10-mavzu: detallarni plastmassa va elimlardan foydalanib ta’mirlash va kavsharlash. Umumiy ma’lumotlar


Download 125.82 Kb.
bet1/6
Sana15.02.2023
Hajmi125.82 Kb.
#1201637
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

10-MAVZU: DETALLARNI PLASTMASSA VA ELIMLARDAN FOYDALANIB TA’MIRLASH VA KAVSHARLASH. UMUMIY MA’LUMOTLAR.


REJA:
10.1. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish va nazorat qilish texnologiyasi asoslari.
10.2. Polimer materiallar yordamida detallarni ta’mirlash.
10.3. Detallarni polimer ashyolarni purkash va elimlash usulida tiklash.
Tayanch iboralar: detal, yaroqli-yaroqsizlarga ajratish, nazorat qilish, polimer materiallar, detallarni ta’mirlash, polimer ashyolar, purkash, yelimlash usulida tiklash.
10.1. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish va nazorat qilish texnologiyasi asoslari.
Detallar kirdan yuvib, tozalangandan keyin yaroqli-yaroqsizlarga ajratiladi, ya’ni nuqsonlarni aniqlash maqsadida tekshiriladi va uch guruhga: keyinchalik foydalanishga yaroqli, yaroqsiz va ta’mirtalab detallarga saralanadi.
Detallarning nuqsonlarini aniqlash va yaroqli-yaroqsizlarga saralash ishlari ishlab chiqarish samaradorligiga, shuningdek ta’mirlangan mashinalar sifati hamda puxtaligiga katta ta’sir etadi. SHuning uchun bu ishlarni texnik shartlarga aniq amal qilgan holda bajarish kerak.
Detallardagi nuqsonlarni ko‘zdan kechirib, shuningdek maxsus asboblar, moslamalar va uskunalar yordamida aniqlanadi. Keyinchalik foydalanishga yaroqli detallar yashil rang, yaroqsizlari qizil rang, tiklashni talab etgan detallar esa sariq rangt bilan belgilanadi. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish natijalari nuqsonlar ro‘yxatida qayd etiladi yoki maxsus hisoblash qurilmalari yordamida hisobga olinadi. Bu ma’lumotlar statistik usullarda ishlangandan keyin detallarning yaroqlilik, almashinuvchanlik va tiklash koeffitsientlarini aniqlash yoki ularga uzatish kiritsh imkonini beradi.
Ishga yaroqli detallar saralangandan keyin korxonaning komplektlash (butlash) uchastkasiga, so‘ngra mashina agregatlarini yig‘ishga, yaroqsizlari esa chiqindilar omboriga yuboriladi. Ta’mirtalab detallar ta’mirlashni kutayotgan detallar omboriga va tegishli tiklash uchastkalarga jo‘natiladi.
Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish va saralash texnik shartlari karta (qog‘oz) ko‘rinishida bo‘lib, unda har qaysi detalga oid quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: detal to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar; detaldagi nuqsonlar ro‘yxati; nuqsonlarni bartaraf etish usullari; ta’mirsiz ruxsat etiladigan o‘lchamlar va nuqsonlarni bartaraf etishning tavsiya etilgan usullari.
Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratishda vaqtni tejash maqsadida quyidagi tartibga amal qilinadi. Detallarni tashqi tomondan ko‘zdan kechirib yirik darzlar, teshilgan-yorilgan, singan, tiralgan, chizilgan, zanglagan joylar aniqlanadi. Detallar ish sirtlarining o‘zaro joylashishidagi va detallar ashyosining fizik-mexanik xossalaridagi nuqsonlar maxsus moslamalar yordamida aniqlanadi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan nuqsonlar (ko‘rinmaydigan darzlar va ichki nuqsonlar) aniqlangandan keyin detallar ish sirtlarining o‘lchamlari va geometrik shakli tekshiriladi.

Download 125.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling