1
|
Bosh harflarning qo‘llanishida xatoga yo‘l qo‘yilgan qatorni toping.
A) Yaqinda bu ulug‘ inson “O‘zbekiston qahramoni” oliy unvoniga sazovor bo‘ldi
B) Vodiylarni yayov kezganda Bir ajib his bor edi menda
C) O‘quvchilarda taniqli olim bilan bo‘lib o‘tgan bu uchrashuv katta taassurot qoldirdi.
D) barchasi to`g`ri.
|
2
|
Noto‘g‘ri yozilgan so‘zni toping.
A) AQSh
B) ertalabgi
C) dasturulamal
D) bexarxasha
|
3
|
Qaysi so‘zlarda q tovushi x tarzida talaffuz etilsa ham, q yoziladi?
A) taqsimot, maqsad, oqsil
B) oqim, bosqich, cho‘ziq
C) so‘roq, oqibat, sog‘liq
D) iqlim, ishqor, botqoq
|
4
|
Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni aniqlang.
A) hamrox, yahmalak, etiroz
B) hayhot, halitdan, qittak, dabdurustdan
C) xushhavo, xohish, qabihlik, cho‘chchaymoq
D) mehr, qittay, qo‘biz, huda-behuda, ushshoq
|
5
|
To‘g‘ri yozilgan so‘zni toping.
A) xushmuomala
B) toshmehir
C) seysmalogiya
D) plastmasa
|
6
|
Morfologik yozuv asosida yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) Toshkent, go‘sht, do‘st, yuvindi.
B) yasha, sanoq, Samarqand, avlod
C) ikkov, uchinchi, qutulmoq, ko‘m-ko‘k
D) fikr, chiroq, yumshoq, yaxshilik
|
7
|
Juftliklarning qaysi biridagi so‘z xato yozilgan?
A) juz’iy – juziy
B) ta’na – tana
C) nash’a - nasha
D) sur’at - surat
|
8
|
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (1995)ga asosan har bir so‘zi bosh harf bilan yoziluvchi birliklar qatorini belgilang.
A) O‘zbekiston qahramoni
B) Xotira va qadrlash kuni
C) Mustaqillik kuni
D) Barchasidagi so‘zlar bosh harf bilan yoziladi
|
9
|
Yangi o‘zbek alifbosi va imlosiga ko‘ra chiziqcha bilan yozish qoidasi qaysi qatorda buzilgan?
A) barchasi to‘g‘ri
B) yozdi-oldi
C) do‘st-u dushman
D) el-yurt
|
10
|
i qo‘shimchasi qo‘shilgan quyidagi so‘zlarning qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
A) barchasi imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan
B) qishloqi, mishiqi
C) qishlog‘i, mishig‘i
D) qishloqi, mishig‘i
|
11
|
x undoshini h undoshi bilan almashtirganda so‘zlar ma’nosi o‘zgaradigan qatorni toping.
A) xiyla, uxlamoq, shoh
B) xiyobon, xattot, xolis
C) kutubxona, tuxum, taxlit
D) axloq, shaxdam, shaxsan
|
12
|
Drama, prokuror, trolleybus so‘zlari yozilishi qaysi qoidaga asoslangan?
A) shakliy yozuv.
B) so‘z o‘zagi va qo‘shimchalarini aynan yozish
C) fonetik yozuv
D) morfologik yozuv
|
13
|
Adashgan it kabi Furqat qayon borgum bilolmasman. Mazkur gapda ma’no ko‘chishning qaysi turi qo‘llangan?
A) metonimiya
B) sinekdoxa
C) vazifadoshlik
D) metafora
|
14
|
Metafora usulida ma’nosi ko‘chgan qatorni toping.
A) Fan cho‘qqilarini egallaymiz.
B) O‘rik qiyg‘os gulladi.
C) Ko‘chalarimizda chiroq porladi.
D) Zal gurillab kulib yubordi.
|
15
|
Urush ko‘p odamlarning yostig‘ini quritdi. Ushbu gapda qo‘llangan ma’no ko‘chish yo‘lini belgilang.
A) sinekdoxa
B) metonimiya
C) metafora
D) vazifadoshlik
|
16
|
Quyidagi o‘xshatishlarning qaysisi metafora yo‘li bilan hosil bo‘lgan?
A) barchasi metafora yo‘li bilan hosil bo‘lgan.
B) po‘lat qush(samolyot ma’nosida
C) tulki (makkor ma’nosida)
D) gumbaz (osmon ma’nosida)
|
17
|
Metafora uchun berilgan misolni toping.
A) Daryoning yoqasida Bir chol o‘tin terardi...
B) Bilim hamisha farazlardan boshlanadi
C) Mehribon qo‘llar hamisha sizni qo‘llab-quvvatlaydi.
D) Dasturxonga boqqan do‘st emas.
|
18
|
Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zni aniqlang.
A) Quvnoq tongning oltin bo‘sag‘asida Tongni kutar ming-ming ko‘z.
B) Eski buloqning ko‘zi ochildi.
C) Do‘stlar suhbati qizidi.
D) Fuzuliyni oldim qo‘limga Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi.
|
19
|
Allaqanday qo‘llar uni suyab-surgab, amal kursisiga o‘tqazib qo‘ydi. Bu gapdagi qo‘llar so‘zida ma’no qanday yo‘l bilan ko‘chgan?
A) sinekdoxa
B) metafora
C) metonimiya
D) vazifadoshlik
|
20
|
Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi biri metonimik ma’no ifodalaydi?
A) Zebi bo‘lsa hovuz bo‘yiga to‘shakchani solib, kashtasiga berildi.
B) Maktabning biqinida kasalxonaning bo‘lishi gigiyenaga xilofdir.
C) Derazaning singan ko‘ziga esa plyonka tortib qo‘yilgan.
D) U tarvuzning bir pallasini paqqos tushirdi.
|
21
|
Quyidagi o‘xshatishlarning qaysi biri metafora yo‘li bilan hosil bo‘lgan?
A) xazon bo‘lmoq (o‘lmoq ma’nosida)
B) yong‘oq (daraxt ma’nosida)
C) oqsoqol (katta ma’nosida)
D) besh qo‘l (barmoq ma’nosida)
|
22
|
- Nima qilay, aylanay? Meni u eshikka qadam bostirishmaydi, Ushbu gapda ko‘rsatilgan ma’no ko‘chishning turini aniqlang.
A) metafora
B) metonimiya
C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
|
23
|
Eshitgan quloq nima deydi? Ushbu gapda ko‘rsatilgan ma’no ko‘chishning turini aniqlang.
A) sinekdoxa
B) metafora
C) metonimiya
D) vazifadoshlik
|
24
|
1. Hech bo‘lmaganidan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshi. 2. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 3. Kech kirib, hamma uy-uyiga tarqaldi. Ushbu gaplarda qo‘llangan kech so‘zlarining qaysi biri o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z hisoblanadi?
A) Birinchi va uchinchi gaplardagi kech so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z
B) Ikkinchi va uchinchi gaplardagi kech so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z.
C) Barcha gaplardagi kech so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z.
D) Birinchi va ikkinchi gaplardagi kech so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z
|
25
|
Dalil-dadil so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar hisoblanadi?
A) paronimlar
B) sinonimlar
C) antonimlar
D) omonimlar
|
26
|
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Navoiyning ushbu misralarida qo‘llangan ranj va ganj so‘zlarining sinonimlari qaysi javobda berilgan?
A) mashaqqat va boylik
B) mehnat va qarz
C) alam va xazina
D) mehnat va boylik
|
27
|
Unli va lab undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘zni toping.
A)
ommabop
B)
basavlat
C)
pishiq
D)
- vafoli
|
28
|
Qaysi jumlada gap urg‘usi o‘qituvchimiz so‘ziga tushgan?
A) Muzeyga bizni dam olish kuni o‘qituvchimiz olib boradi.
B) Bizni dam olish kuni o‘qituvchimiz muzeyga olib boradi.
C) Bizni o‘qituvchimiz dam olish kuni muzeyga olib boradi.
D) Dam olish kuni o‘qituvchimiz bizni muzeyga olib boradi.
|
29
|
Qaysi qatorda ayirish belgisining qo‘llanish o‘rniga ko‘ra xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) ma’shum, ma’suliyat, ma’sud
B) ma’zur, ma’bud, ma’yus
C) ma’mur, ma’sum, ma’shuq
D) mal’un, minba’d
|
30
|
Fonetik prinsip(tamoyil) asosida yozilgan so‘zlarni belgilang. 1) yasha; 2) yayra; 3) yashna; 4) o‘yna; 5) ikkala; 6) uchala; 7) yamoq; 8) yong‘oq; 9) yig‘loq; 10) o‘yinchoq.
A) 1,4,5,7,9
B) 1,2,3,5,6
C) 5,7,9
D) 1,5,7,9,10
|
31
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan qaroriga asosan tutuq belgisining vazifalari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan hukmni aniqlang.
A) “n” va “g” harflari yonma-yon kelganda, ularni “ng” harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi.
B) “s” va “h” harflari yonma-yon kelganda, ularni “sh” harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi
C) arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unlidan oldin kelib, uning oldingi undoshdan ajratib aytilishini ifodalash uchun xizmat qiladi
D) arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unlidan keyin kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun ishlatiladi.
|
32
|
Asos va qo‘shimchalarning yozilishida bir xillikni ta’minlaydigan prinsip (yozuv, tamoyil)ga...
A) morfologik prinsip deyiladi
B) fonetik prinsip deyiladi
C) an’anaviy prinsip deyiladi
D) shakliy prinsip deyiladi
|
33
|
Bosh harflarning qo‘llanishida xatoga yo‘l qo‘yilgan qatorni toping.
A) Yaqinda bu ulug‘ inson “O‘zbekiston qahramoni” oliy unvoniga sazovor bo‘ldi
B) Vodiylarni yayov kezganda Bir ajib his bor edi menda
C) O‘quvchilarda taniqli olim bilan bo‘lib o‘tgan bu uchrashuv katta taassurot qoldirdi.
D) barchasi to`g`ri.
|
34
|
Qaysi so‘zlarda q tovushi x tarzida talaffuz etilsa ham, q yoziladi?
A) taqsimot, maqsad, oqsil
B) oqim, bosqich, cho‘ziq
C) so‘roq, oqibat, sog‘liq
D) iqlim, ishqor, botqoq
|
35
|
Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni aniqlang.
A) hamrox, yahmalak, etiroz
B) hayhot, halitdan, qittak, dabdurustdan
C) xushhavo, xohish, qabihlik, cho‘chchaymoq
D) mehr, qittay, qo‘biz, huda-behuda, ushshoq
|
36
|
To‘g‘ri yozilgan so‘zni toping.
A) xushmuomala
B) toshmehir
C) seysmalogiya
D) plastmasa
|
37
|
Morfologik yozuv asosida yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) Toshkent, go‘sht, do‘st, yuvindi.
B) yasha, sanoq, Samarqand, avlod
C) ikkov, uchinchi, qutulmoq, ko‘m-ko‘k
D) fikr, chiroq, yumshoq, yaxshilik
|
38
|
Juftliklarning qaysi biridagi so‘z xato yozilgan?
A) juz’iy – juziy
B) ta’na – tana
C) nash’a - nasha
D) sur’at - surat
|
39
|
“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” (1995)ga asosan har bir so‘zi bosh harf bilan yoziluvchi birliklar qatorini belgilang.
A) O‘zbekiston qahramoni
B) Xotira va qadrlash kuni
C) Mustaqillik kuni
D) Barchasidagi so‘zlar bosh harf bilan yoziladi
|
40
|
Yangi o‘zbek alifbosi va imlosiga ko‘ra chiziqcha bilan yozish qoidasi qaysi qatorda buzilgan?
A) barchasi to‘g‘ri
B) yozdi-oldi
C) do‘st-u dushman
D) el-yurt
|
41
|
i qo‘shimchasi qo‘shilgan quyidagi so‘zlarning qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
A) barchasi imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan
B) qishloqi, mishiqi
C) qishlog‘i, mishig‘i
D) qishloqi, mishig‘i
|
42
|
x undoshini h undoshi bilan almashtirganda so‘zlar ma’nosi o‘zgaradigan qatorni toping.
A) xiyla, uxlamoq, shoh
B) xiyobon, xattot, xolis
C) kutubxona, tuxum, taxlit
D) axloq, shaxdam, shaxsan
|
43
|
Drama, prokuror, trolleybus so‘zlari yozilishi qaysi qoidaga asoslangan?
A) shakliy yozuv.
B) so‘z o‘zagi va qo‘shimchalarini aynan yozish
C) fonetik yozuv
D) morfologik yozuv
|
44
|
Adashgan it kabi Furqat qayon borgum bilolmasman. Mazkur gapda ma’no ko‘chishning qaysi turi qo‘llangan?
A) metonimiya
B) sinekdoxa
C) vazifadoshlik
D) metafora
|
45
|
Metafora usulida ma’nosi ko‘chgan qatorni toping.
A) Fan cho‘qqilarini egallaymiz.
B) O‘rik qiyg‘os gulladi.
C) Ko‘chalarimizda chiroq porladi.
D) Zal gurillab kulib yubordi.
|
46
|
Urush ko‘p odamlarning yostig‘ini quritdi. Ushbu gapda qo‘llangan ma’no ko‘chish yo‘lini belgilang.
A) sinekdoxa
B) metonimiya
C) metafora
D) vazifadoshlik
|
47
|
Quyidagi o‘xshatishlarning qaysisi metafora yo‘li bilan hosil bo‘lgan?
A) barchasi metafora yo‘li bilan hosil bo‘lgan.
B) po‘lat qush(samolyot ma’nosida
C) tulki (makkor ma’nosida)
D) gumbaz (osmon ma’nosida)
|
48
|
Metafora uchun berilgan misolni toping.
A) Daryoning yoqasida Bir chol o‘tin terardi...
B) Bilim hamisha farazlardan boshlanadi
C) Mehribon qo‘llar hamisha sizni qo‘llab-quvvatlaydi.
D) Dasturxonga boqqan do‘st emas.
|
49
|
Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zni aniqlang.
A) Quvnoq tongning oltin bo‘sag‘asida Tongni kutar ming-ming ko‘z.
B) Eski buloqning ko‘zi ochildi.
C) Do‘stlar suhbati qizidi.
D) Fuzuliyni oldim qo‘limga Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi.
|
50
|
Allaqanday qo‘llar uni suyab-surgab, amal kursisiga o‘tqazib qo‘ydi. Bu gapdagi qo‘llar so‘zida ma’no qanday yo‘l bilan ko‘chgan?
A) sinekdoxa
B) metafora
C) metonimiya
D) vazifadoshlik
|
51
|
Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi biri metonimik ma’no ifodalaydi?
A) Zebi bo‘lsa hovuz bo‘yiga to‘shakchani solib, kashtasiga berildi.
B) Maktabning biqinida kasalxonaning bo‘lishi gigiyenaga xilofdir.
C) Derazaning singan ko‘ziga esa plyonka tortib qo‘yilgan.
D) U tarvuzning bir pallasini paqqos tushirdi.
|
52
|
Quyidagi o‘xshatishlarning qaysi biri metafora yo‘li bilan hosil bo‘lgan?
A) xazon bo‘lmoq (o‘lmoq ma’nosida)
B) yong‘oq (daraxt ma’nosida)
C) oqsoqol (katta ma’nosida)
D) besh qo‘l (barmoq ma’nosida)
|
53
|
- Nima qilay, aylanay? Meni u eshikka qadam bostirishmaydi, Ushbu gapda ko‘rsatilgan ma’no ko‘chishning turini aniqlang.
A) metafora
B) metonimiya
C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
|
54
|
Eshitgan quloq nima deydi? Ushbu gapda ko‘rsatilgan ma’no ko‘chishning turini aniqlang.
A) sinekdoxa
B) metafora
C) metonimiya
D) vazifadoshlik
|
55
|
1. Hech bo‘lmaganidan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshi. 2. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 3. Kech kirib, hamma uy-uyiga tarqaldi. Ushbu gaplarda qo‘llangan kech so‘zlarining qaysi biri o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z hisoblanadi?
A) Birinchi va uchinchi gaplardagi kech so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z
B) Ikkinchi va uchinchi gaplardagi kech so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z.
C) Barcha gaplardagi kech so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z.
D) Birinchi va ikkinchi gaplardagi kech so‘zi o‘zaro ko‘p ma’noli yagona so‘z
|
56
|
Dalil-dadil so‘zlari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar hisoblanadi?
A) paronimlar
B) sinonimlar
C) antonimlar
D) omonimlar
|
57
|
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila. Navoiyning ushbu misralarida qo‘llangan ranj va ganj so‘zlarining sinonimlari qaysi javobda berilgan?
A) mashaqqat va boylik
B) mehnat va qarz
C) alam va xazina
D) baxt va boylik
|
58
|
Unli va lab undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘zni toping.
A)
ommabop
B)
basavlat
C)
pishiq
D)
- vafoli
|
59
|
Qaysi jumlada gap urg‘usi o‘qituvchimiz so‘ziga tushgan?
A) Muzeyga bizni dam olish kuni o‘qituvchimiz olib boradi.
B) Bizni dam olish kuni o‘qituvchimiz muzeyga olib boradi.
C) Bizni o‘qituvchimiz dam olish kuni muzeyga olib boradi.
D) Dam olish kuni o‘qituvchimiz bizni muzeyga olib boradi.
|
60
|
Qaysi qatorda ayirish belgisining qo‘llanish o‘rniga ko‘ra xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) ma’shum, ma’suliyat, ma’sud
B) ma’zur, ma’bud, ma’yus
C) ma’mur, ma’sum, ma’shuq
D) mal’un, minba’d
|
61
|
Fonetik prinsip(tamoyil) asosida yozilgan so‘zlarni belgilang. 1) yasha; 2) yayra; 3) yashna; 4) o‘yna; 5) ikkala; 6) uchala; 7) yamoq; 8) yong‘oq; 9) yig‘loq; 10) o‘yinchoq.
A) 1,4,5,7,9
B) 1,2,3,5,6
C) 5,7,9
D) 1,5,7,9,10
|
62
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan qaroriga asosan tutuq belgisining vazifalari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan hukmni aniqlang.
A) “n” va “g” harflari yonma-yon kelganda, ularni “ng” harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi.
B) “s” va “h” harflari yonma-yon kelganda, ularni “sh” harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi
C) arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unlidan oldin kelib, uning oldingi undoshdan ajratib aytilishini ifodalash uchun xizmat qiladi
D) arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unlidan keyin kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun ishlatiladi.
|
63
|
Asos va qo‘shimchalarning yozilishida bir xillikni ta’minlaydigan printsip (yozuv, tamoyil)ga...
A) morfologik prinsip deyiladi
B) fonetik prinsip deyiladi
C) an’anaviy prinsip deyiladi
D) shakliy prinsip deyiladi
|
64
|
Namgarchiliklarda so‘zi nechta ma’noli qismga ajraladi?
A) 4
B) 3;
C) 2;
D) 5;
|
65
|
Tinch (sifat) - quvonch (ot), qadrdon (sifat) – kuldon (ot) so‘zlaridagi –ch va –don qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha hisoblanadi?
A) so‘z yasovchi qo‘shimcha
B) ko‘p ma’noli qo‘shimcha
C) omonim qo‘shimchalar
D) sinonim qo‘shimcha
|
66
|
Bilimdonlikdan so‘zida nechta morfema(ma’noli qism) bor?
A) 5
B) 2
C) 3
D) 4
|
67
|
Sizsи́z – sí́zsiz so‘zlaridagi –siz qo‘shimchasiga qaysi qatorda to‘g‘ri tavsif berilgan?
A) birinchi so‘zda – so‘z yasovchi, ikkinchisida – sintsktik shakl yasovchi
B) –siz – so‘z yasovchi qo‘shimcha
C) birinchi so‘zda – shakl yasovchi, ikkinchisida – so‘z yasovchi
D) birinchi so‘zda – so‘z yasovchi, ikkinchisida – shakl yasovchi
|
68
|
Changi (ot) – changi (fe’l) so‘zlaridagi –i qo‘shimchalari qaysi jihati bilan bir-biridan farq qiladi?
A) vazifasiga ko‘ra
B) urg‘u olish-olmasligiga ko‘ra
C) tuzilishiga ko‘ra
D) Barchasi to`g`ri
|
69
|
Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal. Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so‘zidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar miqdorini toping.
A) 3
B) 1
C) 4
D) 5
|
70
|
Qaysi gapda no- old qo‘shimchasini so‘z yasovchi sifatida ajratib bo‘lmaydi?
A) O‘zini bilimdon deydigan nodondan qoch
B) Noto‘g‘ri narsalarni bo‘yab ko‘rsatishlarni rad etmoq darkor
C) Noo‘rin savol xunuk javobga sabab bo‘ladi.
D) Agarda til har narsani valdirayversa, hamma o‘zini noqulay sezadi.
|
71
|
Qo‘shimcha so‘zining o‘zi asos va qo‘shimchalarga ajratiladimi?
A) yo‘q, uning o‘zi asos bo‘lgan
B) qo‘sh – o‘zak, -im, -cha – ot yasovchi qo‘shimchalar
C) qo‘sh – o‘zak, -im – ot yasovchi, -cha – kichraytirish erkalash qo‘shimchasi
D) hozir u ajralmas holga kelgan
|
72
|
So‘z yasovchilarni aniqlang.
A) –dor, be-, -zor, -cha, -xo‘r
B) –gay, -gina, -li, -man, -siz
C) –tir, -gach, -lar, -ib, -zor
D) –la, -li, -lan, -dan, -paz
|
73
|
Lug`aviy shakl yasovchilarni toping.
A) –cha, -roq, -ib, -niki
B) –k, -kor, -chi, -ib
C) –siz, -ing, -sa, -guncha
D) –dan,-ning, -a
|
74
|
Berilgan so‘z ma’noli qismlarga to‘g‘ri ajratilgan qatorni aniqlang.
A) muvofiq-la-sh-tir-il-gan.
B) muvo-fiq-lashtirilgan.
C) muvofiq-lashtir-il-gan.
D) mu-vo-fiq-lash-tir-il-gan.
|
75
|
Qarsak so‘zining o‘zagini toping.
A) qars
B) qarsa
C) qar
D) qarsak
|
76
|
–gach(-kach, -qach), -a(-y), -guncha (-kuncha) qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha?
A) lug`viy shakl yasovchi
B) sintaktik shakl yasovchi
C) so‘z yasovchi
D) sodda qo‘shimcha
|
77
|
Muomalalarimizni so‘zidagi yasovchi qo‘shimchalarni toping.
A) bu so‘z tub so‘z bo‘lib, yasovchi qo‘shimchasi yo‘q.
B) –imiz
C) –ni
D) –lar
|
78
|
–iv, -iy, -viy, -chil vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar?
A) so‘z yasovchi
B) lug`aviy shakli yasovchi
C) sintaktik shakl yasovchi
D) sodda qo‘shimcha
|
79
|
Uyum so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil qilingan?
A) uy( fe’l) + um(so‘z yasovchi qo‘shimcha)
B) uy(ot) + im (egalik qo‘shimchasi)
C) uy(fe’l) + im (so‘z yasovchi qo‘shimcha)
D) uy(ot) + im (ot yasovchi qo‘shimcha)
|
80
|
1) minglab; 2) saharlab; 3) ishlab so‘zlaridagi –lab qo‘shimchasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) 1. shakl yasovchi; 2. so‘z yasovchi; 3. –la so‘z yasovchi, b shakl yasovchi
B) 1. so‘z yasovchi; 2. shakl yasovchi; 3. so‘z yasovchi
C) 1. shakl yasovchi; 2. shakl yasovchi; 3. –la so‘z yasovchi, b shakl yasovchi
D) har uchala so‘zda ham so‘z yasovchi
|
81
|
–ma qo‘shimchasi vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha?
A) shakl yasovchi va sifat yasovchi
B) faqat ot yasovchi
C) faqat shakl yasovchi
D) faqat sifat yasovchi
|
82
|
Qaysi so‘z tarkibida ikkita so‘z yasovchi mavjud?
A) tilakdosh
B) sersuvroq
C) boshladik
D) mehnatkashlardan
|
83
|
Qaysi qatorda tub so‘z bor?
A) saboq
B) tarqoq
C) qaynoq
D) quvnoq
|
84
|
Tinchimoq so‘zidagi faqat so‘z yasovchi qo‘shimchalar qaysi qatorda?
A) –ch, -i.
B) -ch
C) -chi
D) –ch, -i, -moq
|
85
|
So‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali qaysi turkumdagi so‘zlarni yasash mumkin?
A) ot, sifat, fe’l, ravish
B) ot, fe’l, ravish, son
C) ot, sifat, olmosh, ravish
D) ot, sifat, fe’l, son
|
86
|
Qaysi qatordagi qo‘shimchalar sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar?
A) shaxs-son, kelishik, egalik qo‘shimchalari
B) daraja, kichraytirish-erkalash, ravishdosh qo‘shimchalari
C) mayl, ko‘plik, harakat nomi qo‘shimchalari
D) ko‘plik, sifatdosh, nisbat qo‘shimchalari
|
87
|
Oyimga ko‘maklashdim. Ushbu gapdagi ko‘maklashdim so‘zi so‘z tarkibi bo‘yicha qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil qilingan?
A) ko‘mak - o‘zak; -lash so‘z yasovchi; -di shakl yasovchi; -m so‘z o‘zgartuvchi
B) ko‘mak - o‘zak; -lash shakl yasovchi; -di shakl yasovchi; -m shakl yasovchi;
C) ko‘mak - o‘zak; -la so‘z yasovchi; -sh harakat nomi shaklini yasovchi; -dim so‘z o‘zgartuvchi;
D) ko‘mak - o‘zak; -la so‘z yasovchi; -sh shakl yasovchi; -dim shakl yasovchi
|
88
|
Tilning lug‘at boyligini oshiruvchi vositalar qatorini toping.
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar
B) shakl yasovchi qo‘shimchalar
C) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar
D) so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar
|
89
|
To‘qimachilikni so‘zi tarkibidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) -ma,-chi,-lik
B) -n,-ma,-chilik
C) -ma,-chilik
D) -chi, -lik
|
90
|
Murakkab qo‘shimcha -lash (la+sh) bilan yasalgan so‘zlar qatorini toping.
A) salomlash, o‘rtoqlash, birlash
B) ishlash, qo‘llash, tezlash
C) o‘rmalash, qishlash, to‘plash
D) dodlash, tishlash, taqirlash
|
91
|
Asosga qo‘shilib ma’noni bir oz o‘zgartiradigan, qo‘shimcha ma’no orttirib, yangi so‘z yasamaydigan qo‘shimchalarning turi qaysi qatorda berilgan?
A) so‘z shakli hosil qiluvchi qo‘shimchalar
B) so‘z yasovchi qo‘shimchalar
C) so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar
D) shaxs-son qo‘shimchalari
|
92
|
Ma’noli qismlarga ajralmaydigan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) tiril, tirik, begona, kunda, chindan, aynan
B) qishki, qishlamoq, ovlamoq, o‘tloq, begumon, sportchi
C) ishxona, talabnoma, oromgoh, oshxo‘r, bog‘bon, shisha
D) yurtdosh, boshlama, adabiy, adabiyotshunoslik, tezlik, aql-hush
|
93
|
Qaysi qatordagi so‘zda -chilik qo‘shimchasi ikkiga ajratilishi mumkin?
A) choyxonachilik
B) kosibchilik
C) mo‘lchilik
D) yog‘ingarchilik
|
94
|
Qaysi holda -chilik qo‘shimchasi ikkiga ajratilmaydi?
A) -chilik qo‘shimchasi kasb, mashg‘ulot nomini bildirsa
B) -lik qo‘shimchasidan oldingi qism alohida qo‘llansa
C) -lik qo‘shimchasidan oldingi qism alohida qo‘llanmasa
D) -chilik hech vaqt ikkiga ajratilmaydi.
|
95
|
Qaysi qatorda grammatik ma`noga to`g`ri ta`rif berilgan?
A) so`zning ma’lum turkumga mansubligini ko`rsatuvchi, so`zning ma’lum bir grammatik shaklini ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no hisoblanadi.
B) so`z shaklini ifodalaydigan ma`no grammatik ma’no hisoblanadi
C) so`z ifodalaydigan lug`aviy ma`no grammatik ma’no hisoblanadi
D) yasama so`zlar ma`nosi grammatik ma’no hisoblanadi
|
96
|
So‘zlarni turkumlarga ajratishda qaysi xususiyatlar hisobga olinadi?
A) barcha javob to`g`ri
B) so‘zning ba’zi morfologik xususiyatlari
C) so‘zning sintaktik vazifasi
D) so‘zning ma’nosi
|
97
|
Borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni bildirish-bildirmasligiga ko‘ra so‘zlar qanday turlarga bo‘linadi?
A) mustaqil so‘zlar va mustaqil bo‘lmagan so‘zlar
B) atoqli otlar va turdosh otlar
C) mavhum otlar va aniq otlarbildiruvchi, belgi bildiruvchi va harakat bildiruvchi so‘zlar
D) narsa va harakat bildiruvchi so‘zlar
|
98
|
Qaysi vositalar grammatik ma’no ifodalovchi hisoblanmaydi?
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar
B) shakl yasovchi qo‘shimchalar
C) so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar
D) takrorlar
|
99
|
So‘zlarning umumiy grammatik ma’no va vazifalariga ko‘ra ma’lum guruhlarga bo‘linishi qanday nomlanadi?
A) so‘z turkumlari
B) gap bo‘laklari )
C) bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar
D) adabiy tilga va shevaga xos so‘zlar
|
100
|
Qaysi qatorda yasama so‘z berilgan?
A) iliqroq
B) yaxshiroq
C) maqtanmoq
D) dasturxonimizda
|
101
|
Juft so‘zlar, takroriy so‘zlar, qo‘shma so‘zlardan qaysi birining tarkibi ikki xil so‘z turkumlariga oid so‘zlardan tuzilishi mumkin?
A) qo‘shma so‘zlar
B) takroriy so‘zlar
C) juft so‘zlar
D) juft va qo‘shma so‘zlar
|
102
|
Takroriy so‘zlarda ayni bir so‘zning takror holda qo‘llanishi natijasida asosan qanday ma’no ifodalanadi?
A) uslubiy ma’no
B) leksik ma’no
C) grammatik ma’no
D) leksik va grammatik ma’nolar
|
103
|
1) fikr-mulohaza; 2) ota-ona; 3) kuch-qudrat; 4) ko‘rpa-to‘shak; 5) mehr-muhabbat; 6) yigit-qiz; 7) qiz-juvon. Berilgan juft so‘zlardan qaysilari -lar qo‘shimchasini qabul qilmaydi?
A) 3,5
B) 1,3,5,6,7
C) 4,5,7
D) 3,6,7
|
104
|
O‘zbek tilidagi so‘zlarning tuzilish turlari qaysi qatorda berilgan?
A) sodda, murakkab
B) qo‘shma, sodda, aralash
C) juft, sodda, toq
D) sodda, tub, yasama
|
105
|
Qanday so‘zlar tub so‘zlar?
A) tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimcha bo‘lmagan so‘zlar
B) bitta so‘z yasovchi qo‘shimchasi bor so‘zlar
C) o‘zga tillardan olinmagan so‘zlar)
D) yasovchi qo‘shimchasi bor so‘zlar
|
106
|
O‘zakdosh so‘zlarni ko‘rsating.
A) betinim, tindi, tinch
B) ko‘z, ko‘zgu, ko‘za
C) so‘zing, so‘zi, so‘zim
D) taxmin, taxmon, taxminiy
|
107
|
Qaysi gapda yasama so‘z mavjud?
A) Sanamay sakkiz dema.
B) Dono odam uzoqni ko‘zlar.
C) Bolaning qulog‘ini ari chaqib oldi, shuning uchun u dodlardi.
D) Berilgan gaplarda yasama so‘zlar mavjud.
|
108
|
Qaysi qatorda tub so‘zlar berilgan?
A) oqish (sifat), oqish (fe’l)
B) oqim, oqova
C) oqin, oqma (fe’l)
D) oqish (sifat), oqim (ot)
|
109
|
Qaysi qatorda tub so‘z berilgan?
A) savala
B) tortiq (ot)
C) iskamoq
D) qiyiq
|
110
|
Ot so‘z turkumi, unga xos grammatik kategoriya(xususiyat)lar, otlarning yasalishi, ot yasovchi qo‘shimchalar tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) morfologiya
B) morfologiya va sintaksis
C) morfologiya va so‘z tarkibi
D) morfologiya va so‘z yasalishi
|
111
|
Birdan ortiq so‘zning bir xil talaffuz etilishi va yozilishi natijasida qanday so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) omonimlar
B) sinonimlar
C) ko‘p ma’noli so‘zlar
D) antonimlar
|
112
|
So‘zlarni qaysi jihatiga ko‘ra sinonim, omonim, antonimlarga ajratamiz?
A) shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra
B) bir yoki birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishiga ko‘ra
C) tuzilishiga ko‘ra
D) shakl va talaffuziga ko‘ra
|
113
|
Berilgan sinonimlardan asosiy so‘zni aniqlang.
A) avval
B) oldin
C) ilgari
D) burun
|
114
|
Omonim so‘zlar qaysi qatorda?
A) yosh, zang, to‘p
B) yordam, ko‘mak, madad
C) sovuq, bosh, oltin
D) qiziqmoq, bog‘lamoq, ko‘karmoq
|
115
|
Sinonimlar qatorini toping.
A) yoz, o‘t, kech
B) kumush, mayin, o‘tkir
C) belgi, nishon, alomat
D) tur, uch, xayr
|
116
|
ntonimlar qaysi qatorda?
A) Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l.
B) Tok zangi qayishga o‘xshaydi, egila beradi.
C) Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug‘ambir.
D) Nuri onasini yolg‘iz uchratib, sekingina maqsadini aytdi.
|
117
|
O‘roq (ot) - qo‘rqoq (sifat), tepki (ot) - kechki (sifat) so‘zlaridagi qo‘shimchalarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) omonim qo‘shimchalar
B) bir ma’noli qo‘shimchalar
C) antonim qo‘shimchalar
D) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar
|
118
|
O‘zaro antonim qo‘shimchalar qaysi qatorda berilgan?
A) -li,-siz, be-, ba-
B) -cha, - chak,- choq,-chiq
C) -ning,-ni, -da
D) -m,-im, -um, -ma
|
119
|
Berilgan sinonimlardan bosh so‘zni aniqlang.
A) qaramoq
B) boqmoq
C) termilmoq
D) nazar solmoq
|
120
|
Paronim so‘zlarni toping.
A) otalik- otaliq
B) vafo - jafo
C) shabada - shabboda
D) ko‘ylak - ko‘ynak
|
121
|
Ushbu so‘zlarning qaysi birida –ma qo‘shimchasi omonimik holatda qo‘llanishi mumkin? 1) qotishma; 2) moslama; 3) qazilma; 4) burama.
A) 2, 4
B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3
D) 2, 3, 4
|
122
|
O‘zaro sinonim bo‘lmagan so‘zlardan hosil bo‘lgan juft so‘zni toping.
A) ur-yiqit
B) o‘y-xayol
C) or-nomus
D) kuch-quvvat
|
123
|
Qaro ko‘zim, kel-u mardumlig‘ emdi fan qilg‘il, Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. Navoiyning ushbu mashhur baytida qo‘llangan fan so‘zining sinonimi berilgan qatorni belgilang.
A) rasm, odat
B) ilm, bilim
C) bog‘, chaman
D) chidam, toqat
|
124
|
O‘rinsiz noo‘rin, g‘ayratli serg‘ayrat so‘zlaridagi qo‘shimchalarni qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) sinonim qo‘shimchalar.
B) omonim qo‘shimchalar
C) antonim qo‘shimchalar
D) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar
|
125
|
O‘zaro sinonim bo‘lgan quyidagi so‘zlardan qaysi biri yaqin so‘zi bilan sinonim bo‘la oladi?
A) tez
B) darrov
C) jadal
D) berilgan so‘zlarning hech biri yaqin so‘zi bilan sinonim qator hosil qilmaydi.
|
126
|
Esini tanigandan boshlab onasi bilan kechirilgan zamonlar mas’ud, lekin qaytarilmas tush kabi yo‘lchining ko‘z oldidan bir-bir o‘tadi. Ushbu gapda qo‘llangan mas’ud so‘zining sinonimini toping?
A) saodatli
B) qiyin
C) mas’uliyatli
D) sirli
|
127
|
Muayyan so‘z o‘zaro sinonimik qatorni tashkil etgan har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qila oladimi?
A) bir so‘z o‘zaro sinonimik qatordagi har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qila oladi
B) o‘zaro sinonim so‘zlargina boshqa sinonimlar bilan antonimlik hosil qiladi
C) so‘zlarning o‘zaro antonimlik hosil qilishi ma’nodagi zidlik asosida bo‘lganligi uchun sinonimlikning ahamiyati yo‘q
D) bir so‘z sinonim qatordagi faqat bitta so‘z bilan antonimlik hosil qiladi, qolganlari bilan hosil qilmaydi.
|
128
|
Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?
A) Ko‘p ma’noli so‘z faqat bir ma’nosi bilan boshqa bir so‘zga antonim bo‘lishi mumkin
B) bir ma’noli so‘zlargina antonim bo‘lishi mumkin
C) har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘z hisoblanmaydi
D) ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrimayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin
|
129
|
Bir so‘z turkumi doirasida so‘zlarning o‘zaro omonim bo‘lishi asosan qaysi so‘z turkumlarida uchraydi?
A) ot, sifat va fe’llarda
B) ot va sifatlarda
C) ot va fe’llarda
D) barcha mustaqil so‘z turkumlarida
|
130
|
Quyidagi antonimik juftliklarning qaysi birida salbiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan so‘z bor?
A) chiroyli-badbashara
B) yaxshi-yomon
C) shirin-bemaza
D) xursand-xafa
|
131
|
Paronimlar qatorini toping.
A) jodi -jodu
B) bema’nilik-bema’nolik
C) algebra –aljabr
D) nabira-nevara
|
132
|
O‘zaro sinonim qo‘shimchalardan iborat qatorni toping.
A) ser-, ba-, -li, -dor
B) –ki, -im, -di, -da
C) -ma, -k, -roq, -tir
D) –dir, -giz, -loq, -lash
|
133
|
Omonim qo‘shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A) -chi,-sh,-im, -ma
B) –li,-ma,-sa,-chilik
C) -il, -yap,-cha,-la
D) ser-, -li, -roq,-chak
|
134
|
O‘zaro antonim qo‘shimchalarni aniqlang.
A) -li, be-, ba-, -siz
B) be-, -ma, -ta, -k
C) –li, ser-, -sa,-b.
D) ser-, -ma, ba-, be-
|
135
|
Qaysi qatorda faqat sinonim so‘zlar berilgan?
A) sabab, vaj, bahona, bois
B) xavfli, xavotirli, qo‘rqinchli, barakatli
C) xayrlashmoq, xabarlashmoq, xo‘shlashmoq, vidolashmoq
D) ruxsat, javob, izn, haq
|
136
|
Omonim so‘zlar qatorini aniqlang.
A) yara, son, kul, soz, shim
B) do‘st, o‘rtoq, birodar, og‘ayni
C) bosh, katta, kam, sog‘, tez
D) yig‘lamoq, shirin, go‘zal, nam
|
137
|
Qaysi juft so‘zlar o‘zaro sinonim so‘zlardan tashkil topmagan? 1) boy-badavlat; 2) erka-arzanda; 3) soya-salqin; 4) gap-so‘z; 5) ola-chipor; 6) uzuq-yuluq; 7) xor-zor; 8) kiyim-kechak
A) 1,3,4,6,7
B) 2,4,5,6,8
C) 3,4,7,8
D) 2,3,4,5,6,7,8
|
138
|
1) qurt; 2) bog‘; 3) sir; 4) tush; 5) soz. Berilgan omonim so‘zlarning qaysi birlarida omonimik munosabat turli so‘z turkumi doirasida bo‘ladi?
A) 4,5
B) 1,2,3,5
C) 1,4
D) 1,4,5
|
139
|
Qurilishda men boshliqman, Bo‘riyev. Mablag‘ ham, odamlar ham, jumladan, siz ham mening ixtiyorimdasiz. Ushbu gapdagi ixtiyor so‘zi o‘rnida quyidagi so‘zlarning qaysi birini sinonim sifatida qo‘llash mumkin?
A) izm
B) izn
C) mayl
D) mayl, izn
|
140
|
Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo‘lmaydi?
A) sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin
B) ikki so‘z orasida
C) ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida
D) ikki qo‘shimcha orasida
|
141
|
O‘roq (ot) - qo‘rqoq (sifat), tepki (ot) - kechki (sifat) so‘zlaridagi qo‘shimchalarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar deb ataymiz?
A) omonim qo‘shimchalar
B) ko‘p ma’noli qo‘shimchalar
C) bir ma’noli qo‘shimchalar
D) antonim qo‘shimchalar
|
142
|
So‘zning ma’noli qismlari deyilganda nima nazarda tutiladi?
A) asos va qo‘shimchalar so‘zning ma’noli qismlari hisoblanadi
B) so‘zning o‘zagi
C) so‘zning o‘zagi, so‘z yasovchi va so‘z shakli yasovchi qo‘shimchalar
D) so‘zning o‘zagi, so‘z yasovchi va so‘z shakli yasovchi qo‘shimchalar
|
143
|
Keltirilgan ta’riflardan asos morfemaning asosiy xususiyatlari ifodalangan javobni toping
A) so‘zning eng kichik, bo‘linmas ma’noli qismi
B) so‘zning ma’noli qismlari haqidagi ta’limot
C) so‘zda albatta ishtirok etadigan, leksik ma’no ifodalay oladigan morfema turi
D) mustaqil leksik ma’no ifodalay olmaydigan, so‘zning leksik yoki grammatik ma’nolarining shakllanishiga xizmat qiladigan morfema turi
|
144
|
Keltirilgan ta’riflardan qay biri so‘z yasovchi qo‘shimchalarning xususiyatini aks ettiradi?
A) yangi so‘z hosil qiladigan, so‘z leksik ma’nosining shakllanishida qatnashadigan qo‘shimcha turi
B) o‘zakkka qo‘shilib, ma’noni bir oz o‘zgartiradigan qo‘shimcha turi
C) mustaqil leksik ma’no ifodalay olmaydigan, grammatik ma’nolarning shakllanishida xizmat qiladigan qo‘shimcha turi
D) so‘z birikmasi va gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan qo‘shimcha turi
|
145
|
Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar necha xil bo‘ladi va ular qaysilar?
A) 3 xil: kelishik, egalik va shaxs-son3
B) 2 xil: unumli va unumsiz
C) xil: zamon, mayl, nisbat
D) 2 xil: tub, yasama
|
146
|
Qaysi qatorda o‘zak+so‘z yasovchi qo‘shimcha+so‘z yasovchi qo‘shimcha+so‘z yasovchi qo‘shimcha shaklidagi so‘z berilgan?
A) sanoqsiz
B) yamoqchiniki
C) pishiqchilik
D) barcha so‘zlar asosva ikki so‘z yasovchi qo‘shimchadan iborat
|
147
|
Omonim o‘zakka omonim qo‘shimcha qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan omonim so‘zni belgilang.
A) to‘lat, kechik
B) olma, suzma
C) changi, tinchi
D) barcha javoblar to‘g‘ri
|
148
|
Leksikologiya nimani o‘rgatadi?
A) so‘z turkumlarini, antonimlarni
B) gapni, lug‘atlarning turlarini
C) so‘z birikmalarini, bir ma’noli so‘zlarni
D) so‘zlarni, ularning lug‘aviy ma’nolarini
|
149
|
So‘zlarning bir va ko‘p ma’noliligi tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) fonetikada
B) frazeologiyada
C) leksikologiyada
D) morfologiyada
|
150
|
Qaysi so‘zlar leksik (lug‘aviy) ma’noga ega?
A) mustaqil so‘zlar
B) yordamchi so‘zlar
C) undov va taqlid so‘zlar
D) mustaqil, undov va taqlid so‘zlar
|
151
|
Qanday so‘zlar grammatik ma’no ifodalamaydi?
A) olmosh, son
B) modal va taqlid so‘zlar
C) yordamchi so‘zlar
D) barcha so‘zlar grammatik ma’no ifodalaydi
|
152
|
Zaynab lappos va o‘nta so‘zga arang bitta javob qaytaradigan edi. (A.Qodiriy) Lappos sozining ma’nodoshi qaysi javobda keltirilgan?
A) xotirjam
B) uyatchan
C) to‘ladan kelgan
D) ozg‘in
|
153
|
Qaysi xususiyat barcha so‘z turkumlariga xos emas?
A) lug‘aviy ma’noga egalik
B) grammatik ma’noga egalik
C) grammatik shaklga egalik
D) grammatik vazifaga egalik
|
154
|
Leksik ma’no bildirmaydigan so‘z turkumlarini toping.
A) son, olmosh, ravish
B) ko‘makchi, undov so‘z, taqlid so‘z, son
C) ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama
D) undov so‘z, modal so‘z, ravish
|
155
|
Baland, ulkan, kichik, mayda so‘zlari uchun xos bo‘lgan umumiy ma’nolar qanday ma’no sanaladi?
A) ko‘chma ma’no
B) grammatik ma’no
- uslubiy ma’no
C) leksik ma’no
|
156
|
Uzun, naynov, pakana so‘zlari uchun xos bo‘lgan umumiy ma’nolar qanday ma’no sanaladi?
A)
leksik ma’no
B)
uslubiy ma’no
C)
ko‘chma ma’no
D)
- grammatik ma’no
|
157
|
Sel so‘zi qaysi gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanilmagan?
A) Quyoshning seliga miriqib cho‘milgan yam-yashil dala barq uradi.
- Har qanday go‘sht tuzlanganda, seli chiqib ketadi.
B) Elmurod shunday o‘ylar selida g‘arq bo‘lib, uyqusi qochdi.
C) Barcha gaplarda sel so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan.
|
158
|
Nadomat komida qolganlar, ayting. (A.Oripov) Ushbu misradagi tagiga chizilgan so‘zning ma’nodoshini toping.
A) yonida
B) ichida
C) orasida
D) tagida
|
159
|
So‘zing shirin, o‘zung Xisravdin afzun, Bo‘lur Layli sening husningga majnun.
Baytdagi afzun so‘zining lug‘aviy ma’nosini toping.
A) qudratli
B) baxtli
C) mard
D) ortiq
|
160
|
Tilshunoslikning atash ma’nolarni o‘rganuvchi bo‘limi qanday ataladi?
A) atamashunoslik
B) sintaksis
C) morfologiya
D) leksikologiya.
|
161
|
So‘zlarning grammatik ma’nolari grammatikaning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) morfologiyada
B) leksikologiyada
C) morfemikada
D) sintaksisda
|
162
|
Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. Mazkur gapda qo‘llangan “ko‘y” so‘zining ma’nosini toping.
A)
holat
B)
donalik
C)
musiqa
D)
rang
|
163
|
Nadomat komida qolganlar, ayting.(A.Oripov) Seningsiz menga kom yo‘qdur, Asal ichsam zahar bo‘lg‘ay. (E.V.) Berilgan gaplardagi kom so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘zlar?
A) shakldosh so‘zlar
B) ko‘p ma’noli so‘zlar
C) uyadosh so‘zlar
D) har ikkala gapda ham bitta so‘z hisoblanadi.
|
164
|
Kitobni ochiq qoldirmoq, ochiq gapirmoq, ochiq bo‘g‘in birikmalaridagi ochiq so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir so‘zning turli ma’nolari
B) uchta mustaqil so‘zning shaklan mos kelishi
C) birdan ortiq so‘zning o‘zaro grammatik shakllarda teng kelishi
D) bir ma’noli so’z qo’llanilishi
|
165
|
Quyidagi hodisalarning qaysi biri faqat bir so‘z turkumi doirasida vujudga keladi?
A) ko‘p ma’nolilik
B) antonimlik
C) paronimlik
D) antonimlik va ko’p ma’nolilik
|
166
|
Daryoning cheti, chet mamlakat, chetdan tomosha qilib turmoq kabi birikmalardagi chet so‘zi ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) sinonim so‘z
B) antonim so‘z
C) omonim so‘z
D) ko‘p ma’noli so‘z
|
167
|
Bir so‘zning matn mazmunidan kelib chiqib, bir necha ma’no ifodalashi qanday nomlanadi?
A) ko‘p ma’nolilik
B) omonimiya
C) sinonimiya
D) frazeologiya
|
168
|
1. Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. 2. Meni boshqa tashkilotga ishga chaqirishyapti.
3. Ming qo‘ylining ishi bir qo‘yliga tushadi. Ushbu gaplarda qo‘llangan ish so‘zi o‘zaro ma’no munosabatiga ko‘ra qanday so‘z hisoblanadi?
A) sinonim so‘zlar
B) omonim so‘zlar
C) antonim so‘zlar
D) ko‘p ma’noli so‘zlar
|
169
|
Bir ma’noli so‘zlar qaysi qatorda?
A) ko‘z, qosh
B) og‘iz, bosh
C) etak, oyoq
D) chumchuq, ravish
|
170
|
Qaysi undosh tovush lablar bir-biriga yaqinlashganda, oradagi tirqishdan sirg‘alib chiqadi?
A) d
B) s
C) v
D) p
|
171
|
Qaysi undosh tovush pastki lab bilan ustki tish orasida hosil bo‘ladi?
A) d
B) s
C) r
D) f
|
172
|
Qaysi qatordagi so‘zlarda ch tovushining jarangli jufti bor?
A) jurnal, ajdar
B) prujina, jemper
C) jo‘ja, jahon
D) choy, chavgon
|
173
|
f undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni aniqlang.
A) lab-lab, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
B) lab-tish, portlovchi, jarangli undosh tovush
C) lab-lab, portlovchi, jarangli undosh tovush
D) lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, faqat olinma so‘zlarda uchraydi.
|
174
|
Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra q hamda g‘ undosh tovushlariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.
A) q – til undoshi, chuqur til orqa; g‘ – til undoshi, chuqur til orqa
- q va g‘ – bo‘g‘iz undoshlari
B) g‘ – jarangli undosh; q – jarangsiz undosh
C) q portlovchi undosh; g‘ – sirg‘aluvchi undosh.
|
175
|
Qorishiq undosh tovushlar berilgan qatorni toping.
A) m, n, ng
B) j, sh, f
C) ch, j(dj)
D) ng, r, l
|
176
|
X undoshiga to‘g‘ri tavsif berilgan javobni toping.
A)
chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
B)
chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangli undosh tovush
C)
chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovush
D)
- bo‘g‘iz, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush
|
177
|
Qaysi tovush til oldi undoshi hisoblanadi?
A) b
B) v
C) g
D) z
|
178
|
Qaysi tovush tilning tanglayga tegish paytida havoning ikki yondagi tirqishdan sirg‘alib chiqishidan hosil bo‘ladi?
A) y
B) r
C) q
D) l
|
179
|
H tovushining paydo bo‘lish o‘rni ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) labda
B) til oldida
C) bo‘g‘izda
D) burunda
|
180
|
Qaysi qatordagi undoshlar tilning eng orqa qismida hosil bo‘ladi?
A) b, d, g
B) p, t, k
C) q, g‘, x
D) x, h, f
|
181
|
Tilning old qismida hosil bo‘ladigan tovushlarni toping.
- v, f
A) b, p
B) d, t
C) ch, k
|
182
|
Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur darsiga izzat-ehtirom bilan qadam qo‘ymoq lozim. Ushbu gapda qo‘sh va qator undoshli so‘zlar miqdorini aniqlang.
A) 2 ta qo‘sh undosh, 3 ta qator undoshli so‘z.
B) 3 ta qo‘sh undosh, 4 ta qator undoshli so‘z.
C) 2 ta qo‘sh undosh, 2 ta qator undoshli so‘z.
D) 2 ta qo‘sh undosh, 4 ta qator undoshli so‘z.
|
183
|
Qaysi so‘zlarda faqat jarangsiz undoshlar bor?
A) gilos, rayhon, gulkaram
B) sochpopuk, shafqat, ko‘kat
C) ziynat, ko‘hlik, libos
D) ko‘makdosh, inson, ko‘rgazma
|
184
|
Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat jarangli undoshlar bor?
A) pastak, ko‘ksulton, ko‘lmak
B) bardosh, ko‘klam, badnafs
C) zag‘izg‘on, maydon, jadval
D) paxsa, sukut, sochiq
|
185
|
Unli va jarangli undoshlardan hosil bo‘lgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) mashq, kitob, so‘z
B) paxta, xalq, choynak
C) maydon, dor, gul
D) maktab, sabab, maqol
|
186
|
Dublyaj, ekipaj, garaj so‘zlaridagi j ning jarangsiz jufti qaysi tovush?
A) b
B) d
C) sh
D) g
|
187
|
Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda ng tovushi qo‘llangan?
A) nonga, keng, tushuncha
B) unga, donga, o‘tinga
C) ongga, yurting, o‘zingga
D) maymunga, yurganga, borganga
|
188
|
Unli va jarangli undosh tovushlardan hosil bo‘lgan so‘zlarni belgilang.
A) bolalar, gul, ozod
B) maktab, sabab, maqol
C) mashq, kitob, so‘z
D) paxta, xalq, choynak
|
189
|
Sirg‘aluvchi tovushlarni toping.
A) sh, j, k
B) s, z, sh
C) s, ch, j
D) m, n, h
|
190
|
Qaysi qatordagi jarangli undoshlarning jarangsiz jufti bor?
A)
b, g, d, j, y, l
B)
v, g,d, l,m, n
C)
b, v, d, z, j, g
D)
- v,g, d, j,y, m
|
191
|
Qaysi qatorda jarangsiz jufti bor jarangli undoshlardan iborat so‘z bor?
A) paxta
B) zavod
C) bog‘bon
D) sag’bon
|
192
|
ng bir tovushni ifodalagan so‘zlarni belgilang.
A) tungi
B) unga
- taxsinga
C) tonggi, dengiz
|
193
|
Qaysi qatordagi so‘zlarda sirg‘aluvchi j tovushi berilgan?
A) janob, Jamshid, Jomiy
B) jar, ajin, ajdar
C) G‘ijduvon, gijda, mujda
D) jajji, jazo, javob
|
194
|
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida jarangsiz juftiga ega jarangli undoshlar soni nechta?
A) 7
B) 8
C) 6
D) 9
|
195
|
Qator undoshli so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) qarsak, yuksak, katta
B) stol, do‘st, daraxt
C) ketmon, dasta, ochko‘z
D) bolta, pilta, xalta
|
196
|
Ayrim rotalarni zudlik bilan o‘rnidan ko‘chirish haqida ogzaki buyruq berildi. Berilgan gap tarkibidagi necha so‘zda tovush tushishi hodisasi mavjud?
A) 4 so‘zda
B) Berilgan gap tarkibidagi so‘ zlarda tovush tushishi hodisasi mavjud emas.
C) 1 so‘zda
D) 3 so‘zda
|
197
|
f va g‘ tovushlari qaysi xususiyatlariga ko‘ra bir guruhga mansub bo‘ladi?
A) portlovchi yoki sirg‘aluvchiligiga ko‘ra
B) f va g‘ tovushlari sanalgan xususiyatlarga ko‘ra turli guruhlarga mansub bo‘ladi.
C) jarangli va jarangsizligiga ko‘ra
D) tilning qayerida paydo bo‘lishiga ko‘ra
|
198
|
Qaysi qatordagi so‘zlarning ikkinchisi noto‘g‘ri yozilgan?
A) barcha javoblarda ikkinchi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan
B) ajdaho va ajdarho
C) bekik va berkik
D) bema’nilik va bema’nolik
|
199
|
Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) tasavuf, tasaruf, tasavur
B) xohish, mavhum, aqalli
C) ilhombaxsh, baxt
D) barchasi to`q`ri
|
200
|
Tilda bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanuvchi bir nechta so‘z qanday nomlanadi?
A) sinonimlar
B) ko‘p ma’noli so‘zlar
C) omonimlar
D) antonimlar
|
201
|
Yoz (qalamda yozmoq), yoz (dasturxonni yozmoq), yoz (yoz fasli). Uchala o‘rinda qo‘llangan yoz so‘zining xususiyati to‘g‘ri izohlangan qatorni toping.
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z
B) bir xil shaklga ega bo‘lgan yagona so‘z
C) bir shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z
D) birgina so‘zning uch o‘rinda qo‘llanishi
|