10-Mavzu. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi


-rasm. “Barcha insonlar qonun oldida tengdirlar” mavzusiga doir topshiriq


Download 0.5 Mb.
bet6/6
Sana05.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1750028
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-Mavzu. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi (1-4 sinf tarbiya darsi)

6-rasm. “Barcha insonlar qonun oldida tengdirlar” mavzusiga doir topshiriq
Berilgan qoidalarga mos rasmlarni topib qo’ying:

      1. har birimiz sog’ligimizni saqlash huquqiga egamiz;

      2. har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g’amxo’rligidan foydalanish huquqiga ega;

      3. ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlidirlar;

      4. har bir bola o’zining Yoshi, sog’ligi hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va bo’sh vaqtga bo’lgan huquqqa ega;

      5. har bir bola bilim olish huquqiga ega;

      6. barcha bolalar sog’ligiga xavf tug’diradigan yoki o’qishiga xalaqit beradigan ishlardan himoyalanish huquqiga egadirlar[5].

Shuningdek, mavzuni o’rganishda o’quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida har xil qiziqarli topshiriqlar bajariladi(1-jadval).
1-jadval

Mening huquqim

Mening burchim

Mening mas’uliyatim





































Fuqarolarda tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, insonparvarlik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish va buni yoshlarning kichik maktab yoshidan boshlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Zero davlatimizning ravnaqi va tarqqiyoti o’z huquq va majburiyatlarini biladigan va unga amal qiladigan, mas’uliyatni his qiladigan, tadbirkorlik bilan shug’ullanadigan, mafkuraviy immuniteti yuksak bo’lgan yoshlar qo’lidadir.
Nazorat savollari:

  1. Shaxs kamoltida ma’naviyatning ahamiyatini yoroting.

  2. Qanday insonlar ma’naviy qashshoq inson deb ataladi?

  3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy-axloqiy tarbiya qanday shakllantiriladi?

  4. Boshlang’ich sinf tarbiya darsliklarini tahlil qilgan holda ularda tadbirkorlik ko’nikmasini tarkib toptirishga doir qanday mavzular o’tilishini tahlil qiling.

  5. Qanday usullar yordamida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda insonparvarlik tuyg’usi shakllantiriladi?

  6. “Tarbiya” darslarida huquqiy madaniyat qanday shakllantiriladi?

  7. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining qanday huquq va burchlari bor?

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. O’RQ-637. 2020-yil 23-sentabr. https://lex.uz.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni. PF-60-son. 2022-yil 28-yanvar. https://lex.uz

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida” PF-5618-sonli Farmoni. https://lex.uz

  4. Ismatova N va boshqalar. Tarbiya. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2-sinf o’quvchilari uchun darslik. –T.: G’afur G’ulom, 2020.

  5. Shermuxammedova S va boshqalar. Tarbiya. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4-sinf o’quvchilari uchun darslik. –T.: O’zbekiston, 2020.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling