10-ma’ruza. Yer osti kon lahmlarini o’tishda burg’ilash va portlatish ishlari
Yer osti kon lahimlarini o’tishda burg’ilash portlatish parametrlarini hisoblash
Download 25.88 Kb.
|
1 2
Bog'liq10-ma\'ruza
Yer osti kon lahimlarini o’tishda burg’ilash portlatish parametrlarini hisoblash.
Yer osti kon lahimlarini o’tishda burg’ilash portlatish parametrlarini hisoblashda quyidagi parametrlar hisoblanadi: Tog’ jinslarining fizik mexanik xossalari, konning kon geologik sharoitlari va shaxta yoki rudnikning gaz va chang ajralib chiqishi bo’yicha xavflilik darajasini hisobga olgan holda PM turi va portlatish vositalari tanlanadi. Shpur yoki skvajinalarni burg’ilash uchun burg’ilash uskunasining turi tanlanadi, bunda butun shaxta yoki rudnik bo’yicha bir xil turdagi burg’ilash uskunasi tanlanadi (ta’mirlash va profilaktika ishlarini yengillashtirish uchun). O’tish siklining davomiyligi, lahim o’tish texnologiyasi, shpur diametri va PM patronining diametriga bog’liq holda shpurlar chuqurligi aniqlanadi. Bir marta portlatishda hosil bo’ladigan kon massasi hajmi aniqlanadi. V=Sпр*lзах , m3 Bu yerda: Sпр – kon lahmining portlashdan so’ng hosil bo’ladigan ko’ndalang kesim yuzasi ; lзах – portlashdan so’ng kavjoyning surilish uzunligi. Bir marta portlatish uchun talab etiladigan PM miqdori hisoblanadi. Q=q*Sпр*lшп*𝜂, kg Bu yerda: q- PM solishtirma sarfi, lшп –shpurlar o’rtacha uzunligi, 𝜂 – KISH. PMning solishtirma sarfi aniqlanadi. ____ (q) ning qiymati portlatilgan tog’ jinslarining fizik mexanik xossalari, qazish ishlarining chuqurligi massivning bir xil tarkibli bo’lmasligi, uning darzliligi kabi bir qator omillarga bog’liq. Shunday bo’lsa PM solishtirma sarfini aniqlashda empirik formuladan foydalaniladi. Ushbu empirik formula yordamida aniqlangan qiymatni muayyan sharoit uchun kamida 2-3 marta tajriba sinov portlashlar olib boriladi va eng sifatli ko’rsatgichlarga erishilgan qiymat qabul qilinadi. PM solishtirma sarfini aniqlash uchun N.M.Protodyakanoy quyidagi formulani tavsiya qilgan. q=0,4( + Ushbu formula qo’llanilayotgan PM turini hisobga olmaydi. Shuning uchun ham professor P.Yu.Taran ushbu formulaga qo’llanilayotgan PM turini hisobga oluvchi 2 ta tuzatma koeffitsiyentini kiritgan. q=0,4( + - PM ish bajarish qobiliyatiga teskari ko’rsatgich bo’lib, quyidagiga teng: = Bu yerda - etalon PMning ish bajarish qobiliyati, - qo’llanilayotgan PMning ish bajarish qobiliyati.Pэт =380 sm3; kуз – zaryadni kuchaytirish koeffitsiyenti bo’lib, uning qiymati kуз =1,2÷1,3. Bitta shpurdagi zaryad massasi hisoblanadi, bunda zaryad balandligi shpur chuqurligining qismidan oshmasligi kerak. Qш= * = * 𝛥- zaryadlash zichligi g/sm3, kg/m3 (0,9÷1,4). Shpurlar umumiy soni aniqlanadi: n= O’yiq turi tanlanadi va shpurlarning joylashish sxemasi tuziladi. Bunda yuqoridagi formula yordamida hisoblangan shpurlar soni zaboy sharoitidan kelib chiqqan holda bir yoki ikkitagacha farq qilishi mumkin. Diametri 32 mm bo’lgan patronli PMlar uchun o’yuvchi yordamchi, qulatuvchi va chegaralovchi shpurlar 1:2:3:4 nisbatda olinadi. Diametri 45 mm bo’lgan patronlangan PM zaryadlarida o’yuvchi, yordamchi va chegaralovchi shpurlar 1:3:6 nisbatda olinadi. O’yuvchi shpurlar soni lahim ko’ndalang kesim yuzasiga bog’liq holda 6 tadan 12 tagacha bo’ladi. Barcha hisoblab topilgan BPI parametrlari jadvalga kiritiladi. Download 25.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling