10-mashg`ulot: Zootexniya hisobi va naslchilik xujjatlari Darsning maqsadi
Download 20.54 Kb.
|
10-машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naslchilik reproduktor xo‘jaligi.
- Naslchilik fermalari.
Naslchilik zavodi. Naslchilik zavodlarida zotning eng yaxshi hayvonlari to‘plangan bo‘lib, ular bilan yuqori darajadagi naslchilik ishi olib boriladi. Naslchilik zavodlarining asosiy vazifalari quyidagilar xisoblanadi;
Zotlarning maxzsuldorlik va nasldorlik xususiyatini yanada yaxshilash, takomillashtirish. Zot ichidagi liniyalar, xillar va oiloalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, xar xil liniyalar bo‘yicha naslli erkak va urg‘ochi hayvonlarni etishtirish va ular bilan naslchilik reproduktir xo‘jaliklari va naslchilik korxonalarini ta’minlash. O‘z xo‘jaligini to‘ldirish va yordamchi xo‘jaliklarni ta’msinlash uchun yuqori naslli yosh hayvonlaprni o‘stiradi va tarbiyalaydi. Podalarning naslini yaxshilaga qaratilgan tadbirlar istiqbolli seleksiya naslchilik rejasi bo‘yicha olib boriladi. Naslchilik zavodi oliy naslchilik xo‘jaligi bo‘lib, unda asosan sof zotli urchitish ayniqsa liniyali va oilali urchitish usullari qo‘llaniladi. Hayvonlarni saralash va juftlashda o‘rtacha qarindoshlik va noqarindoshlik juftlash qo‘llaniladi. Naslchilik reproduktor xo‘jaligi. Bu hujaliklar zotdor mollarni ko‘paytirish va takomillashtirish bilan shug‘illanadi. Ularning vazifasi naslchilik zavodlaridan keltirilgan nasldor mollarni urchitish, o‘zining podasini to‘ldirish hamda naslchilik korxonalari va naslchilik fermalarini naslli erkak va urg‘ochi hayvonlar bilan ta’minlashdir. Reproduktir xo‘jaliklarida asosan sof zotli urchitish va ba’zi xollarda qon singdirish va qon quyish chatish usullari qullaniladi. Bu hujaliklar naslchilik zavodining istiqbolli naslchilik rejasi asosida ish olib boradi. Reproduktir naslchilitk xo‘jaliklarida urchitilayotgan mollar kelib chiqishi bo‘yicha zavod podasi bilan bog‘liq bo‘lib, ularga xos bo‘lgan liniyalarga mansub naslli erkak va urg‘ochi hayvonlarni tanlaydi va baxolaydi. Samarali liniyalar va kross liniyalarni aniqlab, maqsadga muvofiq xillarini ko‘paytiradi. Naslchilik fermalari. Naslchilik fermalari jamoa, shirkat va fermer xo‘jaliklarida tashkil qilinib, bir zotga mansub bo‘lgan zotdor naslli hayvonlardan tashkil topadi. Ularning asosiy vazifasi zotdor naslli hayvonlarning sonini ko‘paytirish, maxsuldorligini oshirish. O‘z podasini to‘ldirishdan ortib qolgan naslli hayvonlarni tovar xo‘jaliklariga sotishdir. Naslchilik fermalaring podalari asosan reproduktir naslchilik ho‘jaliklardan keltirilgan naslli mollar bilan to‘ldirilib boriladi. Naslchilik fermalari ko‘p miqdorda sifatli maxsulot etishtirish bilan shug‘illanadi. CHunki ulardagi hayvonlar soni ko‘pchilikni tashkil qiladi. Masalan, Respublikada qoramolchilik bo‘yicha 250 dan ortiq naslchilik fermalari mavjud. Xar bir viloyatda 15-20 ta va tumanlarda 1-2 ta naslchilik fermalari bo‘lib o‘z atrofidagi tovar hujaliklariga naslli mol etishtirib berishlari zarur. Naslchilik fermalarida ham asosan sof zotli urchitish usuli qo‘llaniladi. Ba’zi xollarda zotlarni yaxshilash uchun qon singdirish va qisman qon quyish chatishtirish usullari xam qullaniladi. Naslchilik ishining asosiy elementlariga tanlash va juftlash kiradi. Tanlash deb hayvonlarning nasl sifatiga va maxsuldorligiga qarab ajratishga aytiladi. Hayvonlarni tanlash hayvonlarni kompleks belgilari bo‘yicha olib boriladi. Bu belgilarga hayvonlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, ekstereri va qonstitusiyasi va maxsuldorligi va bolalari sifatiga qarab tanlashlar kiradi. Juftlash deb, tanlangan urg‘ochi va erkak hayvonlarni rejali qushish yordamida yuqori sifatli avlodlar olishga aytiladi. CHorvachilikda guruxli va yakka juftlash, gomogen va getrogen juftlashlar qullaniladi. Naslchilik ishidan samarali foydalanish yuqori maxsuldor zotdor podalarni yaratishga olib keladi. Download 20.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling