10-mavzu: ajax texnologiyasi


open("so’rov metodi", "URL", "asinxron", "username", "password")


Download 303.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi303.55 Kb.
#1604620
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu AJAX texnologiyasi

open("so’rov metodi", "URL", "asinxron", "username", "password") - so'rov 
metodini ko'rsatib, serverga so'rov yuborish. So'rov metodi va URL zarur 
parametrlar. Uchinchi argument - bu mantiqiy qiymat. Odatda u har doim true yoki 
umuman ko'rsatilmaydi (boshlang’ich qiymati true). To'rtinchi va beshinchi 
argumentlar autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladi (skriptda autentifikatsiya 
ma'lumotlarini saqlash juda xavfli, chunki skriptni istalgan foydalanuvchi ko'rishi 
mumkin). 
send ("mazmun") - serverga HTTP so'rov yuborish va javob qabul qilib olish. 
setRequestHeader("sarlavha nomi", "qiymati") - so'rov sarlavhasi qiymatlarini 
o'rnatish. 
Xossalar 
onreadystatechange - XMLHttpRequest ob'ektining asosiy xossalaridan biri. 
Ob'ektning holati har o'zgarganda chaqiriladigan so'rov holatini boshqarish 
funktsiyasiga aniqlaydi. Ba'zi brauzerlarda funksiya hodisa argumentiga ega, uni 
ishlatmang, bu mutlaqo ortiqcha. 
readyState - so'rovning holat raqami. 0 dan 4 gacha: 
0 - ob'ekt inisializasiya qilinmagan. 
1 - ob'ekt ma'lumotlarni yuklamoqda. 
2 - ob'ekt o'z ma'lumotlarini yukladi. 
3 - ob'ekt ma’lumoti to'liq yuklanmagan, ammo foydalanuvchi bilan o'zaro 
aloqada bo'lishi mumkin. 
4 - ob'ekt to'liq ishga tushirildi; serverdan javob oldi. 


responseText - server javobining oddiy matnli (satrli) shakli. To'liq matn faqat 
readyState = 4 bo'lganda mavjud bo'ladi, bir qator brauzerlar readyState = 3 
bo'lganda server javobining olingan qismiga murojaat qilishniqo’llab quvvatlaydi. 
responseXML - serverdan olingan DOM-shaklidagi hujjat ob'ekti. 
status - serverdan javobning holati. Masalan, HTTP so'rovlari uchun - serverning 
javob holati kodi: 200 - OK, 404 - Topilmadi va hokazo.

Download 303.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling