10-Мавзу: Elektr mashinalarni ishlab chiqarish jarayonlari to’g’risida ma’lumot. Elektromexanik energiya o‘zgartirish
Download 351.02 Kb.
|
Elektromexanik energiya o‘zgartirish
10-Мавзу: Elektr mashinalarni ishlab chiqarish jarayonlari to’g’risida ma’lumot. 1. Elektromexanik energiya o‘zgartirish Har bir davlat iqtisodiyatini elektr energiya bilan ta’minlash uning faoliyatidagi eng muhim soha hisoblanadi. Tog‘-metallurgiya sanoati, mashinasozlik, qurilish, transport va boshqa soha korxonalarini rivojlantirishda elektr energetikasi asosiy poydevor, xalqning turmush farovonligini oshirishda, umuman, davlat hayotining barcha yo‘nalishlarida etakchi omil hisoblanadi. Elektr mashinalari elektr stansiyalarda elektr energiyani ishlab chiqarishda ham, sanoat korxonalarini ishga tushirishda va aholi hayotining barcha sohalaridagi elektr energiyani iste’mol qilishda ham asosiy vosita hisoblanadi. Elektr mashinasi – mexanik energiyani elektr energiyaga va, teskarisi, elektr energiyani mexanik energiyaga aylatiruvchi elektromexanik energiya o‘zgartkichidir. Elektr energiyasi elektr stansiyalarda elektr mashinalari – generator yordamida ishlab chiqariladi. Bizning davlatimizda elektr energiyaning asosiy qismi (95% gacha) issiqlik elektr stansiyalarida (IES) organik yoqilg‘ini (gaz, ko‘mir, mazut) yoqish yo‘li bilan ishlab chiqariladi. Unda suv qaynatilib, yuqori bosimdagi bug‘ga aylantiriladi. Bug‘ bosim turbinaga uzatiladi va rotorni aylantiradi (issiqlik energiyasi turbinada mexanik energiyaga aylantiriladi). Turbinaning rotoridan aylanma xarakat generator (turbogenerator) valiga uzatiladi. Generatordagi sodir bo‘layotgan elektromexanik jarayonlar natijasida mexanik energiya elektr energiyaga aylanadi. Gidravlik elektr statsiyalarda (GES) elektr energiya ishlab chiqarish jarayoni quyidagicha bo‘ladi: to‘g‘on yordamida ma’lum sathgacha ko‘tarilgan suv gidravlik turbinaning ishchi g‘ildiragi (parragi)ga quyiladi; bunda turbina parragini aylantirishda hosil bo‘lgan mexanik energiya elektr generatorining valiga uzatiladi va unda mexanik energiya elektr energiyasiga aylantiriladi. Elektr energiyani iste’mol qilish natijasida u boshqa turdagi (issiqlik, mexanik, ximik) energiyaga aylantiriladi. Elektr energiyasining absolyut katta qismi (dastgohlar, tegirmonlar, nasos stansiyalari, transport vositalari) sanoat uskunalarini harakatga keltirishda, ya’ni mexanik energiyaga aylantirishda ishlatiladi. Bunday elektromexanik energiya o‘zgartirilishi elektr mashinalari – elektr motorlari yordamida amalga oshiriladi. Elektr motori – korxonalar ishchi mexanizmlari elektr yuritmalarining asosiy elementidir. Elektr energiya parametrlarini ishonchli boshqarish, uni muammosiz taqsimlash usullari mavjudligi, sanoatda biror ishchi jihozning alohida zvenolari mustaqil motorlar yordamida harakatga keltirish imkonini beruvchi ko‘p motorli elektr yuritmalarining keng qo‘llanishiga olib keldi. Elektr stansiyalarda ishlab chiqarilayotgan elekt energiyasini iste’molchiga uzatish, birinchi galda elektr stansiyalardan birnecha yuzlab kilometr uzoqlikda joylashgan yirik sanoat markazlariga etkazib berish zarur. So‘ngra xar turdagi iste’molchilar: sanoat korxonalari, transport, qurilish, turar joy va h.k.larga taqsimlash lozim. Elektr energiyani uzoq masofalarga yuqori (500 kVgacha) kuchlanishlarda, demak, past toklarda uzatiladi. Bu bilan elektr uzatish liniyalar (EUL)ida sodir bo‘luvchi elektr isroflari (Joul isroflari)ni minimal darajagacha etkaziladi. Shu sababli elektr energiyasini uzatish va taqsimlashda kuchlanishni bir necha marta kuchaytirish va pasayitirishga to‘g‘ri keladi. Kuchlanishning bunday o‘zgartirilishi transformator deb nomlangan elektromagnit qurilmasida bajariladi. Transformator elektr mashinasi emas, chunki u ishlaganda elektr energiyasi mexanik energiyaga aylantirilmaydi va, aksincha, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilmaydi; transformator faqat elektr energiyasining kuchlanishi va tokining miqdorlarini o‘zgartiradi, xolos. Transformator – statik elektromagnit apparat bo‘lib, unda xarakatlanuvchi qismlar yo‘q. Biroq, transformatorda kechuvchi elektromagnit o‘zgarishlar elektr mashinasi ishlagandagi jarayonlarga o‘xshashdir. Magnit maydoni bilan tokli o‘tkazgich o‘zaro ta’sir etish jarayonlarining tabiati elektr mashinalari va transformatorlarda bir xil kechadi. Shu sababli, transformatorlar elektr mashinalari fanining ajralmas qismi hisoblanadi. Download 351.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling