10-Mavzu. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi


Download 0.5 Mb.
bet5/6
Sana05.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1750028
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-Mavzu. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi (1-4 sinf tarbiya darsi)

Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-u saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik qilish.
Tarbiyaning insonparvarlik gʻoyasi muhim tushuncha boʻlib unda inson yoki shaxsning taqdiri yotadi. Insonparvarlik gʻoyasi har bir xalqning azaliy va umumiy qadriyati hisoblanadi. Masalan ikkinchi jahon urushi yillarda oʻzbek xalqining turli millat xalqiga ko’rsatgan insonparvarligi, bolajonligi, xalqparvarligi hamda mehr oqibatliligi buning yaqqol misolidir. Tarbiyaning markazida shaxs turar ekan har bir ison komil inson boʻlishga intilishi kerak, shundagina biz kutgan natijaga erishimiz mumkin.
2-sinf “Tarbiya” darsligida berilgan “Insonparvarlik” mavzusida o’quvchilar quyidagi matn bilan tanishtiriladi:
1941-yil fashistlar butun dunyoni bosib olishga harakat qildi. Ular bosib olgan hududlardan uysiz, joysiz, ota-onasidan mahrum bo’lgan rus, ukrain, belorus, moldavan, eston va boshqa millat bolalari, qariyalar O’zbekistonga keltirildi.
O’zbek xalqi ularga insonparvarlik ko’rsatib, o’z uylaridan joy berdilar. Oziq-ovqat va kiyim-bosh bilan ta’minladilar.
1966-yilning 26-aprel kuni saharda Toshkent shahrida qattiq yer silkindi. Shahardagi ko’plab uylar buzuldi, odamlar uysiz qoldi. Bu og’ir kunlarda o’zbek xalqiga rus, ukrain, belorus, moldavan, eston va boshqa millat vakillari yordamga keldi. Toshkent shahri qayta tiklandi, zamonaviy binolar qurilib, shahar yanada go’zallashdi[4].
Ushbu mazvuni o’rganishda o’quvchilarga bir qator savollar bilan murojaat qilinadi: “Qish kelganida qushlar don topolmay qiynaladi, ularga don sepib qo’yganmisiz?”, “Suvsiz qolgan o’simliklarga suv quyganmisiz?”, “Sizning bu harakatingizni insoniylik deyish mumkinmi?”, “Insonparvarlik, elat, millat, qadriyat, marosim degan tushunchalar haqida eshitganmisiz?”. Bunday savollarga o’quvchilar hayotiy tajribalar asosida o’z mustaqil fikrlarini bildiradilar.
Farzandlarimizni ilm-fan va taʼlim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o’z o’rnida tarbiya esa maʼnaviyat bilan chambarchas bog’liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz taʼlim-tarbiyasida esa maʼnaviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga e’tiborli bo’laylik, aynan shu mezon bolalarimizni maʼnan, ruhan sog’lom, o’z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o’z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol shaxs bo’lib yetishishining asoslaridan biridir.
Huquqiy madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr-toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg’ularini o’zimizning, yoshlarimizning, xalqimizning ongimizga singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo’lida fidokorona mehnat qilishga yo’naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruriyat hisoblanadi.
Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tartibotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinlariga chuqur hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatni, odamlarda qonunga itoatkorlik tuyg’usini, qonunlarni bilish va unga qat’iy amal qilish saodatmandligini qaror toptirish, bu ishlarni fuqarolarimizning bolaligidanoq, kichik maktab yoshidalik davridanoq boshlan amalga oshirish bugungi kunning dolzarb muammolaridandir.
Huquqiy madaniyat - bu inson madaniyatining bir qismi, muayyan jamiyatda odamlarning ijtimoiy-huquqiy yo’nalishi vazifasini bajaradigan normalar, qadriyatlar, huquqiy institutlar, jarayonlar va shakllar yig’indisi.
Huquqiy madaniyat - bu shaxs va jamiyatning sifatli huquqiy holati, uning amaldagi faoliyatidagi huquqiy faoliyatning barcha ijobiy tarkibiy qismlari yig’indisi bo’lib, u huquqiy fikr, huquqiy texnika va amaliyot yutuqlarini o’zida mujassam etishdir.
Huquqiy madaniyat jamiyat yoki shaxsning umumiy madaniyatining bir qismidir. Bu madaniyatning siyosiy, axloqiy, ma’naviy va boshqa turlari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, birinchi navbatda, albatta, odatiy, xulq-atvor bilan, shaxsni tarbiyalash, uning tartib, intizom, tashkilotga moslashishi, mamlakat qonunlarini hurmat qilish bilan chambarchas bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida” PF-5618-sonli Farmoniga ko’ra “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” qabul qilindi. Ushbu konsepsiyada “Aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o’z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo’llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo’ladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish Konsepsiyaning asosiy maqsadidir” deb belgilangan[3].
Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida o’quvchilarning huquqiy bilimi va madaniyatini shakllantirish maqsadida bir qancha mavzular o’rganiladi. Masalan, 4-sinf “Tarbiya” darsligida berilgan “Barcha insonlar qonun oldida tengdirlar” mavzusini o’rganiladi. Ushbu mavzuni o’rganish jarayonida quyidagicha topshiriqlar bajarailadi(6-rasm):


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling