10-mavzu. Dramatik asarlar tahlili
Download 68.3 Kb.
|
10-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- DRAMATIK TUR
- Komediya janri xususiyati
- Tragediyaning xususiyatlari
10-mavzu. Dramatik asarlar tahlilIReja:
Dramatik tur boshqa adabiy turlardan bevosita harakat bilan mujasamlashgani bilan farqlanadi. Lirik turda mavhum syujetlar va tuyg’ular tasviri ustuvorlik qilsa, prozaik turda qahramonlar vositasida tanlab olingan davr muammolariga yechim izlanadi. DRAMATIK TURDRAMATIK TUR DRAMA KOMEDIYA TRAGEDIYA Komediyada (yunoncha “quvnoq marosim” va “qo‘shiq” so‘zlaridan) janr xususiyatiga ko‘ra unda xarakterlar, holat va voqealar kulguli tarzda, komillikka yo‘g’rilgan holda taqdim etiladi. Ijtimoiy muammolar kulguli ko‘rinishlari va holatlari komik xarakterlar orqali berilishini e’tiborda tutish lozim. Komediyadagi komik personajning mavjud holatini o‘zi idrok etmasligi, o‘ziga real baho berolmasligi ortidan yuzaga keladigan komik holat vositasida muallifning ijodiy niyatini to‘g’ri payqash olish muhim. Shuningdek, komediyaninig satirik yoki yumoristik ruhda ifodalanishining g’oyaviy sabablarini to‘g’ri belgilab olish zarurdir. Komediyada kulguni yuzaga keltiruvchi nuqtalarda ijtimoiy ahamiyatga moliklik xususiyatlarini to‘g’ri anglash lozimdir. Komediya janri xususiyatiBadiiy g’oya komik lik xulosa A.Qahhorning “Og’riq tishlar” komediyasi satirik ruhdagi komediya bo‘lsa, E.Vohidovning “Oltin devor” asaridagi yumoristik ruh ustuvoriliginingto‘g’ri belgilab olish ehtiyoji badiiy g’oyaviy niyatni aniq belgilab olishda zarurdir. Tragediya garchi dastlab genetik jihatdan antik davrdagi yunonlarning ma’bud Dionisning o‘limi va qayta tirilishi munosabati bilan ijro etilgan marosim qo‘shiqlariga borib taqalib, marosimda qurbon qilinadigan echkining qo‘shig’i sifatida nom olgan bo‘lsa-da, keyinchalik dramatik janr sifatida jamiyatdagi fojiali manzaralarning sahna ko‘rinishi sifatida ko‘rinish oldi. Tragediya, ma’lumki, jamiyatdagi muammolarning halokatli, inqirozli nuqtalarini qahramonlarning fojiaviy taqdirlari misolida harakatlantirib beradi. Tragediyaning xususiyatlariBadiiy g’oya fojia Badiiy xulosa Dramatik tur esa bevosita tomoshabinlar oldida, aktyorlar tomonidan sahnada qo‘yilishi bilan xarakterlanadi. E’tiborlisi, dramatik asarning voqelari sahnada, tomoshabinning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lishiga asoslanadi. Parda va ko‘rinishlar bilan dramatik asarning makoni o‘zgarishi mumkin xolos. Bu borada u prozaik asarlar singari qahramonlarni makon va zamonlar oralig’ida harakatlantish imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun ham dramatik asarning makonidagi qahramonlarning harakati ancha tig’izroq ko‘rinish oladi. SHuningdek, dramatik asarlarning boshqa adabiy turlardan yana bir farqiga e’tibor qaratish lozim. Bu asar qahramonlarini va sahna tanlab olingan makonning muallif tomonidan tanishtirib o‘tilishidir. Remarkaning ijodiy niyatdagi ahamiyatini belgilab olish badiiy g’oyaning yo‘nalishini aniqlashga xizmat qiladi. Download 68.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling