zichlanganligi uchun;
L-quvurlar uzunligi, m;
m-quvurning bir qismi uzunligi, m;
d-quvurlar shamollatish qarshiligi koeffitsiyenti;
metall quvurlar uchun d=0,00030÷0,00050; rezina aralash qoplama qoplangan gazmol quvurlar uchun d=0,00025÷0,00035.

Quvur orqali o’tadigan havo miqdorini havo quvurlari uzunligi bo’yicha quvurlar diametriga bog’liqligi
jadval

Quvur orqali o’tadigan havo miqdori, m3/sek

Havo quvurlari uzunligi bo’yicha quvurlar diametri (mm)

200 m gacha

200 m dan
400 m gacha

400 m dan
600 m gacha

1,5 gacha

400

400

500

1,5÷3,0

400

500

600

3,0÷4,5

500

600

700

Qn va hp aniqlangan miqdori bo’yicha ventilyator turi tanlanadi (jadvalda ventilyatorlar texnik xarakteristikasi berilgan).
Ventilyator dvigateli quvvatini quyidagi formula bilan aniqlaydilar:

Bu yerda n- ventilyatorning foydali ish koeffitsiyenti, n = 0,6 ÷ 0,7
Ventilyator Wvent quvvati aniqlangan miqdori bo’yicha katalog yordamida elektrodvigatel turi tanlanadi.
Yer osti kon ishlarida xavfsizlik yagona qoidalari talablariga ko’ra changning miqdori shaxta (kon) havosining bir metr kub tarkibida 2 mg dan oshmasligi kerak. Shamollatishning murakkab usuli qo’llanilganda kavjoyidan changni havo yordamida olib ketish 2-3 baravar boshqa usullarga nisbatan samaradorligi aniqlangan. Shaxtada har bir kavjoy alohida toza havo oqimi bilan shamollatishda ham sog’lom muhit yaratiladi.
Shaxta atmosferasini sog’lomlashtirishda quyidagilar tavsiya etiladi: shpurlarni burg’ilashda suv bilan yuvish yoki quruq chang ushlagichlardan foydalanish; portlatishdan keyin shamollatishning murakkab usulini qo’llash; kavjoyga portlatishdan oldin va portlatishdan keyin suv sepish; shpur zaryadlari bilan birgalikda suv to’ldirilgan qoplarni portlatish; shpurlar tiqini sifatida suvdan foydalanish ya’ni qumli loy tiqinlaridan umuman to’liq voz kechish kerak.

Download 480.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling