10-mavzu: Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari. (2 soat) Reja
-bosqich - Miloddan avvalgi 328 yilning bahorida
Download 25.55 Kb.
|
Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari.
2-bosqich - Miloddan avvalgi 328 yilning bahorida Iskandar jangovor So‘g‘dliklarni batomom taslim etish uchun So‘g‘d yurtiga yana qo‘shin tortdi. So‘g‘dliklar esa mustahkam qal’alarga joylashib, yunon satrapliklari mahkamalariga hujum qiladilar. Iskandar o‘z qo‘shinlarini 5 ta otryadga bo‘lib, ulardan biriga o‘zi bosh bo‘ldi. Butun So‘g‘d bo‘ylab uning shahar va qishloklarini qilichdan o‘tkazish rejasini ishlab chiqdi. Bu davrda Spitamen boshchiligida qo‘zg‘olon butun Sug‘dni qamrab olgan, ularga baktriyaliklar va saklar ham qo‘shilgan edi. Diodor Sitsiliskiy yozishicha, Sug‘d qishloqlaridan 120 000 odamni qilichdan o‘tkazgan. Natijada Sug‘d davlati xuvvullab qolgan. Aleksandr o‘z sarkardalariga Sug‘dda shaxarga asos solish kerakligini buyurgan.
So‘g‘d va Baqtriyadagi qishloq va shaharlar har xil yo‘llar bilan bosib olindi. Ksenippa (Qashqadaryoning janubi –g‘arbiy tomonida) bosib oladi. Iskandar Samarqandga alohida otryad yuborib, uning qo‘lga kiritgan har bir parcha yeriga yunon mustamlakachilarini joylashtirishni topshirdi. Ammo Spitamen ham qarab turmadi. U Iskandar qo‘shinlari qarshisida kutilmagan paytda paydo bo‘lib, unga zarba berar, yana yashirinib g‘oyib bo‘lardi. Spitamenning harbiy taktikasi ayyor Iskandar va uning qo‘shinlarini g‘aflatda qoldirdi, Iskandarning ayg‘oqchilari Spitamenning mamlakatning shimolidagi massaget va daxlar jamoasida ular bilan birga yana bosqinchilarning asosiy qo‘shinlariga qattiq zarba berishga tayyorgarlik ko‘rayotganligidan xabar topadi. Iskandar uning ustiga o‘zining tajribali lashkarboshilaridan ikkitasini qo‘shin bilan yuboradi. Ammo ustamon Spitamen kutilmaganda 600 otliq yigitlari bilan endi Baqtriyada paydo bo‘ladi va Zariaspga hujum qiladi. Krater rahbarligida tezda u tomonga kuchli qo‘shin yuboriladi. Bundan xabar topgan Spitamen endi cho‘lga chekinadi va kutilmaganda So‘g‘d istehkomlaridan biri, massagetlar yurtiga yaqin joylashgan Baga qal’asida paydo bo‘ladi. Bu qal’a quyi Zarafshon xududida joylashgan bo‘lib, uni Buxoro yoki Qalai-Dabus qal’asi bo‘lsa kerak deb hisoblaydilar. Arrianning xabar berishicha, Spitamen 3 ming kambag‘al massagetlarni Iskandarga qarshi qo‘ya oldi. Ammo harbiy kuchlar teng bo‘lmagan jangda u yengiladi va 800 ta suvoriyini yo‘qotadi. Jangda omon qolgan suvoriylar esa uni tark etadi. Yunon tarixchilarining ma’lumotiga ko‘ra massagetlar o‘sha jangdan keyin Spitamenning boshini tanasidan judo qilib, Iskandarga yuborgan. Kvint Kursiy Ruf esa u o‘z sevimli hotinining qurboni bo‘lganligini, uning oilasi Spitamenni Iskandarga taslim bo‘lishga ko‘ndira olmagach, uni uyqusida kallasini olib, Iskandarning qarorgohiga olib borganligini ta’kidlaydi. Spitamenning o‘limi So‘g‘d xalqining dushmanga qarshi milliy ozodlik kurashining Download 25.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling