10-mavzu. Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi 1


) resurslarni taqsimlashning samaradorligi


Download 14.61 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi14.61 Kb.
#217240
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilyorbek Po'latov . 10-mavzu NS

5. 1) resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo`lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo`naltiradi.

2) erkinlik. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ko`plab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg`unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir.

3) harakatchanlik. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo`lishadi. Chunki xo`jasizlik, sustkashlik, beg`amlik har qanday xo`jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta`minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.

6. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo`lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo`naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg`unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo`llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta`minlaydi;


Download 14.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling