10-Mavzu: Faoliyat va motivatsiya Reja


Faoliyatning interiorizasiyasi va eksteriorizasiyasi


Download 29.66 Kb.
bet4/7
Sana22.04.2023
Hajmi29.66 Kb.
#1379344
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-маруза

Faoliyatning interiorizasiyasi va eksteriorizasiyasi
Tashqi olamda turli hodisalar ma'lum darajada o‘zaro doimiy bog’liqlikka, ma'lum sharoitlarda namoyon bo’ladigan biror mustahkam xususiyatga va tuzilishga egadir.
Obyektlar bilan hodisalar o’rtasidagi bunday barqaror (invariant) munosabatlarni obyektlarning muhim xususiyatlari deb yuritiladi. Bu ularning kelajakda qay darajada o‘zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish tutish, ya'ni obyekt va hodisalarning "xatti-harakatlari"ni oldindan ko’ra olish imkoniyatini beradi. Tashqi, ya'ni buyumlar bilan qilinadigan bunday holda guyo ichki, ya'ni ildam faoliyatni oldindan payqab olinadi. Obyekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar bu obyektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operasiyalar bilan, ya'ni ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda, narsalar bilan jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan almashinadi.
Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o’tish jarayonini interorizatsiya deb yuritiladi (ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi interiorizasiyasi tufayli ayni chog’da ko‘z o’ngida yo’q bo’lgan narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Interiorizasiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leont’yev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda tadqiq qilingan. Interiorizasiya orqali inson psixikasi muayyan vaqt oralig’ida uning idrok maydonida yo’q narsalarning timsoli (obrazi) dan foydalanish qurbiga ega bo’ladi. Shu narsa ma'lumki bunday o‘zgarishlarning muhim quroli bo’lib, so‘z o‘zgarishi vositasi sifatida nutqiy faoliyat xizmat qiladi. Shuning uchun so‘zlarni to’g’ri ishlatishga odatlanish favqulodda buyumlarning muhim xususiyatlari haqida axborotdan foydalanishning usullarini o‘zlashtirish demakdir. Inson aqliy taraqqiyotida interiorizasiyaning ahamiyati kattadir.
Ma'lumki, odamning ichki dunyosi paydo bo’lgandan so’ng har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida o’ylab so’ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o’ylab, so’ngra bevosita tashqi munosabatga o’tishi faoliyatning eksteriorizasiyasi deb yuritiladi.
Shuning uchun shaxs faoliyatining jismoniy (tashqi) va psixik (ichki) tuzilmalari bir-biri bilan uyg’unlashganligi ko‘zga tashlanadi. Inson faoliyatining tashqi jabhasi uning atrof-muhitga ta'sir ko’rsatishga mo’ljallangan sa'i - harakatlar ichki psixik jihatiga bog’liq bo’lib, ularni motivlashtiradi, bilishga undaydi va boshqaradi. Shuningdek tashqi jabha o‘z navbatida a) psixik faoliyat buyumlar va jarayonlar xususiyatini o‘zida namoyon qiladi; b) ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zgartirilishini amalga oshiradi; v) psixik andozalar o’xshashligini, natijalar va harakatlarning kutilmalariga muvofiqligini ko’rsatadi; g) ularni uzluksiz ravishda yo’naltirib va nazorat qilib turadi. Shunga muvofiq ravishda tashqi yaqqol faoliyatini ham ichki (psixik) faoliyatning eksteriorizasiyalashuvga aylanishi deb baholash maqsadga muvofiq.

Download 29.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling