10-mavzu. Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi


Download 18.89 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi18.89 Kb.
#255677
Bog'liq
Jamshid Diyorov


10-mavzu. Bozor iqtisodiyoti. Bozor va uning tuzilishi

  1. Bozor iqtisodiyotining mazmuniniifodalabbering.

Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.

  1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilariniaytibo’ting

- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo`lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;

- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

- raqobat kurashning mavjudligi;

- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;

- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o`zgarishlariga moslashuvchanligi


  1. Bozor tizimining o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizmibo’libnimalarchiqishimumkin?

Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratish zarur. Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida shakllanib, g`arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko`rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilishqandayamalgaoshadi?

Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o`ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi. Qisqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida:

a) ko`proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi;

b) puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi

v) yuqori foyda olishni ta`minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi



  1. Bozor iqtisodiyotining afzalliklarinimada?

1) resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo`lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo`naltiradi.

  1. Resurslarni taqsimlashning samaradorliginimada?

U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg`unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo`llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta`minlaydi;

  1. Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari va salbiy jihatlarinimada?

Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati – raqobatning kuchsizlanishiga yo`l qo`yish va uni rag`batlantirish. Raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:

1) bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o`z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo`lidan ozod bo`lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo`shilib ketishi, kompaniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta`sirining pasayib borishiga olib keladi;




  1. Bozorning vazifalarinisanabbering.




  1. Resurslar, mahsulotlar, daromadlarning doiraviy aylanish modeli va uning turlariniaytibbering.

  2. Bozor infratuzilmasigaqaysilarkiradi?


Download 18.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling