10-mavzu: ajax texnologiyasi


Download 303.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi303.55 Kb.
#1604620
  1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu AJAX texnologiyasi



10-mavzu: AJAX texnologiyasi 
Reja: 
1. AJAX nima? 
2. AJAX Ishlash prinsipi 
3. Afzalliklari 
4. Kamchiliklari 
5. XMLHttpRequest ob'ekti metodlari va xossalari 
6. Jquery AJAX 
7. JSON formati 
AJAX nima? 
AJAX (ingliz tilidan. Asynchronous Javascript and XML - "asinxron 
JavaScript va XML") - veb-ilovalarning interfaol foydalanuvchi interfeyslarini 
yaratishga yondashuv, bu brauzer va veb-server o'rtasida "fon" rejimida ma'lumot 
almashinuvidan iborat. Natijada, ma'lumotlar yangilanganda veb-sahifa to'liq qayta 
yuklanmaydi va veb-ilovalar tezroq va foydalanuvchilarga qulayroq bo'ladi. 
AJAX veb-sahifalarni server bilan ma'lumotlarning kichik qismlarini 
almashish orqali asinxron ravishda yangilashga imkon beradi va bu foydalanuvchiga 
hech qanday sezilishlarsiz amalga oshiriladi. Bu butun sahifani qayta yuklamasdan 
sahifaning alohida qismlarini yangilash imkoniyatini anglatadi. 
Mazmunni yangilash uchun odatiy (klassik) veb-sahifalar (AJAX 
ishlatilmaydigan) to'liq qayta yuklanishi kerak. 
AJAX atamasi birinchi bo'lib 2005 yil 18 fevralda Jyeyms Jeyms Garretning 
"Veb-ilovalarga yangi yondashuv" maqolasida ishlatilgan. Garret bu atamani 
qandaydir tarzda mijozga taklif qilayotgan yangi texnologiyalar to'plamini nomlashi 
kerak bo'lgan vaqtda o'ylab topdi. 
AJAX Ishlash prinsipi 
AJAX - bu XMLHttpRequest deb nomlangan bitta ob'ekt. 
XMLHttpRequest xossalari GET yoki POST metodlari yordamida serverga 
ma'lumot uzatish imkoniyatini yaratadi, shundan so'ng server kerakli operatsiyalarni 
bajaradi va javob qaytaradi. 
AJAX dan foydalanishda quyidagi qoidalarni hisobga olish kerak: Barcha 
ma'lumotlar faqat UTF-8 kodlashda uzatiladi/qabul qilinadi; XMLHttpRequest har 
xil brauzerlarda turlicha nomlanadi. 


10.1 rasm AXAX ishlash prinsipi 

Download 303.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling