10-Mavzu: Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, namunaviy o‘quv dasturlari


Oliy ta’limda DTSga asosan o’quv jarayoni asosiy hujjatlari quyidagilardan iborat


Download 19.94 Kb.
bet2/2
Sana15.02.2023
Hajmi19.94 Kb.
#1202347
1   2
Bog'liq
10м-Mavzu

Oliy ta’limda DTSga asosan o’quv jarayoni asosiy hujjatlari quyidagilardan iborat:
1.O’quv rejasi. Har bir sinfda o’tiladigan predmetlar, haftada necha soatdan va o’quv yili davomida jami shu sinfda necha soat dars o’tilishi kerak ekanligi ko’rsatuvchi hujjat bo’lib, xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Texnologiya ta’limi yo’nalishi bo’yicha o‘quv rejasi davlat xujjati hisoblanadi, bu xujjatda barcha barcha kurslarda o‘rgatilishi kerak bo‘lgan fanlar ro‘yxati, soatlar miqdori,o‘qitish vaqti vadavomiyligi berilgan bo‘ladi.Jumladan, shu yo’nalishdagi barcha mutaxassislik fanlarini tashkil etuvchi umumkasbiy, ixtisoslik, qo’shimcha va tanlov fanlarini ro‘yxati, soatlar miqdori,o‘quv vaqti va davomiyliyligi berilgan bo‘ladi.Texnologiya yoki texnologiya ta’limi yo’nalishi bo’yicha o‘quv rejasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajra tilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat xujjatiga o‘quv rejasi deyiladi. O‘quv rejasini tuzishda quyidagilar e’tiborga olinadi:
- maqsad-ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarni amalda qo‘llay olish;
- ta’limning o‘zaro bog‘liqligi, umumiy o‘rta ta’lim, KHK va oliy ta’lim;
- o‘quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmiga ajratilgan soatlar talabaning yoshi, kursi bilim saviyasiga qarab belgilanadi. O‘quv rejasida umumta’lim fanlari, so‘ngra mutahassislik fanlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti, fakultativ makshg‘ulotlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. O‘quv rejasini to‘liq bajarish maqsadida unga tushuntirish xati ham beriladi. O‘quv rejasini bajarilishini o‘quv muassasasi rahbarlari tomonidan nazorat qilib boriladi.
2. O‘quv dasturi—DTS asosida texnologiya ta’limi fanini o‘qitishning mazmun-mohiyatini, maqsadi va ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, ijodiy, amaliy kabi vazifalarni belgilaydi. O‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ruyxatidan utgan so’ng namunaviy o‘quv dasturi hisoblanadi. Namunaviy o‘quv dasturi har bir predmet bo’yicha alohida-alohida mavjud bo‘lib, texnologiya ta’limi bo’yicha o‘quv dasturi boshqa fanlar dasturidan farq qiladi.
Oliy ta’limda texnologiya ta’limi yo’nalishi fanlarini o‘qitishning maqsadi—talabalarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‘nikma va malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnat sevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o‘rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi:
Ta’limiy vazifa—talabalarning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlari uchun ularga texnologiya jarayonlari, kasb asoslarini o‘qitish va kasb tanlash bilan uyg‘unlashtirish orqali kasbgacha tayyorgarligiga zamin yaratish bilan egallagan bilimlarini uzviy rivojlantirish asosida texnologiya qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o‘rgatish, texnika va texnologiyalar asosida egallanayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy vazifa—talabalarning umumtexnologiya ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida ma’naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.
Rivojlantiruvchi vazifa—talabalarning kasbgacha tayyorgarligini rivojlantirish, texnologiya ta’limi mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo‘lib etishishlariga yordam berish.
Ijodiy vazifa—texnologiya ta’limi jarayonida kasb-hunar asoslariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo‘lishni ta’minlash uchun talabalarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi.
Amaliy vazifa—buyum, narsa namunalari asosida zaruriy bilimlarni amalda bajara olish.
Texnologiya ta’limi yo’nalishini mutaxassislik fanlari o’quv dasturlari kirish, o’quv fanining maqsadi va vazifalari, fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasigaqo’yiladigan talablar, fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi, fanning ta’limdagi o’rni, fani o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, fanning nazariy (bo’lim va mavzular ko’rsatilgan) mashg`ulotlari mazmuni,amaliy mashg`ulotlarni (bo’lim va mavzular kursa tilgan) tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar, seminar(mavzular) mashg`ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar, laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar, kurs ishini bajarish bosqichlari va uni himoya etish, kurs ishi mavzulari, pedagogik amaliyotni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar, mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni, dasto’rning informatsion-uslubiy ta`minoti, foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati ko’rsatilgan bo’ladi. Shuningdek, texnologiya ta`limi yo’nalishiga oid mutaxassislik fani boyicha o’quv dasturi talabalarni qanday bilim va malakalar bilan qurollantirish kerak ekanligi, bu malakalar bilan qurollantirish uchun qanday ish ob`ektlari tanlash mumkinligi, ularni bajarishda ishlatiladigan asbob-uskunalar, texnik-texnologik ma`lumotlar hajmi va izchilligi, ularni qanday bo’limlarga ajratib o’rganish kerakligi, shuningdek, har bir bo’limni o’rganish uchun ajratilgan soatlar me`yori ko’rsatilgan bo’lib, oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Texnologiya ta’limi yo’nalishdagi mutaxassislik fanlari bo’yicha darslarning kalendar mavzu rejasi:
dars o‘tish kunlari;
dastur mavzusi;
darsni tashkil qilish shakllari;
darsni o‘tish metodlari;
sarflanadigan material;
ishchi, yordamchi va o‘lchov asboblari;
uskuna va moslamalar;
ko‘rgazmali qurollar va adabiyotlar;
texnik-texnologik xujjatlar;
kasb tanlashga oid materiallar;
soat;
Kalendar mavzuli rejani mavzu va mavzuchalar, ajratilgan soat, ositish vaqti, oqitish shakli, dars metodi, ish ob’ekti, qaralayotgan yoki ishlov berilayotgan hodisa yoki predmeti, o’lchash va ishchi asbobli jihozlar, jihozlar, moslamalar, qurilmalar, texnik hujjatlar, fanlararo vog’lanish, texnik vositalar,kasblar, adabiyotlar (jami 15ta punkt)asosida tuliq ishlab chiqilishi mumkin. Shuningdek, rejani tulig’icha tuzish uchun mashg’ulotlarda bajariladigan ishlar hajmiy miqdori va qaralayotgan mutaxassislik fanini tabiy – ilmiy sikldagi bog’liqlik grafigi kerak bo’ladi. Bu hajmiy miqdor grafigi tuzish uchun ham darslarning mavzuli rejasigagina amalga oshirib bo’lmaydi, ular o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir, chunki qaysi mavzu uchun qanday ish ob`ekti tanlash kerakligi va uning izchilligini yoki boshqa fanlardagi mavzuga qaysi mavzuni bog’lab o’tish kerakligini aniqlash uchun birinchi navbatda mehnat ta`limi darslarida o’tiladigan mavzular va ularning ketma-ketligini aniqlash zarur bo’ladi. Shu sababli kalendar mavzuli rejani to’liq ishlab chiqish ikki bosqichli bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilar asosida kalendar mavzuli reja tuzishda quyidagi ko’rsatmalarga amal qilish kerak:
O’qitish shakli talabalarni bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish uchun ular qay tarzda tashkil etilganligini xarakterlaydi;
Mutaxassislik fanlarini o’qitishning bir necha xil shakllari mavjud bo’lib, ular yo’nalishdagi ta`lim-tarbiyaviy ishlar xarakteri, o’quv jarayoni shart-sharoitlar va ta`limning umumiy maqsad hamda vazifalarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Kalendar mavzuli reja o’quv rejasi va o’quv dasturi asosida har bir o’qituvchi tomonidan mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va kafedra uslubiy uyushmasi va yig’ilishida, fakultet kengashida muhokamasi orqali o’quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
Kalendar mavzuli reja har bir bo’limini qanday mavzularga ajratilab, ular qanday ketma-ketlikda, necha soatdan va o’quv yilining qaysi qismlarida o’qitilishi. Bu mavzular o’qitishning qaysi shakl, metod yordamida o’rgatilishi, har bir mavzuni o’qitishda qaysi ishni bajarish, buning uchun qanday asbob-uskunalar, xom ashyo,. texnik–texnologik hujjatlar zarurligi, shuningdek, o’qitishning texnikaviy vositalari, adabiyot va metodik qo’llanmalarning qaysilari zarur bo’lishini oldindan ko’rsatuvchi hujjat bo’lib, har bir guruh uchun bir yilga mo’ljallab tuziladi.
Amaliy mashg’ulotlarda qilinadigan ishlar royxati – har bir kursda o’quv yili davomida qanday ishlarni bajara olish imkoniyati mavjudligini oldindan aniqlash, bu ishlarni bajarishda nazariya va amaliyotning bir-biriga mutanosibligini amalga oshirish hamda ularni qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligini ko’rsatuvchi hujjat bo’lib, har bir maktab o’qituvchisi mahalliy shart-sharoitlar, tushgan buyurtmalar, o’quv dasturida ko’rsatilgan ish ob`ektlarining namunaviy ro’xatini hisobga olgan holda kalendar mavzuli rejaga solinib ishlab chiqadi va kafedra, dekanat yig’ilishlarida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Amaliy mashg’ulotlarda qilinadigan ishlar royxati va kalendar mavzuli reja bir vaqtda tuziladi.
Texnologiya darslarini tabiiy-ilmiy tsikldagi fanlar bilan bog’liqlik grafigi–har bir mavzu mazmuni yoritishda uning mohiyatini talabalar tomonidan chuqur, ilmiy asoslangan holda tasavvur etishlari, vaqtdan unumli foydalanish, nazariy bilimlarini amalda, hayotda va ishlab chiqarishda qo’llash imkoniyatlarini keng yoritish, ularning politexnik tushunchalarini kengaytirish maqsadida o’qituvchi tomonidan tuziladi hamda u kalendar mavzuli rejada o’z ifodasini topadi.
Download 19.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling