Press dastgohlari elektr yuritmalarda chastotani o’zgartirib energiya sarfini kamaytirish
Download 61.98 Kb.
|
Press dastgohini elektr yuritmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ushbu rasm chastota o’zgartkichning blok-sxemasi.
- Ushbu rasm. CHastotaviy boshqariladigan asinxron elektr yuritmaning sxemasi ( a ) va xarakteristikalari ( b )
PRESS DASTGOHLARI ELEKTR YURITMALARDA CHASTOTANI O’ZGARTIRIB ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH. Hozirgi kunda energetika resurslaridan samarali foydalanishga dunyoning barcha mamlakatlarida katta ahamiyat berilmoqda. Bunday holatni yoqilg‘i va energiya resurslarini qazib chiqarish va qayta ishlash uchun sarmoyalar sarfmi oshib borishi, qo‘shimcha mehnat resurslari va materiallar sarfmining oshib borishi bilan izohlash mumkin. Respublika xalq xo'jaligining aniq sohalarida energetika boyliklaridan samarali foydalanish muammosining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri - energiya tejamkorligi sohasidagi bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Shuning uchun taqdim qilinayotgan maqolaning maqsadi - bu bo‘lg'usi energetiklarda energiya tejamkorligi sohasida jahon tajribasi va O'zbekiston Respublikasining davlat siyosati asosida energetik resurslardan samarali foydalanish muammolarini qo‘yish va yechimini topishga umumiy metodologik yondashishni bir sbaklidir. CHastotaviy rostlanadigan elektr yuritmalarning asosiy kamchiligi nisbatan murakkab sxemalarga ega bo’lgan chastota o’zgartkichlarni qo’llash zarurligidir. Elektr yuritmalarda turli ko’rinishdagi o’zgartkichlar ishlatiladi, ularni ikki guru’ga bo’lish mumkin: elektr mashinali va ventilliElektr mashinali CHO’, odatda u ikki mashinali agregatlardan iborat bo’ladi. Rostlanadigan AD, sinxron generatorli o’zgartkichdan quvvat oladigan sxemada, CHO’ ikki qismdan iborat bo’ladi: o’zgarmas tezlik agregati. ( AD va dvigatel harakatga keltiradigan o’zgarmas tok generatori) hamda o’zgaruvchan tezlik agregatidan (o’zgaruvchan chastotali sinxron generatorini aylantiradigan rostlanadigan o’zgarmas tok dvigateli) iborat bo’ladi. Bu o’zgartkichlar bir qator kamchiliklarga ega, ulardan asosiylari - f.i.k. ning kamligi (energiyani to’rt karra o’zgartirish oqibatida),sershovqinligi va inertsiyaliligidir.Hozirgi vaqtda ventilli chastota o’zgartkichlar keng tarqalgan. SHunday o’zgartiruvchi qurilmasi rostlanadigan chastota o’zgartkich bo’lgan ventilli o’zgaruvchan tok elektr yuritmasi «chastota o’zgartkich - asinxron dvigatel» (CHO’-AD) tizimi deb ataladi. Ventilli CHO’ lardan foydalanish rostlanadigan chastotaviy elektr yuritmaning texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkich-larini oshirish (uning f.i.k. va tezkorligini orttirish, shovqinni yo’qotish va xizmat ko’rsatishni soddalashtirish hisobiga) imkoniyatini yaratadi. Ushbu rasm chastota o’zgartkichning blok-sxemasi. Rostlash bunday tizimda ravon va tabiiy xarakteristikaning ikkala tomoniga ham keng diapazonda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni AD nominaldan katta yoki kichik bo’lgan tezliklarga ega bo’lish mumkin. Bevosita bog’lanish usuli. Bunda rostlanadigan xarakteristikalar yuqori bikrlikka ega, AD esa katta bo’lgan yuklamaga chidamlilik qobiliyatini saqlab qoladi. Tezlikni rostlashning amalga oshiriladigan diapazoni ochiq tizimlarda 1 - 10 ni tashkil etadi, yopiq tizimlarda uning qiymati 1000 va undan ortiq bo’lishi mumkin. Umumiy xolda chastota o’zgartkich yordamida amalga oshiriladigan dvigatelni chastotali boshqarish uch variant orqali xosil kilinadi: parametrik boshqarish, bunda dvigatelga boshqaruvchi ta’sir dvigatelga berilayotgan kuchlanishning effektiv qiymati chastota bo’ladi; chastotaviy-tokli boshqarish, bunda dvigatelga boshqaruvchi ta’sir dvigatel tokining effektiv qiymati va chastota bo’ladi. vektorli boshqarish, kerakli qiymatdagi dvigatelning elektro-magnit momentini shakllantirish maqsadida manbalovchi kuchlanish va toklarning oniy qiymatlarini rostlash bilan bog’liqdir. Parametrik chastotaviy boshqariladigan yonik elektr yuritma. Ushbu printsipdan foydalangan xolda ko’plab chastotaviy rostlanadigan asinxron elektr yuritmalar qurilgan. Ularda turli teskari aloqalar va funktsional bloklardan foydalanish xisobiga, dvigatel tezligini sifatli rostlash uchun, uning mexanik xarakteristikalari bikr ishchi bo’laklarida shakllantiriladi. Bunda tok va moment xam chegaralanadi xamda rostlanayotgan chastota va kuchlanish orasidagi talab qilanayotgan nisbat ta’minlanadi. Bunday elektr yuritmaning umumlashtirilgan Ushbu rasm. CHastotaviy boshqariladigan asinxron elektr yuritmaning sxemasi (a) va xarakteristikalari (b) O’zgaruvchan tok elektrodvigatellarini boshqarish uchun turli TO’ lardan foydalanish mumkin: to’g’rilagichlar va bog’liq bo’lgan invertorlardan, avtonom invertorlardan, chastota o’zgartirgichlardan, impulьsli o’zgartirgichlardan hamda kuchlanishli o’zgartirgichlardan. TO’ larning sxemalari xilma–xildir. SHu bilan birga ular o’garuvchan tok elektryuritmalariga bo’lgan turlicha talablari bilan, masalan, quvvati, tezlikni rostlash oralig’i, elektrenergiyani yo’qolishi, tadbiq etishni oddiyligi, chiqishdagi tok va kuchlanishning shakli va hokazolar kabilar bilan aniqlanadi. AD ni boshqarishning chastota usulidagi asosiy ko’rsatkichlarini keltiramiz. CHastotaviy boshqarish tejamlidir, chunki u AD tezligini rostlashni, elektr yuritma f.i.k. ni kamayishiga va AD ning quvvatini ortirish zarurligiga olib keluvchi rotor zanjiridagi energiya isroflarini orttirmasdan turib ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1 Imomnzarov A.T «Sanoat korxonalari va fuqorolik binolarining elektr jihozlari» Toshkent 2006. 96 b 2. Imomnzarov A.T «Elektromexanik tizimlarning elementlari ta’lim nashiroti» Toshkent 2009 . 3. Elektr mashinalari o`quv qo`llanma. Toshkent 2009 . Download 61.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling