10-Mavzu. Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish Reja


Download 38.28 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1402483
1   2
Bog'liq
10-Mavzu. Budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish

Sarf-xarajatlar

jami


paypoqcha-lar

maykalar

ko‘ylakcha-lar


1

Materiallar:
















xom ashyo

137 000

62 500

29 000

45 500




qo‘shimcha materiallar

5 250

2 500

1 000

1 750




yordamchi materiallar

9 250

3 750

2 000

3 500




rang-bo‘yoqlar

70 500

30 000

16 000

4 500

2

Mehnat xarajatlari

















Shtampalash

53 750

22 500

12 000

19 250




Payvandlash

94 000

42 500

20 000

31 50




rang berish

107 500

45 000

24 000

38 500




terish-yig‘ish

44 250

17 500

11 000

15 750



Bilvosita mehnat xarajati


173 000

77 500

36 000

59 500



Bevosita qo‘shimcha sarflar


30 000

12 500

7 000

10 500



O‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari


90 500

40 000

19 000

31 500



Doimiy ishlab chiqarish xarajtlari


120 000

45%

25%

30%



Tijorat xarajatlari


105 000

40%

20%

40%



Marketing bo‘yicha o‘zgaruvchan xarajatlar


123 000

55 000

26 000

42 000



Marketing bo‘yicha doimiy xarajatlar


85 400

40%

25%

35%



Ma’muriy boshqaruv xarajatlari


47 600

40%

25%

35%

Korxona har bir mahsulot turidan eng kamida xarajatlar miqdoridan 30% hajmida foyda olishni rejalashtirgan.


Sotish hajmi quyidagicha belgilangan:
- paypoqchalardan - 50 000 dona;
- maykalardan - 20 000 dona;
- ko‘ylaklardan - 35 000 dona.
Zaxira hajmi o‘zgarmasdan qoladi.
Talab qilinadi:
Quyidagi usullardan foydalanib, har bir mahsulot turining sotish bahosini aniqlash lozim:
a) yalpi foyda;
b) sotuv rentabelligi.
2-Masala. Xarajatlarni kamaytirish. “Mirzo” dehqon-fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jalik ekinlariga mineral o‘g‘itlarni solishni amalga oshirmoqchi. Buning uchun hisob-kitoblarga asosan 4 800 kg azotli va 5 000 kg fosforli o‘g‘it kerak bo‘ladi.
Mineral o‘g‘itlar maxsus xaltalarda sotilmoqda. “Ekstra” rusumli xaltada ikkita paket bo‘lib, uning bittasiga 20 kg azot va 80 kg fosfor o‘g‘iti solingan, ya’ni bitta xaltaning umumiy og‘irligi 100 kg. Ana shu “Ekstra” rusumli bitta xaltaning bahosi 10 ming so‘m.
“Mineral” rusumli xaltaning ham har birida 100 kg o‘g‘it bo‘lib, shundan 75 kg – azot va 25 kg - fosfor, bahosi 18 ming so‘m.
Faraz qilaylik, X – bu “Ekstra» rusumli xaltalar soni va U – “Mineral” rusumli xaltalar soni.
Talab qilinadi:
“Mirzo” dehqon-fermer xo‘jaligi o‘ziga kerak bo‘lgan mineral o‘g‘itlarni eng kam xarajat bilan sotib olishi uchun har bir xaltadan qanchadan xarid qilishi lozim? Masalani grafik ko‘rinishida eching.
3- Masala. Kritik nuqta tahlili. Rejalashtirilayotgan yilda sotilishi mo‘ljallanayotgan mahsulot bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

1

Bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan xarajatlar

so‘mda

1

Bevosita moddiy xarajatlar

2 300

2

Bevosita ish haqi xarajatlari

800

3

Umumishlab chiqarish xarajatlari

600

4

Sotish xarajatlari

500





Jami doimiy xarajatlar

so‘mda

1

Umumishlab chiqarish xarajatlari

195 000

2

Reklama xarajatlari

55 000

3

Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari

68 000


Sotilish bahosi - 9 600
Talab qilinadi:
Rejalashtirilayotgan yil uchun kritik nuqtani hisoblash.
Shu yili 65 dona mahsulot sotilgan bo‘lsa, korxona qancha foyda ko‘rgan?
Korxona menejeri kelgusi yil uchun rejalar tuzmoqda:
a) korxona 95 400 so‘mlik foyda olishi uchun qancha mahsulot sotishi lozim?
b) sotish hajmi 20% ko‘payib, bir dona mahsulotning bahosi 500 so‘mga kamaysa, foyda qanchani tashkil qiladi?
v) reklama xarajatlari 47 700 so‘mga ko‘payadigan bo‘lsa, kritik nuqtani toping.
Barcha variantlar bir-biriga bog‘liqsiz, mustaqil echilishi ko‘zda tutilgan.
4-Masala. Kritik nuqta tahlili usullari.Korxona rejalashtirilayotgan yilda yangi mahsulot turini ishlab chiqarmoqchi. Ayni yoki ko‘proq qo‘shimcha mablag‘lar, yoki qo‘shimcha mehnat xarajatlarini ko‘paytirish usuli orqali amalga oshirish mumkin. Lekin, ikkala usulning qaysi birini tanlashdan qat’iy nazar, mahsulotning sifati o‘zgarmaydi.
Quyidagi ma’lumotlar mavjud:



T/r

Ko‘rsatkchlar nomi

Qo‘shimcha mablag‘ sarfi usuli (so‘mda)

Qo‘shimcha mehnat sarfi usuli (so‘mda)




Xom ashyo

5.00

5.60




Bevosita mehnat xarajatlari

(0.5 ish soati 12 so‘mdan) = 6.00

(0.8 ish soati 9 so‘mdan)
= 7.20




O‘zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlari

(0.5 ish soati 6 so‘mdan) = 3.00

(0.8 ish soati 6 so‘mdan)
= 4.80




Qo‘shimcha doimiy umumishlab chiqarish xarajatlari

2 440 ming so‘m


1 320 ming so‘m




Bir dona mahsulotning sotish bahosini 30 so‘mda belgilashga qaror qabul qilingan. Faraz qilinayaptiki, mahsulot qaysi usulda ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, yillik tijorat xarajatlari 5 mln. so‘mni va har bir dona sotilgan mahsulotga yana qo‘shimcha 2 so‘mni tashkil qiladi.
Talab qilinadi:
ikkala usul bo‘yicha ham korxonaning mahsulot ishlab chiqarishi bo‘yicha kritik nuqtasini hisoblab topish:
a) qo‘shimcha mablag‘ sarfi usuli;
b) qo‘shimcha mehnat sarfi usuli.
Ikki usulda ham korxona uchun bir xil bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulot sotish hajmini aniqlash.
Qaysi holatda shu usulning qaysi birini qo‘llash mumkinligini tushuntirib bering.
Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling