10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati Reja


  O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini


Download 323.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi323.89 Kb.
#1640592
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu

2. 
O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini 
yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi farmonni mazmun-
mohiyati. 
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda “compliance control“ tizimi joriy 
etiladi. O‘lchov usullari orasida eng keng tarqalgani korrupsiyani idrok etishni 
baholashdir (masalan, Transparency International tashkilotining korrupsiyani idrok 
etish indeksi, Jahon bankining korrupsiyani boshqarish indeksi). Ushbu usul 
mamlakat ekspertlari va aholi o‘rtasida mamlakatda korrupsiya holati to‘g‘risida 
so‘rov o‘tkazishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, ushbu usulning noqulayligi 
shundaki, 
jamoatchilik 
va 
ekspertlarning 
fikrlariga 
taqdim 
etayotgan 
ma’lumotlarining ochiqligi va sifati mamlakatlar va vaqt oralig‘ida turlicha bo‘lgan 
ommaviy axborot vositalari ta’sir qilishi mumkin. 
O‘lchashning yana bir keng tarqalgan usuli – bu korrupsiyani baholash bo‘yicha 
so‘rov usuli (masalan, Transparency International tashkilotining global korrupsiya 
barometri va Jahon bankining biznes so‘rovi). U mamlakatda korrupsiya 
muammolari bilan bog‘liq tajribasi to‘g‘risida firmalar va aholi orasida so‘rov 
o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagi usulning kamchiliklari – ba’zi 
respondentlarning davlat organlarida korrupsiya bo‘lishidan manfaatdorligidadir, 
shuning uchun ular korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar bermaslikni lozim 
tutishlari mumkin. 
Korrupsiyani bevosita kuzatish ham korrupsiyani baholash usullaridan biri sifatida 
qo‘llaniladi. Masalan, Indoneziyada to‘qqiz oy davomida tadqiqotchilar yuk 
mashinalari haydovchilarini kiyimini kiyib, odatiy yo‘nalishlar bo‘ylab yuk 
mashinalari haydovchilarini kuzatib borishgan va yuk mashinalari haydovchilari 
politsiya nazorat punktida to‘xtaganlarida qancha to‘lashganini qayd etib 
borishgan. 300 tadan ortiq sayohatlar davomida ular 6000 dan ortiq noqonuniy 
to‘lovlarni kuzatishgan. Natijada, noqonuniy to‘lovlar umumiy sayohat 
xarajatlarining 13 foizini tashkil etganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu usulning 
noqulayligi tegishli tadqiqotlarni o‘tkazish uchun ko‘p vaqt va moliyaviy 
xarajatlarni talab qilishidadir. 
Korrupsiyani ajratish bo‘yicha baholash hisobot nazorati organlari tomonidan 
amalga oshiriladigan hisobot xarajatlari va amalda ishlatilgan xarajatlarni 
taqqoslashni o‘z ichiga oladi. Ushbu usulning kamchiliklari shundaki, inspeksiya 
organlari xodimlarining o‘zi pora olishga va o‘g‘irlikni yashirishga moyil bo‘lishi 


mumkin. Korrupsiya harakatlarini aniqlashning turli xil bilvosita usullari ham 
mavjud bo‘lib, ular bo‘yicha korrupsiya holatlari korrupsiyaga bevosita aloqador 
bo‘lmagan ma’lumotlardan foydalangan holda aniqlanadi. 
Korrupsiyani o‘lchash usullari xilma-xilligiga qaramay, mutaxassislar 
korrupsiyaning aniq xarajatlari va oqibatlarini aniqlashda jiddiy muammolarga 
duch kelmoqdalar: 
korrupsiya xatti-harakatlari odatda yashirin bo‘lib, bu ularni aniqlash va yozishni 
qiyinlashtiradi; korrupsiya faoliyati to‘g‘risida ko‘pincha xabar berilmaydi, chunki 
to‘lashi kerak bo‘lganlar qasos olinishidan yoki biron-bir darajada jinoyat uchun 
javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari mumkinligidan qo‘rqishadi; 
korrupsiya turli shakllarni oladi – o‘g‘rilik, firibgarlik, qarindoshchilik, 
poraxo‘rlik, tovlamachilik va pul yuvish (otmivaniye), bu korrupsiya amaliyotini 
yagona indiqator ko‘rinishida qamrab olish imkonsiz ekanini ko‘rsatadi. Masalan, 
biror bir ishda mansabdan foydalanib o‘z yaqin kishisiga yordam berish (boshqalar 
zarari hisobiga) va buning uchun to‘lov olmaslik, mohiyatan korrupsiya, lekin buni 
aniqlashning deyarli iloji yo‘q. 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari hajmida 
pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar 
mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh 
kotibining bildirishicha, “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum 
qiladi, investorlarni vahimaga soladi, tabiiy resurslar talon-taroj bo‘lishiga sabab 
bo‘ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo‘lishiga shart-sharoit yaratadi. 
Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyilishi indeksi har yili xalqaro 
Transparency International tashkiloti tomonidan aniqlab chiqiladi. Transparency 
Internationalning 2018 yil uchun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan va 0 dan 
(korrupsiyaning eng yuqori darajasidan) 100 gacha (korrupsiyaning eng past 
darajasigacha) bo‘lgan ko‘rsatkich asosida korrupsiyaning qanchalik yoyilganini 
ko‘rsatadi. Ushbu indeks bo‘yicha eng kam korrupsiyalashgan mamlakatlar 
sirasiga Daniya, Yangi Zelandiya kiradi. Eng ko‘p korrupsiyalashgan mamlakatlar 
esa Somali, Suriya, Janubiy Sudan bo‘lib, Transparency International tashkiloti 
ma’lumotiga ko‘ra, korrupsiyalashish ko‘rsatkichi bu davlatlarda 10 dan 13 
gacha. Rivojlangan mamlakatlar qonunchiligiga korrupsiyaning oldini olish 
maqsadida davlat mansabdorlarining korrupsiyaviy faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik 
maqsadida qator taqiqlar, cheklov va yo‘l-yo‘riqlar standartlari kiritilishidan 
tashqari yana maxsus “korrupsiyaviy bardoshlilikni tekshirish” usuli ham joriy 
etilgan. 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ba’zi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermer 
xo‘jaliklari mulklariga ta’magirlik ko‘zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi 
yo‘liga sun’iy to‘siqlar qo‘yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. 
Yoshlarning oliy ta’lim muassasasi, tanlov yuqori bo‘lgan kollej va litseyga 
o‘qishga kirishida, talaba bo‘lgandan so‘ng esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat 
bo‘yicha zarur ballarni to‘plashida ayrim “ustoz”larning ta’magirligi negizida ham 
shu illat yashab keldi. Shuningdek, nufuzi va maoshi yuqori bo‘lgan korxona-
idoralarga ishga kirishda, yuqori mansab darajasiga ko‘tarilishda, turli tenderlarni 
yutishda, xomashyo va boshqa resurslarni taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida 


“shapka” deb ataluvchi ko‘rinishi urchiy boshladi. Ba’zan aholiga uy solish yoki 
foydalanish uchun yer maydoni ajratish, davlat mulkini xususiylashtirish, faoliyat 
yuritish bo‘yicha litsenziya olish kabi talab-ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalar ham 
o‘zini korrupsiya manbai o‘laroq namoyon etgani hech kimga sir emas. 
To‘g‘ri, mustaqillik davrida korrupsiyani jilovlash va tugatish borasida birmuncha 
islohotlar amalga oshirildi. 2008 yilda O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi 
konvensiyasiga qo‘shildi. 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish 
tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i – Istanbul harakat dasturiga 
qo‘shildi. Xalqaro va milliy huquq me’yorlariga asoslangan Korrupsiyaga qarshi 
kurashishning Milliy rejasi ishlab chiqildi. Jinoyat va Jinoyat-protsessual 
kodekslarida korrupsiyani sodir qilgan va unda qatnashgan shaxslarga nisbatan 
tegishli jazolar belgilandi. Shuningdek, Budjet va Bojxona kodekslari (yangi 
tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Ichki ishlar organlari 
to‘g‘risida” kabi qonunlar qabul qilindi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va 
demokratlashtirish maqsadida 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun esa axborotdan 
erkin foydalanish va bu borada xalqaro standartlar me’yorlarini implementatsiya 
qilishda muhim qadam bo‘ldi. 
Taassufki, korrupsiyaga qarshi kurashishda bu ijtimoiy illatning tomirlarigacha 
yetib borilmadi, oqibatda ko‘rilgan barcha chora-tadbirlar besamar ketdi. 

Download 323.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling