Ari oilasini teng ikki qismga bo‘lishning ahamiyati shundaki, ikkala qism o‘zlari alohida-alohida rivojlanadi


Download 46.58 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi46.58 Kb.
#1743681
Bog'liq
Асаларичилик 2


Ari oilasini teng ikki qismga bo‘lishning ahamiyati shundaki, ikkala qism o‘zlari alohida-alohida rivojlanadi. Ammo buning uchun teng ikki qismga bo‘linadi va erta bahorda juda kuchli bo’lib, may oyining ikkinchi yarmida uyaning ichi arilar bilan to‘lgan bo‘lishi kerak. Asosiy kuchli ari oilasi kunning qoq o‘rtasida arilar yaxshi uchayotgan paytda bo‘linadi. Kuchli ari onasi yoniga bo‘sh mum qo‘yilib, asosiy oiladan mumkatak ramkalar asalarisi, qurtchalari, asalli ramkalari bilan birga bo‘sh uyaga qo‘yiladi. Har ikkala uyani bir-biridan yarim metr chapga va o‘ngga surilganda uyalarning teshiklari oldingi holatda, ya’ni bo‘lishdan oldin qanday balandlikda turgan bo’lsa, o‘sha joyda turishi kerak, chunki daladan uyasiga qaytayotgan arilar oldingidek teng ikkiga bo‘linib, xuddi o‘z uyalariga kirayotgandek kiraveradilar.
Arilar ko‘chirilayotgan bo‘sh uya xuddi o`zining rangida bo’lsa, arilar ikkala inga bir xil bo‘linib kiradi. Mabodo ikkala uyadan birortasiga ko‘proq ari kirayotgan bo‘lsa, unda bo‘lingan asosiy oila yana bir oz nariga suriladi (29-rasm), agarda ko‘chirish vaqtida ona arisi qaysi uyaga tushganini bilolmagan bo’lsangiz, arilarning holatini kuzating. Bezovtalangan, tartibsiz, biror narsani kidirayotganday ari oilasida ona ari bo‘lmaydi. Shu kuni kechqurun urchigan tayyor ona ari maxsus dumaloq to‘r qafascha (36-rasm) yoki ona ari o‘tkaziladigan Titov kifaschasida keltirib qo’yiladi. Bo`lingan ari uyalarini sekin-asta bir necha kun ichida teshiklarini boshqa tarafga qarab buriladi.
Bu yo‘l bilan asalarilarni ko‘paytirishning afzalligi shundaki, har ikkala uyalarga har xil yoshdagi arilar tushib, tez rivojlanadi, oradan bir oy o‘tgach, to‘liq oila bo‘lib yetishadi. Oila asosiy sharbat beruvchi o‘simliklar gullashidan 30-40 kun oldin bo`linadi.
Xozirgi zamonaviy asalarichilikni rivojlantirish va ko‘paytirish texnologiyasida: Bu uchta usuldan foydalanib asosiy oilaning rivojlanishi va kuchiga qarab kerakli vaqtda asalari oilalari sonini ko‘paytirish yoki qutili ari oilalarini yetishtirish mumkin bo‘lib, nukleus oilalaridan urchigan ona ari olib kelib o‘tkazish orqali ajratilgan yosh asalari oilasini rivojlantirib, tezda yosh ishchi arilarni yetishtirish orqali ajratilgan yangi yosh oila asosiy sharbat kelish davrigacha to‘liq kuchga ega bo‘lish evaziga ko‘p asal olish mumkin yoki qutili ari oilalarini boshqa xo‘jaliklarga ko‘ch sotish orqali olinadigan daromad yuqori bo‘ladi.
Agarda asalarichi ko‘ch chikmaslikning oldini olmasa, u holda bahor oylarining ikkinchi yarmi, yoz oylarining birinchi yarmida ko‘ch chiqishi mumkin. Shu davr ko`ch chiqish mavsumi deyiladi.
Tabiiy ko`ch asalarichilikning rejali rivojlanishi uchun noqulay hisoblanadi. Chunki ayrim yillari ko‘ch juda ko’p chiqsa, ayrim yillari kam chiqadi, yoki umuman chiqmaydi. Bundan tashqari, tabiiy kuchlar arilarning zotini yaxshilashga ham xalaqit beradi, chunki ayrim hollarda kuchlarning bir nechtasi bir joyga to‘planib qolib, ularning qaysi oiladan chiqqanini bilib bo‘lmaydi hamda ona arining zoti va ular to‘g‘risida hisob-kitob olib borishni chalkashtirib yuboradi.
Ko‘chga chikishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ari oilasi avvaliga juda jadal rivojlanadi va oxirgi bir hafta ichida juda sust ishlaydi, ona arisi esa tuxum qo‘yishni qisqartiradi: bu esa ko‘p asalari yetishtirishni kamaytirib, asal to‘plashni pasaytirib yuboradi. Tabiiy kuchlarning eng asosiy kamchiligi shundaki, u asalarichini doimo arixonada ko`ch chiqishini kutib o‘tirishini talab qiladi va shu bilan bir qatorda eri oilalari bilan ishlashda ish bajarish qobiliyati yuqori bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy chiqqan ko`chlarning yaxshi taraflari ham bo’lib, ko‘chga chiqqan arilar ko’p mumkataklar tortadilar va asal to‘plashda yaxshi ishlaydi. O‘z ishini yaxshi bilgan ko‘p asalarichilar ko‘chga chiqqan arilarining ko`chidan mukammal foydalanib, yaxshi ko‘rsatkichlarga erishadilar.
Ko`ch chiqishining oldini olish arixonada ko‘ch chikmasligi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Ari oilalarida kam tuxum qo‘yadigan qari ona arilarini (ikki yoshdan oshgan) ushlash kerak emas.
2.Ko`chga chiqish mavsumida arilar ko‘p asal tashishi uchun ularni sharbat ajratuvchi o‘simliklar ko‘p joylarga ko‘chirish yoki bo‘lmasa maxsus asal ajratuvchi o‘simliklar ekib, arilarni oziq bilan ta’minlash kerak.
3. Arilarning ko`chini sharbat tashish va katak mumlarini tortishga yo‘naltirish kerak.
4. Oilaning ichki hajmini o‘z vaqtida sifatli mumkatak ramkalar bilan kengaytirib turish zarur.
5. Ari oilalarining uyasini oftobda qoldirmaslik kerak.
6. Jazirama issiq kunlari arilarning ko`ch teshiklarini kengaytirib, havo almashib turishiga sharoit yaratilishi lozim.
Yuqorida aytilganlarga amal qilinganda ham arixonada ko`ch chiqishini butunlay bartaraf etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ko`ch chikmasligini oldini olishning eng qulay yo`li o’z vaqtida yangi yosh oila ajratish va ona arisi yosh bo`lishi hisoblanadi.
Asalarichilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan arixonalarda hali ham ko`chga chiqish holatlari uchrab turadi. Bunday paytlarda asalarichi nima ish qilishni yaxshi bilishi kerak. Ko`chga chiqqan arilarni ushlashni yengillashtirish maqsadida arixona atrofiga ko‘ch qo‘nishi uchun maxsus odam buyi balandligida yogoch, faner qoqiladi va uning uchiga daraxtning shoxlaridan supurgiga o‘xshatib boylanadi yoki 40x60 smli qoramtir g`adir-budur taxtacha yoki faner qoqib qo’yiladi. Buning uchun o‘sha taxtacha qo`ydiriladi. Yaxshisi biror daraxtning yaxlit po‘stlog‘ini mahkamlab qo‘ygan ma’qul.
Ko`ch kelib qo‘ngandan keyin taxtacha asta olinadi, ko`ch solinadigan yashikning og`zi ochilib, unga ko`ch arilari silkitib tushiriladi va qolgan arilari shu idishga kirishi uchun pastroqqa osib qo’yiladi. Daraxtning yo‘g‘onroq tanasiga qo`ngan kuchni olish qiyinroq. Bunday paytda arilarni yashikchaga silkitishning iloji bo‘lmaydi, shuning uchun arilarni cho‘michga o‘xshash idish bilan sidirib olib yashikchaga solinadi, qolganlari yashikchaga tutun bilan haydab kiritiladi. Hamma arilar kiritilgandan so`ng yashikchaning usti berkitilib,qorong`i yerto‘la yoki salqin joyga olib borib qo’yiladi va ko`ch uyaga joylashguncha saqlanadi.
Ushlangan ko‘chni uyaga kunduzi ham o‘tkazish mumkin, ammo kechgacha yerto‘la yoki salqin joyda saqlansa, ular ancha tinchlanib, o’zini yaxshi tutadi.
Ko`chni uyaga o‘tkazishdan oldin uya qoziq ustiga joylashtiriladi, uyaning ichki hajmini to‘plab, so‘ngra ko‘ch o‘tkaziladi. Buning uchun uyaga oldindan tortilgan mumkatak ramkalar oralatib qo’yiladi. Oila ichki hajmining bir chetiga asalli va gulchangli mumkatak ramka va uyaning o‘rtasiga 1-2 ta ochiq qurtchasi bor mumkatak ramka qo‘yiladi (shunday qilinmasa ko‘pincha o‘tkazilgan ko‘ch arilari uchib ketadi).
Ushlangan 1 kg ko‘ch arilariga oila ichiga hammasi bo’lib 4 ta mumkatak ramka qo‘yiladi. Ko‘chni o‘tkazish uchun mo`ljallangan uya salqin joyga qo‘yiladi, chunki oftobda turgan uyalardan ko‘ch arilari uchib ketishi mumkin. Uyaga o‘tkazilayotgan ushlangan ko‘ch arilarining kuchini bilish uchun ular tarozida tortiladi. Ko‘chga chiqqan arilarning kuchi qay vaqtda kuch chiqishiga bog‘liq bo‘lib, may oyining uchinchi o‘n kunligida 1,5-2 kg gacha kuch chiqishi mumkin. Ular qisqa vaqt ichida tez rivojlanib, katta kuchga erishadi va o‘zlariga oziq to`plab, yana xo`jalikka asal mahsuloti beradi. Iyun oylarida chiqadigan ko‘p kuchli bo’lib, 3-4 kg gacha bo‘lishi mumkin. Agarda kuch kuchli bo‘lmasa, mahsuldor bo‘lmaydi.
Kuch arilari uyalari mumkatak ramkalarga qoqib tushirilgandan keyin qolgani tugatgich yordamida tugun bilan uyaga haydaladi va uni usti dasturxonga o‘xshash qalin mato bilan berkitiladi. Oradan 1 sutka o‘tgach, uya ochilib, mumpardalar uzilib ketmaganligi tekshiriladi.
Kuch chiqargan ari oilasi bilan ishlash. Kuch chikargan asosiy oilada bir nechta usti berkitilgan ona ari g`umbagi (matochnik) bo‘ladi. Agarda shu oilani o‘z holiga qoldirilsa, u holda ona ari g`umbagidan ona ari chiqishi bilan birin- ketin urchimagan ona arisi bilan birga yana ko‘ch chiqadi, bu hol oilada ari qolmaguncha davom etaveradi. Bunday kuchlar arilari kam bo‘lib, kelajakda yaxshi rivojlana olmaydi. Shunday bo‘lmasligi uchun ko‘ch chiqqan kuni ko‘ch chiqargan oila tekshiriladi, usti berkitilgan ona ari g`umbagining 1 ta eng yirik to‘g‘ri tortilgani qoldirilib, qolganlari sindirib tashlanadi. G`umbakdan ona ari chiqadigan ko’pi yana bir bor oila tekshirib ko`zdan kechirilishi kerak. Mabodo kuch chiqargan oilaning mahsuldorligi yuqori bo’lsa, u holda ona ari g`umbaklari buzib tashlanmay, sekin- asta qirqib olinadi va ona arisi yo’q nukleus yoki ona arisi almashtiriladigan bo‘lingan oilalarga qo’yiladi.
Arilarni rivojlantirish vaqti. Ari oilasini asosiy sharbat ajratuvchi o‘simliklar gullagunga qadar rivojlantirish uchun ona arisi butun rivojlanish davrida to‘xtovsiz tuxum qo‘yib turishi, ishchi arilar esa ularni boqishlari shart. Shunday qilib, asalarilarning bahorgi birinchi rivojlanish kunidan boshlab asosiy sharbat ajratuvchi o‘simliklar gullaguncha bo‘lgan davrda asalarilarning rivojlanish davri deyiladi. Iqlim sharoitiga qarab sharbat ajratuvchi o‘simliklar qancha kech gullasa, asalarichi ari oilasini sharbat tashishga kuchli qilib tayyorlashga shuncha ko‘p vaqt sarflaydi. Masalan: janubiy tumanlarning kungaboqar eqiladigan hududlarida arilar rivojlana boshlagandan keyin, oradan 100 kun o‘tgach kungaboqar gullaydi. Demak, ari oilasini 100 kun davomida kuchli qilib rivojlantirish mumkin ekan. MDH davlatlarida, o‘rmon zonalarida marjumak (grechixa) va juka-lipa o’simliklari sharbat ajratadigan sharoitlarda ari oilasini yerto`ladan aprel oyining o‘rtasida ochiq havoga ko‘chiriladi, asosiy sharbat ajratuvchi o‘simliklari esa iyun oyining birinchi o‘n kunligida gullaydi. Bu joyda ham ari oilasi rivojlanishi uchun biroz vaqt 80-85 kun kerak bo’ladi. Aralash sharbat ajratuvchi o‘simliklari bor zonalarda ari oilasi yerto`ladan ochiq havoga aprel oyining oxirida yoki may oyining boshlarida ko‘chiriladi. Beda-malina, malina kiprey O’simliklari aralash gullaydigan sharoitlarda o’simliklar iyun oyining birinchi yarmida sharbat ajratadi va natijada ari oilasining rivojlanishi uchun 45-50 kun vaqt qoladi.
Shunday qilib, ari oilasi 80-90 kun rivojlanadigan hududlarda asalarichi tabiatdan kelayotgan kam sharbat hisobiga ham arilarini bemalol rivojlantirishi mumkin. Bundan tashqari, bunday sharoitlarda Bahorda o’simlik gullashidan 50-55 kun oldin ona ari yetishtirilib, yosh oila ajratilsa ham, yosh oila shu yili ham mahsuldor bo`lishi mumkin. Buning uchun asosiy ari oilalari o‘tgan yili kuchli bo`lishi, ko‘p sonli yosh arilar bilan qishlashi kerak. Ari oilalarini kuchli qilib rivojlantirish uchun qisqa vaqt, ya’ni 45-50 kun talab qilinsa, u holda oilani rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘llari mavjud bo’lib, asalarichi oldingi yili kuzda ko‘p sonli yosh arisi bilan kuchli ari oilasini qishlashga tayyorlaydi.
O‘zbekiston iqlim sharoiti ari oilalarini qisqa va o`zaro rivojlanish xususiyatiga mos bo‘lganligi uchun ham yuqorida aytilgan ikkala yo`ldan foydalansa bo’ladi.
Shunday qilmasa rivojlanib borayotgan arilar 45-50 kun ichida to‘liq kuchga ega bo‘la olmay qoladi va ayni sharbat tashish vaqti ular jadal rivojlanayotgan paytga to’g’ri kelib qoladi hamda shu yili mahsuldorlik past bo‘lishi mumkin. Erta bahorda ari oilasi tez rivojlanishi uchun ularni erta boqish, sifatli mumkatak inchalar berish, oila ichki hajmida kerakli ramkalarni qoldirish, ortiqchasini qisqartish, yostiqchalar yordamida isitish kerak bo‘ladi. Erta Bahordan boshlab asosiy sharbat ajratuvchi o‘simliklar gullaguncha bo‘lgan vaqt qisqa bo‘lib, ari oilalarini rivojlantirish uchun ham vaqt kam qoladi. Shuning uchun o‘tgan yili yozning ikkinchi yarmida tabiatda bir oz bo‘lsa ham sharbat bor paytda yangi kichik yosh oila ajratilib, mana shu oilada ona arisi kelasi yili bahorgacha saqlansa, shu ona aridan foydalanib, yangi oila yetishtirish yoki sharbat tashishga qo‘shimcha arilar yetishtirish mumkin. Oldinma-keyin gullovchi, tabiiy sharbat beruvchi o‘simliklari bor ayrim joylarda kuzgacha uncha kuchli bo‘lmagan sharbat ajratuvchi o‘simliklar gullab turadi va natijada ari oilasi asosiy sharbat beruvchi o’simliklar gullaguncha katta kuchga erishib oladi, natijada ko‘p mahsulot to‘playdi.
Asosiy sharbat tashish davrida ona arining tuxum qo‘yishini, qurtchalar yetishtirishni cheklab qo‘yish.
Asalarichi mahsuldorligi yuqori oilalarni tayyorlab, ularning kuchi sharbat ajratish davrida bir tekisda bo`lishi uchun sharoit yaratib berishi kerak.
Bizga ma’lumki, asosiy sharbat tashish vaqtida asalarilarni tanalari tez ishdan chiqib, kundan-kunga kamayib boradi. Agarda ularning o‘rnini yosh arilar to‘ldirib turmasa, u holda ari oilasi juda kuchsizlanib qoladi. Shuning uchun asosiy sharbat tashish davri boshlangunga qadar ko’p sonli ishchi arilar bilan bir qatorda, iloji boricha qurtchalarning soni ham ko‘p bo‘lishi kerak. Lekin asosiy sharbat tashish davrida ona arining ko‘p tuxum qo‘yishi ona arilarning ko‘p sharbat tashishiga ta’sir ko‘rsatadi, chunki arilarning bir qismi qurtchalarni boqish bilan band bo‘ladi, kam sonli ari dalaga uchadi va uyada qolganlari ko‘p oziq iste’mol qiladi. Sharbat ko’p kelayotgan paytda arilar hamma bo‘sh inchalarga sharbat qo‘yib, ona arining tuxum qo‘yishini tabiiy ravishda cheklab qo‘yadilar. Tabiatdan sharbat kelmasa, bu hol qurtchalarni yetishtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatdan bir oz sharbat kelib tursa, oilaning tez rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi: ona ari ko‘p tuxum qo‘yadi. Arilar sharbat tashishga ko‘proq uchib chiqishi uchun sharbat kelish davrida ona arining tuxum qo‘yishi cheklab to`liq kuchga ega bo‘lgan ari oilalarini katta hajmdagi uyalarda boqish.
Katta hajmdagi uyalarda ari oilalari boqilganda ari oilasining kuchi qanday bo‘lmasin, ko‘ch chiqishining oldini olish borasida zamin yaratilgan eng asosiy omillardan hisoblanadi va bunda asalarichi kam mehnat sarflab, ko’p sonli ari oilalarini boqib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin. Ammo ko‘chma asalarichilik harakteriga ega bo‘lsa bir oz qiyinchilik tug‘diradi.
Bundan tashqari, hajmi keng uyalarda duragay zot arilari boqilsa (ko‘chga kam chiquvchi) maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hajmi keng uyalarda boqiladigan ari oilalari doimiy ravishda asal ajratuvchi o‘simliklar o‘sadigan yerlarga yoki bo‘lmasa oldinma-keyin gullaydigan sersharbat o‘simliklar ekilgan yerlarga qo‘yiladi yoki ko‘chiriladi.
Arilarni ko‘p qavatli uyalarda boqish usuli ham asalarichilik sohasida eng qulay usul bo‘lib, asalarichilikning barcha talab va qoidalarini qondiradi. Bu usulning qulay tomoni shundaki, asalarichi kam mehnat va vaqt sarflab, ko‘p sonli ari oilalarini boqishi mumkin. Arixonalarda ko‘p qavatli uyalarda ari boqilganda asalarichi ari oilalarini tekshirish, oila hajmini kengaytirish, mumparda tortish, asal olish, qishga oziq jamg‘arish kabi mavsum davomida qilinadigan, ishlar uya qavatlarini almashtirish orqali bajariladi va olinadigan daromad yuqori bo‘ladi.
Ari oilalarini ko‘p qavatli uyalarga ko‘chirish uchun eng qulay vaqt erta bahor payti bo‘lib, bu davrda arn qurtchalari uncha ko‘p bo‘lmaydi. Bundan tashqari, omborlarda saqlanayotgan mumpardali ramkalarning o‘lchamlarini kichraytirish, ramkaning yon ustunchalarini 70 mm ga qisqartirib, ko’p qavatli uyalar hajmiga tenglashtirilishi mumkin. Katak mumpardalarning pastki qismi qizdirilgan pichoq bilan kesilsa, mumkatak oson va tez kesiladi. Agar yotiq uya ramkalarida hali ari qurtchalari bo‘lib, ramkaning o‘lchamini qisqartirishning iloji bo‘lmasa, u holda bunday ramkalar shundayligicha ko‘p qavatli uyalarning qavatlarila vaqtincha (qurtchalar inchalardan chiqqunga qadar) 4 tarafiga planka qoqib saqlanadi.
Asalarilarni ko’p qavatli uvlarga ko‘chirishda quyidagilarga amal qilinadi: ya’ni, uya ichida hamma qurtchasi indan chiqqan katak mumparda ramkalar chiqarib olinadi, ularning arisi o’sha eski uyasiga qoqib tushiriladi va ularning o‘rniga oldindan tayyorlangan kichik uyaning hajmiga to’g’ri keladigan katak mumpardali ramkalar qo‘yiladi hamda ari oilasi tinchiguncha o‘z holiga qo’yiladi. Ertasiga yoki havo harorati to’g’ri kelmay qolsa, uning o‘rniga ko‘p qavatli uning bir korpusi (qavati) qo’yilib, korpus ichiga eski uyadan hamma o‘lchami kichiklashtirilgan ramka arisi bilan birga olib joylashtiriladi. Eski uyada esa o‘lchamlari kichiklashtirilmagan qurtchalari bor ramkalar qoldiriladi. Ular o‘sha joyning o‘zida pastki qismi qirqib qo’yiladi.
Agar asalarichi arilarni stik uyalardan ko‘p qavatli uylarga ko‘chirishga ulgurmay qolgan bo’lsa, u holda ari oilasi kuchaygan davrda, qurtchalari yo‘q ramkalar olinadi, stik uyaning ustiga oldindan tayyorlangan ko‘p qavatli uyaning korpusi o`rnatiladi. Yotiq uyaning ichida qolgan qurtchali ramkalar yetilib ari bo‘lib chiqqandan keyin, ular ham qirqilib, ko’p qavatli uyalar hajmiga to‘grilanadi. Yetik uyaning ochiq qolgan joylari yog`och plankalar bilan berkitiladi va yotiq uya ramkalarida siqilib qolgan (oila ichi qisqarishi bilan) ona ari hamda ishchi arilar ikkinchi qavatga ko‘chib o‘tadi. Pastki qavatdagi ramkalar qurtchalardan bo‘shashi bilan olinib, qavat ustiga ikkinchi qavat qo`yilib, oila hajmi kengaytiriladi, stik uya esa olib tashlanadi. Ko’p qavatli uyaning ikkinchi qavati birinchi korpus qavat o‘rniga, birinchi qavatni tepaga surib qo’yiladi.
Kuch chiqish vaqtida ham arilarini yotiq uyalardan ko‘p qavatli uyalarga ko‘chirish mumkin, bunda ajralib chiqqan kuch ko’p qavatli uyalarinig bitta qavatiga ko‘chiriladi va ko‘ch chiqargan oila o‘rniga o‘rnatiladi. Ko‘ch chiqargan oila arixonaning bir chetiga ko‘chirib qo’yiladi. Bunda hamma uchuvchi arilar o‘sha joylashtirilgan uyaga kiradi va arilar soni ko‘payib, keyin ikkinchi qavat qo‘yiladi. Eski (yotiq) uyadagi arilarning ari qurtchalari chiqishi bilan yangi ona arisi urchib tuxum qo’yishni boshlaguncha ko‘p qavatli uyalarga ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Ko’p qavatli uyalarda boqiladigan arilar qish davomida jamg‘arilgan oziqli iste’mol qilib bo‘lgach, birinchi qavatdan ikkinchi qavatga ko‘tarila boshlaydi, chunki ikkinchi qavatda oldingi yilda jamg`arilgan oziq bo‘ladi. Bahorda arilarni qishlashdan keyingi davrida bo‘shab qolgan uyaning birinchi qavati olishib, omborga topshiriladi, 10-ramkali hajmidagi qavatda arilar tez rivojlana boshlaydi va ona ari kun tuxum qo‘yadi. Birinchi qavat olinib tashlanayotgan paytda oila ahvoli bilan ham tanishib chiqilsa, ona arining tuxum qo‘yishi, jamg`arilgan oziq miqdorining yetarli ekanligiga ishonch hosil qilib, ari oilasini tekshirish ishlari tugatiladi (33-rasm).
Ko’p qavatli uyaning 10 ta ramkasida 64 mingga yaqin mumkatak inchalar bo‘lib, undan1/3 qismi 10 kg oziq asali saqlash uchun yetarlidir, qolgan 1/3 qism inchada 2 hafta davomida qurtcha yetishtirish imkoniga ega bo‘linadi. Shundan sung 20 kun davomida ari oilasini bezovta kilmasa ham bo’ladi. Bundan tashqari, yoz davomida boshqa ishlarni baja- rish uchun arixonada jamg‘arilgan katak mumpardali ramka- lar bilan to‘ldirilgan qavatlar bo‘lishi kerak. Jamg‘arilgan qavatlar ichida ozigi bor mumkatak inchali ramkalar hamda ular orasida mumparda yopishtirilgan ramkalar aralash holda tayyor turishi zarur.
Bahorning ikkinchi yarmida, agarda tabiatdan sharbat kelayotgan bo’lsa, ikkinchi qavat mumkatak inchali ramkalar orasiga 2-3 ta mumparda yopishtirilgan ramkalar aralashtirib qo’yiladi. Ustki qavat to‘liq qurtchalarga to‘lgach pastda gisi bilan o‘rni almashtiriladi. Shunday qilinganda doimo ustki qavatda bush katakchalar bo‘ladi. Ikkinchi qavat arilarga to‘lishi bilan ona ari ham unga ko‘tariladi va tuxum kuya boshlaydi.
Bahorning oxiriga borib ikkinchi qavat ham qurtchalarga to`ladi, pastki qavatdagi qurtchalarning hammasi stila- di, usti berkitilgan holda bo‘lgani sababli yana yangi qavat qo‘yiladi. Uchinchi qavatni qo‘yish davri erta sharbat ajratuvchi o’simliklar gullash davriga to‘g‘ri kelganligi sababli mumkatak inchalar orasiga mumpardali ramkalar aralashtirilib qo‘yiladi (5 tadan: 5+5-10 ramka).
Ona ari yo’qori qavatga o‘tib tuxum qo‘ymasligi uchun ikkinchi va uchinchi qavat orasiga ona ari o‘ta olmaydigan tur o`rnatiladi. Bu asal olishni osonlashtiradi.
Kanatlarinng o‘rin almashtirilganda arilar yaxshi rivojlanadi. Agar ari oilasi qavatlar almashtirilmas- dan boqilsa, birinchidan, yo’qori qavatda ona ari tuxum qo’yishni davom ettiraveradi, natijada asal qo’yish uchun joy qolmaydi; ikkinchidan, qurtchalar ariga aylanib inchalaridan chiqqanidan so‘ng, shu inchalarii ishchi arilar gul- changi bilan to‘ldirib tashlaydi, chunki asalarilar pastki qavatga asal qo‘yishdan chetlanadi. Uchinchidan, ona ari tu xum qo’yishga tepa qavatdan pastga tushmaydi, chunki yo’qori qavatda doimo issiq havo saqlanadi.
Bundan tashqari, arilar bo‘sh qolgan joyni yoki ramkalar orasining kengayishini yoqtirmaydi va shu kenglikni toraytirish maqsadida berilgan o‘rtadagi yangi qavatga ko‘tarilib tez mum torta boshlaydi, ya’ni bo‘sh qolgan arilar ish bi lan ta’minlanadi, natijada ko‘chga chiqish va ko‘chga tayyorlanishning oldi olingan bo‘ladi. Bundan tashqari, ari oilasn duragay zotdan bo‘lsa, ko‘ch chikmaydi. To‘rtinchidan, qavatni qo’yish davri kelganda asalarichi uchinchi qavatii tepaga kutarib, uning o‘rniga yangi to‘rtinchi qavatni yoki eng tagidagi qavatni qo‘yadi. Uchinchi qavatni tepaga ko‘tarishdan maqsad eng tepadagi qavatda sharbat ko‘p to‘planadi. Shuning uchun sharbat - asal to‘plangan qavatni asal olish paytida, ishni yengillashtirish maqsadida tepaga ko‘tariladi.
Asal tuplash uchun qo‘yilgan qavatga ona ari tuxum kuymasligi uchun pastki ikkinchi qavatning ustiga ari o‘tmaydigan to‘r qo‘yiladi. Agar tabiatdan ko‘p miqdorda, ku- niga 4-5 kg (beda, paxta kabi o‘simliklardan) sharbat kelib tursa, bush mumkatak inchalarni sharbat qo‘yib band qiladi. Oqibatda, onaarining tuxum qo‘yishi tabiiy ravish da cheklanib qoladi.
Tabiatdan asosiy sharbat kelish davrida tepa qismdagi ikkita qavat yetishmay qoladi, shuning uchun ko‘proq yana asal to`plash uchun uchinchi, ya’ni beshinchi qavat yuqoridagi 2 ta asalli qavat tagiga qo’yiladi.
Asosiy sharbat tashish davrida asal to‘ldirilgan qavat lardan 1 tasi omborda saqlab qo‘yiladi. Saqlab qo‘yiladtgan asalli ramka jigarrangda bo‘lishi kerak, chunki bunday ram kala arilar yaxshi qishlaydi.
Asosiy sharbat tashish davri tugagandan keyin asalli qavatlarning hammasi ari oilalaridan yigishtirib olinadi. Eng pastki qavati qoldiriladi, oldindan olib qo‘yilgan asalli gulchangli ramkalar pastki birinchi va ikkinchi qavatga qo’yiladi. Mabodo kishga koldirilgan oziqning bir qismi shakar sharbatiga almashtiriladigan bo‘lsa, u holda qisman asal tuplangan mumkatak nichali ramkalar oilaga kuyilib, pastki qismidagi inchalar shakar sharbati bilan to‘ldiriladi. Arilar qishning birinchi yarmida faqat sha kar asali bilan ovqatlangani uchun ham ularning orka ichagida kish davomida kam axlat to‘planadi. Ikki qavatli uyalar ham ko’p tarkalgan. Bunday uyada ari boqishning ahamiyati shundan iboratki, uyaning birinchi qavati arilar bilan to‘lgandan keyin uning ustiga arilar ko‘chga chiqish holatiga kelmasdan oldinroq ikkinchi uya qavati qo’yiladi. Oilaning ichki harorati birdaniga pasayib ketmasligi uchun ikkin- chi uya qavatiga 5-6 ta mumkatak inchali ramkalar qo‘yib, uya ning qolgan bo‘sh qismi yostikcha yordamida to‘sib qo‘yiladi va ari oilasining rivojlanishiga qarab sekin-asta mumka- tak inchali ramkalar qo‘yib kengaytirib boriladi. Shunday qilib, uyaning ikkinchi qavati birinchi qavatining davomi hisoblanib, u qismga arilar asal to‘playdilar. Bunday ikki qavatli uyaning hajmi keng bo‘lganligi uchun ona arining ko‘p tuxum qo‘yishiga yaxshi sharoit yaratiladi, ko’p sonli qurtchalar yetishtiriladi va arilar soni 6 kg gacha yetadi. Arilar ko‘p sonli bo‘lganda hamda asal to‘plashda uyaning ichki hajmi torlik qilganda asosiy sharbat tashish davrida uning ustiga uchinchi qavat yoki kichikroq hajmli (435x145 mm) qo‘shimcha qavat o‘rnatish mumkin.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, ikkinchi qavat qo‘yilganda pastki qavatdan qurtchali mumkatak ramkalarni olib tepa qavatga qo’yish shart emas ekan. Qurtchali mumkatak ramkalar pastdan tepaga ko‘chirilganda faqat asalarichining ishi qiyinlashar ekan. Yo’qori qavatga sifatli qilib to’g’ri tortilgan va avval qurtchalar yetishtirilgan hamda bir oz asali (asal va gulchangi taxminan har bitta mumkatak ramkada 1 kg gacha) bor mumkatak ramkalar joylashtiriladi. Hammasi bo’lib 5-6 ta mumkatak ramka joylashtirilsa, shulardan bittasi mumparda yopishtirilgan ramka bo‘lishi kerak. Ikkinchi qavatda mumkatak ramkalar qavatning bir tarafiga joy lashtirilib, chetiga taxtachalar yoki fanerdan yasalgan tuskin (diafragma) qo‘yiladi, bo‘sh qolgan joyi lattacha hamda Yestikcha yordamida to‘sib qo‘yiladi. Shundan so‘ng ona ari ikkinchi qavatga o‘tib tuxum qo‘ya boshlaydi. Bundan keyingi ikkinchi qavatning ichki hajmini mumkatak ramkalar bilan kengaytirish ishlari xuddi oldingi qavatlarida yotiq uyalarda kengaytirish ishlariga o‘xshash bo‘lib, faqat bu ishlarni bajarish ob-havo bir oz isigan paytga to‘gri kelib, bemalol bir marotaba kengaytirish ishini bajarsa bo‘ladi (33-rasm).
Asosiy sharbat beradigan o‘simliklar gullaguncha ari oilasini tayyorlashda asosiy asal tepa qavatda joylashi shi uchun tepa qavatdagi qurtchali mumkatak ramkalarning o‘rni pastki qavatdagisi bilan almashtiriladi. Inchalarini qirqib chiqayotgan arilari ko‘rinib turganlari esa tepa qavatga ko‘chiriladi.
Ari oilasining rivojlanishi hamda sharbat ajratuvchi o‘simliklarning sharbat ajratish qobiliyatini bilmay turib ikki qavatli uyada ari boqib bo‘lmaydi. Aks holda ari oilasining mahsuldorligi pasayib ketadi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, asalarichi ikkinchi qavatni ma’lum muddatdan kechikib qo‘yadi. Ikkinchi qavatni qo’yish muddati, asosan, ari oilasining rivojlanishi va asosiy sharbat aj- ratuvchi o‘simliklarning gullashiga qarab aniqlanadi. Ari oilalarida ko‘chga chiqish holati yo’zaga kelmasdan ikkinchi qavat kuyilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar ari oilasi kishdan kuchli chiksa, u holda ikkinchi qavat bahor oyining o‘rtalarida, boglar gullagan yoki gullash davridan ilgarirok qo’yiladi. Mabodo ari oilasining rivojlanishi cho‘zilib ketishi natijasida uyaning ikkinchi qavati bahor oyining oxirlari yoki yoz oyining boshlarida qo‘yilib, birinchi qat arilar bilan to‘liq to‘lgunicha kutilsa, u holda ari oilala- rining ko‘chga chikish holati yo’zaga kelishi mumkin. Birinchi qavatning 12 ta mumkatak ramkalaridan 9-10 tasi ari bilan to`lsa, ikkinchi qavatni kuysa bo‘ladi. Mabodo asalarichi ikkinchi qavatni qo’yishga ulgurmasidan oldinroq arilar oilasi kuchga chikish kosachasini tortib, hali unga ona ari tuxum qo‘ymagan bo‘lsa, oila arilarini ko‘ch chikish holatidan tuxtatish mumkin. Buning uchun ko‘ch chikish kosachalari bo’zib tashlanadi, so‘ngra ikkinchi qavati mumparda ramkalar bilan aralashtirib qo‘yiladi. Agar ko‘ch chiqish kosachalariga ona ari tuxum qo‘ygan bo‘lib, ichida qurtchasi bo’lsa, u holda oilaning kuchga chiqishiga xalakit qilinmaydi.
Ikkinchi qavatii arilar to‘liq to‘ldirishi kerak. Shuning uchun ham asosiy sharbat beradigan o‘simliklar gulla shidan bir oy oldin ikkinchi qavat qo’yiladi. Agar ikkinchi qavat kechikibroq qo‘yilsa, u holda ari oilasi katta kuchga ega bo‘la olmaydi (ko‘p sonli qurtchalarning to‘plangan davri bulishi mumkin), inchalardan arilar sharbat ajratish dar tugagandan keyin chiqadilar. Bunday holat tabiatdan kelayot gan sharbatni to‘plashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Erta sharbat beradigan o‘simliklar bor joylarda may oynning 15-20-kunlari ikkinchi qavat qo‘yiladi. Hamma ari oilalari bir xil rivojlanmaganligi uchun ham ikkin- chi qavatni kechroq qo‘ysa bo‘ladimi, degan savol tug`iladi. Bu ari boqilayotgan joydagi iyul oyida sharbat beradigan o‘simliklarga bog‘liq.
Ayrim erta gullaydigan o‘simliklardan sharbat tashish tugagandan keyin paxta, beda, kungabokar, esparset kabi O’simliklar bor joylarda ikkinchi qavatni iyun oyining boshlarida qo’yish mumkin (34-rasm).
May oyining o‘rtalarida ikkinchi qavat qo‘yilgan oilalarda erta yozda gullaydigan o‘simliklar gullaguncha arilar ikkala qavatni to‘liq egallaydi. Ammo arilar uncha ko‘p sharbat ajratmagan o‘simliklarda ishlashlarini hisobga olgan holda ona arining tuxum qo’yishini cheklash maqsadida aso siy sharbat beradigan o‘simliklar gullashi oldidan tuxum kustgan ona arini usti berk ona ari gumbagiga almashtirish mumkin (bunda albatta sharbat beradigan o‘simliklarning 1 oygacha gullashi hisobga olinadi).
Arilar ko‘chga chiqish mavsumida, ya’ni yoz oyining bi rinchi yarmida o‘simliklari kuniga 2 kg atrofida sharbat berib, uning ketidan iyul oyida kuchli sharbat ajratadigan O’simliklari bor joylar ikki qavatli uyalarda ari boqish uchun eng qulay hisoblanadi. Bunday hollarda yoz oyining birinchi yarmida arilarning sharbat tashishi ko’p sonli qurtchalarni boqish bilan qo‘shilib ketadi. Natijada oilada arilar asal tuplash va ko‘p sonli qurtchalarni yetishtirish evaziga ish bilan ta’minlanib, ularning ko‘chga chiqishi bartaraf etiladi.
Ari oilasini yotiq uyalarda boqish. Yetik uya ham katta hajmga ega bo‘lib, ko‘rsatkichlari xuddi ikki qavatli uyaniki kabidir.
Ona arining tuxum qo’yishi va oilaning rivojlanishi Stik uyalarda ham cheklanmagan. U yerda xuddi ikki qavatli uyalardagi kabi sharoit yaratilgan bo‘lib, ko‘p sonli qurtchalar yetishtirish mumkin. Yetik uyalarda yetishtirilgan kuchli ari oilalari ko‘p asal to‘plab, mahsuldorligi ikki qavatli uyalardagi arilarnikidan kam bo‘lmaydi.
Yotiq uyalarda ari oilasini rivojlantirish oddiy bo’lib, uyaning ichi quyidagicha tuzilgan. Qurtchali mumkatak ramkalar arilari bilan uyaning havo almashtirish te- shikchalari qarshisida joylashsa, asal va gulchangli mum- katak ramkalar oila joylashgan qismining ikkita chetki tarafida joylashadi. Sekin-asta qurtchalar soni ortib, ona ari nechta mumkatak inchali ramka bo’lsa, shuncha tuxum qo’yishi mumkin.
Oilaning hajmini kengaytirishda qurtchalarga keragidan ortiqcha qo`yilgan mumkatak ramkalarga rivojlanayotgan arilar hamda jamg‘arilgan asal to‘planadi.
Sharbat ajratuvchi o’simliklarning xususiyatiga qarab ona arining tuxum qo‘yishi cheklab kuyilmokchi bo`linsa, o‘rtadagi qurtchali mumkatak ramkalar ona arisi bilan ikki yon tarafga - asalli ramkalar bilan o‘rni almashtiriladi yoki asalli ramkalar o‘rniga ona ari o‘tolmaydigan (ishchi arilar o`ta oladigan) maxsus cheklash to‘ri qo‘yiladi. Shunday qilinganda ona arining tuxum qo’yishi cheklanib, asal jamg‘arish ortib boradi. Tabiatdan sharbat ko’p kelayotgan bo’lsa, ishchi arilar har bitta inchaning uchdan bir qismiga sharbat to‘ldirib band qilish orqali ona arining tuxum qo’yishini tabiiy cheklab ko‘yadilar. Asosiy sharbat tashish davri tugagandan keyin ona arining ko‘p tuxum qo’yishi uchun sharoit yaratib beriladi, ari oilasining kuchli va ko‘p sonli yosh arilar bilan qishlashiga zamin yaratiladi.
Ari oilalarini yotiq uyalarda boqib, ular mahsuldorligining yuqori bo‘lishi uchun ari oilasining kuchga chiqmasdan ishchan holatda saqlash maqsadida bir kancha tadbirlar o‘tkaziladi. Ko‘chga chiqmaslik yo’zasidan o‘tkazilgan tadbirlarning ko‘pchiligi vaqtincha ari oilalarini bo‘lishga asoslangan bo‘lib, to‘plangan ko‘p sonli ishchi arilar bitta ona arining tuxuminigina emas, oilani bo‘lish natijasida tashkil etilgan ikkinchi oilaning ona arisi qo’ygan tuxumlarni ham tarbiyalaydilar.
To‘liq kuchga ega bo‘lgan ari oilalari yotiq uyalarda boqilganda oila arilari ko‘chga chikishga tayyorgarlik ko‘rmasligi uchun oilaning ichki hajmini bir marotaba kengaytirish, ya’ni bahor oyining oxirlarida yoki yoz oyi- ning boshlarida oilaning yaxshi rivojlanishini ta’minlash maqsadida, xuddi kuch arilarini ushlab uyaga o‘tkazilgan vaqtdagidek sharoit yaratilib, bo‘sh mumkatak ramkalar va mumparda yopishtirilgan ramkalar uyaning teshikchalari karshisiga joylashtiriladi. Arilar qo‘yilgan mumkatak va mumpardali ramkalarni o‘zlashtirib, mum tortadilar, erta yoz oylarida gullaydigan o‘simliklarning gulidan sharbat to‘playdilar hamda bir kancha ishlar bilan band bo‘lib, ko‘chga chiqishdan saqlanadilar.
Yo’qorida aytilganidek, shunday joylar borki, erta yoz oylarida sharbat ajratadigan o‘simliklari bo‘lmaganligi uchun ham to‘plangan ishsiz arilarni asal tashish, yangi mum- katak inchalar torttirishning iloji bo‘lmaganligi uchun yoz oyining birinchi yarmida ari oilalarini ko‘chga chikarmay ushlab turish qiyin bo‘ladi. Mana shuning uchun ham ari oila- larini ishchanlik holatida saqlab, sharbat tashish davrigacha qo‘shimcha ishchi arilar yetishtirilib, vaqtincha yordamchi ona arisi bor oila ajratiladi. Bunday oilani tashkil qilish uchun erta bahordan yosh urchigan ona ari yetishtirish tashkil qilinadi. Yaxshisi bunday oilani tashkil qilish uchun boshqa ona ari erta yetishtiriladigan xo‘jaliklardan yozdirib olinsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Vaqtincha yordamchi ona arisi bor oilani shunday vaqtda ajratish kerakki, har qaysi ajratilgan vaqtincha ona arisi bor oila asosiy sharbat ajratuvchi o‘simliklar gullash davriga kadar kuchli bo‘lib yetilsin va o’zicha alohida oila bo’lib sharbat tuplay oladigan bo‘lsin (asosiy oila bilan qo’shib yuborilmasdan). Buning uchun, birinchidan, asosiy sharbat to`plash davridan 40 kun oldin vaqtincha ona arisi bor oila ajratiladi, ikkinchidan, o‘sha ajratilgan oilaga urchigan ona ari o‘tkaziladi, uchinchidan, uni shunday kuchli qilib aj- ratish kerak bo‘ladiki, ona ari birinchi kundan boshlab yaxshi tuxum qo’yishga kirishsin, uning qo‘ygan tuxumini tarbiyalaydigan arilar yetarli bo`lsin.
Ortiqcha harajat va mehnat sarflamaslik hamda ajratilgan oilani kuchlantirmaslik uchun oilani teng bo’lib, ikkala bo‘lingan taraflarga bir xil sonda qurtchalar hamda ozigi teng qilib bo‘linadi. Mabodo asalarichi o‘zining qandaydir rejasiga ko‘ra to‘liq kuchga ega bo‘lgan oilani teng ikkiga bulishni noma’qul hisoblasa, u holda asosiy oilaning uchdan bir qismini ajratish mumkin. Buning uchun yangi uyaga yoki asosiy oilaning chetidagi yonidagi cho‘ntak qismiga bo‘lingan uchdan bir qism har xil yoshdagi qurtchali va oziqli ramkalar arisi bilan olib qo’yiladi. Keyin ikkala uya turgan joyidan ikki tarafga teng o’zoqlikka surib qo’yiladi. Ajratilgan vaqtincha ona arisi bor yosh oila uchuvchi arilar kuzda havo harorati pasayishi bilan g`uj bo`la boshlashlari natijasida oxirgi chetdagi ayrim mumkatak ramkalar arisiz bush qoladi. Mabodo ari oilalari salqinlashtirilgan kurilish ichida boqilib, ikkita oila bir-biriga qo‘shilgan bo’lsa, salqinlashtirilgan kurilish harorati 4°S dan oshmasligi kerak.
Vaqtincha ajratilgan ona arili oilalarda foydala- nishing quyidagi afzal tarafi bor: 1) ari oilalarining tabniy kuchga chiqishining oldi olinadi; 2) umumiy asal tuplash 1,5-2 marotaba ortadi; 3) kuzda vaqtincha ajratilgan ona arili kichik oila asosiy oilaga qo‘shilganda oziq uchun to‘plangan asalning hammasi xo‘jalik foydasiga topshiri- lishi evaziga asosiy oilaning asal mahsuldorligi 2-3 maro taba ortadi; 4) kuzda vaqtincha ajratilgan ona arili oilani asosiy oilaga ko‘shib yuborish natijasida juda kuchli ko’p sonli yosh ishchi arilar kishlashga kiradi va erta bahorda yana yangi yosh ona arili oilani ajratib yetishtirish mumkin; 5) kuzda yetishtirilgan ona arili oila qo‘shib yuborilganda har yili 2 ta ona aridan, arilarning zotini yaxshilash bilan bir katorda, kishlashga ko‘p tuxum qo‘yadigan bitta ona ari olib qolinadi.
Asalarichilikda bunday yo`llardan, ya’ni vaqtincha ona arili oilani asalarichi o’z arixonasida erta Bahorda sun’iy ona ari yetishtirish orqali tashkil qilishi mumkin. Ob-havo sharoitining qulay kelmasligi okibatida erta bahorda ona ari yetishtirish kechiqishi mumkin, yetishtirilgan ona arilar asosiy sharbat beradigan o‘simliklarning gullashidan 40 kun ilgari emas, balki kechrok tuxum qo‘yishga kirisha- di. Bunday hollarda vaqtincha ajratilgan ona arili oilalar to‘liq kuchga kirib, o‘zicha alohida oila bo‘lib, asosiy sharbat tashish davrida mukammal sharbat tuplay olmaydi. Shunga karamasdan, vaqtincha ona arili oila tashkil etiladi va asosiy oilalarning tabiiy kuchga chikish holati cheklanib, yetishtirilgan arilar asosiy oilani kuchaytirish maqsadida unga ko‘shib yuboriladi.
Mabodo ari oilalari arixonada ikki qavatli uyalarda boqiladigan bo‘lsa, vaqtincha ajratilgan ona arili oila birinchi qavat ikkinchi qavatdan faner yordamida to‘silib, ikkinchi qavatda tashkil etiladi va ikkinchi qavatning orka taraf devorida ari kiradigan teshikcha ochiladi. Tarbiyalovchi oilada ona ari gumbati stilii (gumbakni ustini berkitishi) bilan kuchli asosiy oilalar arisi 10 ga mumkatak ramkalarni to‘liq qoplagandan keyin 2-3 ta muktak ramkalarning usti berk kurgchalari hamda bilan ratib olinib, asosiy oilaning ustiga, ikkinchi tayyorlangan qavatga kuchiriladi (qavatning ari kiradigan teshikchasini orka tarafga karatiladi). Kechrok ajratilgan kichik uyalarga usti berk ona ari tumbagi berilib, chetki mumkatak inchali ramkaga suv qo’yib qo’yiladi.
Asosiy oida rivojlanib kuchayishi bilan undan 2-3 ta usti berk qurtchali mumkatak ramkalar arisit olinib, ikkinchi qavatdagi tashkil etilgan yangi oilaga qo’yiladi. Shunday qilinganda asosiy oilaning kuchga chiqishining oldi olinadi va ajratilgan oilaning rivojlanishi tezlashadi. Aokiy oilaga esa qurtchali mumkatak ramkalar o‘rniga 2-3 ga mumpardali ramkalar mum torttirish uchun beriladi. Ajra tilgan kichik oilaga ona arisi urchib tuxum ko‘ya boshlagandan keypi mumparda beriladi. Tashkil etilgan oilaning ona arisi urchigunga kadar ona arining urchishga uchib chiqishiga xalaqit qilmaslik uchun tekshirish ishlari juda erta yoki kechki paytlar bajariladi.
Tashkil etilgan kichik oilaning ona arisi tuxum qo’yishni boshlagandan keyin oradan bir kancha vaqt o’tgach, oilada 2 ta ona arining qo‘ygan tuxumidan qurtcha hamda ari- lar to‘planib qoladi. Asosiy sharbat ajratuvchi o‘simliklar gullay boshlashi bilan pastki qavatdagi eski ona ari yo’qotilib, qavatlar o‘rtasidagi faner tusik olib tashlanadi: ikkala oilani ko‘shib yuborish natijasida asal tashiydi- gan kuchli oila tashkil qilinadi. Ikkita oilani qo‘shib yuborish ishlarini asosiy sharbat beradigan o‘simliklar gul- lashidan oldin bajarib bo‘lmaydi, chunki ari oilasi kuchga chikish holatiga kelishi mumkin. Oilalarni qo‘shish vaqtida hamma usti ochiq qurtchali mumkatak ramkalar ona arisi bi lan ikkinchi qavatdan olinib, pastki qavatga qo’yiladi, ikkinchi qavatga esa asosan bush mumkatak ramkalar hamda usti berk yetilgan (arilari birin-ketin inchalaridan chikib kelayotgan) qurtchali ramkalar asal to‘plash uchun qo‘yiladi.
Vaqtincha ajratilgan ona arili oila yotiq uyalarda tashkil etilganda esa asosiy oila joylashgan uyaning yon tarafida cho‘ntak shaklida faner to`siq yordamida vaqtincha kurilgan kichik xonaga asosiy oiladan ajratib olingan qurtchali va arilik mumkatak ramkalar qo’yiladi. Tashkil etilgan kichik oilaning ari kiradigan teshikchasi asosiy oilaniqiga nisbatan karama-karshi tarafdan ochiladi. Bu ikkita oila bir-biridan fanerli tusik bilan ajratilib yashashi nati- jasida bir-birini isitib, ularning rivojlanishi tezlashadi. Ularni bir-biriga ko‘shib yubormokchi bulinsa, o‘rtadagi faner tusikii sugurib olish kifoya (35-rasm).
A - asosiy qishlab chiqqan oila. B - yangi oila tashkil qilinadigan asosiy oilaning yonidagi cho‘ntak.
Ko‘pincha asalarichilar asosiy sharbat tashish davriga cha qo‘shimcha ishchi arilar yetishtirish maqsadida (nukleus) oilada qishlab chiqqan ona ari hisobiga yangi oila tashkil qiladilar. Ammo ayrim joylarda erta bahorda ari oila- sining rivojlanish vaqtidan to asosiy sharbat beradigan o‘simliklarning gullash vaqtigacha 80-100 kun o‘tadi. Bunday paytda kichik (nukleus) oilada qishlab chiqqan ona aridan foydalanib, yordamchi ona arili oila tashkil qilish tavsiya etilmaydi, chunki tashkil etilgan ona arili oilaning asosiy oila hisobiga, usti berk qurtchali mumkatak ramkalar bilan kuchaytirish hisobiga ikkala oilaning kuchi tenglashadi va asosiy sharbat beradigan o‘simliklar gullaguncha ko‘chga chikish holatiga kelib qolishi mumkin. Bunday bo‘lmasligi uchun ikkala oilada ham kichik oila tashkil qilish kerak.
Download 46.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling