10 Mavzu: Emotsiya va iroda jarayoni haqida ma`lumot. Emotsiya va iroda jarayonlarining turli kasalliklarda buzilishi


Download 364.04 Kb.
bet2/7
Sana01.01.2023
Hajmi364.04 Kb.
#1074473
1   2   3   4   5   6   7
3-bosqich. Yakuniy
( daqiqa)

Mashg`ulot yakuni:

  1. Faol ishtirok etgan oʻquvchilarni baholaydi va rag`batlantiradi

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashgʻulotga vazifa klaster usuli yoʻriqnomasini beradi ( 6-ilova)

Baholari bilan tanishadilar



Topshiriqni yozib oladilar

Tayanch bilimlarni faollashtirish maqsadida Aqliy hujum usulida savollarini beradi.
Aqliy hujum” usuli prinsipi:
Bildirilgan fikr va gʻoyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi;
Bildirilgan fikr va gʻoyalar qabul qilinmaydi;
Qancha koʻp gʻoyalar bildirilsa , shuncha yaxshi;
Gʻoya va fikrlarni bildirish uchun aniq vaqt belgilanadi.
Aqliy hujum usulining texnologik xaritasi

Ishlar bosqichi va
mazmuni



Faoliyat







Ta`lim beruvchi

Ta`lim oluvchi

1-bosqich. Tayyorgarlik
(2 daqiqa)

Oʻquv mashgʻulotida “Aqliy hujum “ usuli oʻrnini aniqlaydi va uning maqsadini shakllantiradi, muammoni va uni yechish boʻyicha taklif etilayotgan gʻoyalarni
baholash mezonlarini aniqlaydi.




2-bosqich.
Kirish.
(6 daqiqa)

Mavzuni e`lon qiladi:

Eshitadilar va tayyorlanadilar

3-bosqich. Asosiy qism
(12 daqiqa)

Kuzatadi, yoʻllaydi,ragʻbatlantiradi.Oʻz nuqtai nazarini aytmaydi, tortishuvda ishtirok etmaydi,yuz ifodasi bilan hayron qolganini,namoyon qilmaydi.
Muammoni yechish uchun tanlangan gʻoyalarni ekspertlar guruhi taqdimotini va ularning muhokama sini tashkilalshtiradi.

Muammoni yechish boʻyicha gʻoya va takliflarni aytadilar, ekspertlar esa ularni yozadilar va taqdimot
oʻtkazadilar.

4-bosqich Yakuniy bosqich
(2 daqiqa)

Yakunlarni umumlashtiradi, guruhlar ishini tahlil qiladi va baholaydi,jamoaviy faoliyat muvaffaqiyatlarini koʻrsatadi.

Oʻz-oʻzlarini baholaydilar.




10 Mavzu: Emotsiya va iroda jarayoni haqida ma`lumot. Emotsiya va iroda jarayonlarining turli kasalliklarda buzilishi.
Reja:

  1. Emotsiya va iroda jarayoni haqida ma`lumot

  2. Temperament va uning turlari.


IRODA PSIXOLOGIYASI


Iroda-to`siqlarni engish bilan bog`liq, ongli ravishda bajariladigan, aniq maqsadga qaratilgan ruxiy faollikdir.Irodani ishga solish, irodali bo`lish uchun inson o`z oldidagi to`siqlarni enga olishi darkor. Odam sovuq, suvga shung`ish yoki parashyutdan sakrash vaqtida o`z irodasini ishga soladi.
Irodali bo`lish xar kimning o`ziga bog`liq. Hayotda irodasi kuchli va irodasi bo`sh odamlar farq qilinadi. Odamning ma`lum vazifani bajarishi uchun tusiqlar nechog`lik kam bo`lsa, bu ish kamroq iroda kuchini talab qiladi. Biroq, patologiyada, og`ir nevrozlarda, depressiyalarda, shizofreniyada iroda shu qadar susayib ketadiki, bemorlar oddiy xarakatlarini qila olmaydilar. Masalan, o`rinlaridan tura olmaydilar, yuz-qo`llarini yuva olmaydilar va kiyina olmaydilar va h.k. CHunonchi, narkotik moddadan intoksikatsiyaga uchragan bemor nixoyatda chanqoqligiga qaramay, yonginasida turgan bir piyola suvni bir soat ichida olib ichishga jazm qila olmagan. Irodaning bo`shligi yoki yo`qligi gipobuliya va abuliya deb ataladi.
Odamning irodasi tarbiya, o`qish va mehnat faoliyatida vujudga keladi va mustaxkamlanadi. Turmushda uchraydigan qiyinchiliklar iroda bilan engiladi. Bunda bolalikdagi tarbiyaning axamiyati beqiyos. Bolani yoshligida taltaytirib yuborib, unda mehnatga xavas uyg`otmaslik, og`zidan chiqishi bilan hamma narsani muxayyo qilish irodasiz bo`lib o`sishiga sabab bo`ladi. Bunday bolalar irodasiz bo`lib qolishadi. Ular biror ishni mustaqil bajara olmaydilar va yangi sharoitlarga tushib qolganda qiynalib qoladilar va aksincha, agar bolalar o`z xoliga tashlab qo`yilsa, ota-onasi va yaqin qarindoshlari ularga loqaydlik qilib tarbiyasi bilan shug`ullanmay qo`ysalar, bu ham salbiy okibatlarga olib keladi. Bolaning xarakteri, xulq-atvori yomonlashadi, unda yaramas odatlar va salbiy mayllar paydo bo`ladi. Odamning ijobiy iroda fazilatlariga qat`iyatlik, sabot-matonat, tashabbuskorlik, g`ayratlilik, intizomlilik, mardlik va jasorat kabilar kiradi.
Mujmallik, bushanglik, dangasalik, tashabbus ko`rsata olmaslik, qo`rqoqlik shuningdek qaysarlik kabi odatlar odam xarakterining salbiy jixatlaridan sanaladi.
Psixopatologiyada patologik mayllar adohida o`rin tutadi. Ovkatda eb bo`lmaydigan narsalar (oxak, kesak)ni iste`mol qilish sog`lom xomilador ayollarda, bolalarda vaqtinchalik xodisa sifatida kuzatilsa, shizofreniyada bu patologik mayllik ko`p uchrab turadi.Tibbiyot xodimi bemorlarning davolanish rejimiga rioya qilishlari ustidan muttasil nazorat olib borishlari kerak. Oddiy xarakatlarni bajarishda ularni faollashtirish lozim. Bunga analizlarni o`z vaqtida kechiktirmay topshirish, dori- darmonlar, davolash muolajalarini qabul qilish kiradi. Ba`zan ularga oddiy topshiriqlarni berish va bu vazifalarning bajarilishini nazorat qilib turish kerak bo`ladi.

Emotsiya – shaxsning voqelikka o`z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog`liq bo`lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta`riflardan ko`rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo`lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar tabiati haqidagi masalani echishga uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu muammo bo`yicha hech qaday nuqtai nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning organik ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo bo`lgan intellektuallashtirish nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental psixologik dalil bo`lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o`rtasida o`rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o`rtasidagi nizolika nisbatan ta`sirlanish sifatida ko`rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning aniq ifodasini keltirdi.
V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib, hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi sub`ektiv, ya`ni, hissiyotlarning psixik tabiati haqidagi fikrlar o`z tasdig`ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma`lum organik o`zgarishlarni keltirib chiqaradi

Download 364.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling