10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati Reja


Download 323.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi323.89 Kb.
#1640592
  1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu



10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati 
Reja: 
1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari
2. Dunyo bo‘yicha korrupsiya holatining tasnifi
3. Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari. 
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son 
“O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari” farmonidagi davlat dasturi va asosiy vazifalar
.
Tayanch tushuncha: Korrupsiya, “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi”, 
poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni o‘zlashtirish, fitna, hokimiyatni 
suiste’mol qilish, PF-5618 son farmonni 
1.Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari. Qadim 
yunon faylasufi Aristotel ta’kidlaganidek: Hokimiyatga pul bilan erishgan odam 
undan daromad olishga intiladi. Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor 
kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik 
chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi 
yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa 
boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana 
davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham 
insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi.Tarixiy 
ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan avvalgi XXIV 
asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, lekin 
taassufki, barcha sa’y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham 
korrupsiyaga qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun 
topdi. 
Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda 
yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” 
kitobi davlatni boshqarish va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, 
o‘sha davrning siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga 
davlatni tuzish, boshqarish va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash 
ham mumkin. Kitob muallifi sifatida brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi 
bilan ham mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga 
bag‘ishlangan. Bo‘limda korrupsiya “o‘zlashtirish” iborasi orqali izohlanadi: 
“Shohning shaxsiy yoki boshqa mulklariga qo‘l cho‘zish o‘zlashtirishdir. Bu 
holatda narxi yuqori bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun o‘lim jazosini 
qo‘llash, narxi o‘rtacha bo‘lgan buyumlarni o‘zlashtirganlik uchun ularni undirib 
olish, narxi past bo‘lgan mulklarni o‘zlashtirganlik uchun ularni qaytarib olish 
jazolarini tayinlamoq lozim”. “Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif 
etiladi. Korrupsiyaning oldini olishga javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan 
xalq to‘planadigan joylar vabozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi 
aytiladi: “Biron bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar 
bersinlar”. 


Islom dinida ham pora harom qilingan, bu borada hadislar ham juda ko‘p. Ulardan 
biri Payg‘ambarimizning mana bu qarg‘ishlaridir: "Pora beruvchiga ham, pora 
oluvchiga ham Allohning la’nati bo‘lsin!". Yana ul zot aytadilar: "Pora beruvchini 
ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham 
Alloh la’natlasin!". 
Alisher Navoiyning zamondoshi, podshoh Husayn Boyqaroning voizi Husayn 
Voiz Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga nasihat tariqasida 
quyidagi pandni bergan edi: 
“Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, 
to bir kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora 
olishga sabab bo‘lsa, pora olishga ruxsat bergan bo‘ladi. Pora berish va pora olish 
haromdir. Va pora olgan pora bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi 
beruvchi oldida zabun bo‘ladi”. 
XX asrga kelib Shvesiya, Singapur, Yangi Zelandiya, Shveysariya kabi 
mamlakatlarda korrupsiyani qattiq jilovlashga muvaffaq bo‘lindiki, mazkur 
davlatlar fuqarolari va davlati orttirgan tajriba barchani korrupsiyaga qarshi 
kurashga ruhlantirmoqda. 
Ijtimoiy hayotdagi korrupsiyaning amal qilish sohalari. Hozirgi davrdagi 
“korrupsiya” (
lotincha
: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — tushunchasini 
sharhlaydigan bo‘lsak, u asosan, “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni 
suiiste’mol qilish” ma’nosida ishlatiladi. Korrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy 
sababini keltirish odat tusiga kirdi: 
1.- Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta’lim-tarbiya 
ko‘rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo 
bo‘ladi. 
2.- Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. 
Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, 
mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq 
vaqt mansabda turishga ishonchsizlik paydo bo‘lishi kabilar korrupsiyani 
rag‘batlantiruvchi omillardir. 
3.- Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch 
keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud 
ular ko‘p miqdorda mablag‘ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga 
cho‘ziladi. Shunday holatlarda korrupsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qisqa yo‘llar 
ochiladi. 
4.- Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi 
tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. 
Bunday sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan 
taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi. 
-Korrupsiya konturlari va oqibatlari: Korrupsiya deganda, umumiy ma’noda, 
shaxsiy boylik orttirish va shaxsiy manfaati yo‘lida shaxsga ishonib topshirilgan 
lavozimini qasddan va noqonuniy suiiste’mol qilish tushuniladi. 
-Korrupsiya boshqaruvning barcha darajalarida uchraydi: global, milliy va 
mahalliy. Barcha turdagi agentlar (jismoniy shaxslar, korxonalar, davlat 


xizmatchilari va siyosatchilar) korrupsiyaga ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda jalb 
qilinishi mumkin. 
-Korrupsiya turli shakllarga ega: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni 
o‘zlashtirish, fitna, hokimiyatni suiste’mol qilish, xushomadgo‘ylik, sovg‘a, 
qarindoshlik, homiylik va boshqalar. 
-Korrupsiyaning holatiga turli omillar: ijtimoiy va madaniy sharoit, institutsional 
va tashkiliy tuzilmalar, siyosiy muhit, shuningdek iqtisodiy va tarkibiy o‘zgarishlar 
siyosati ham ta’sir qiladi. 
-Yirik korrupsiya deganda, amaldagi davlat siyosatini yo‘qqa chiqaradigan, 
hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq 
hisobidan manfaat ko‘rishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi. 
-Mayda korrupsiya deganda, odatda kasalxonalar, maktablar, militsiya bo‘limlari 
va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar 
bilan aloqa qilishda hokimiyatning quyi va o‘rta bo‘g‘inlari mansabdor 
shaxslarining kundalik ishonchli vakolatlarini suiiste’mol qilishlari tushuniladi. 
-Siyosiy sohada korrupsiya demokratik tamoyillarga o‘tish jarayonini to‘xtatadi, 
siyosiy maqsadlarni umummilliy rivojlanish maqsadlariga emas ayrim 
guruhlarning maqsadlariga tobe qiladi, qonun ustuvorligini buzilishiga, siyosiy va 
sud institutlari faoliyatining samarasi tushishiga, mamlakat obro‘sining tushishiga 
va haqiqiy siyosiy raqobatning yo‘qolishiga olib keladi, shu bilan hokimiyatga 
ishonch susayadi, uni jamiyatdan uzoqlashtiradi. 
-Iqtisodiy sohada korrupsiya davlat mablag‘lari va resurslarining samarasiz 
taqsimlanishi va sarflanishiga, biznesni yuritishda ko‘p vaqt va moddiy 
xarajatlarga, moliyaviy va tijorat xavflarining o‘sishiga, narxlarning o‘sishiga, 
raqobat muhitining yomonlashishiga, xufiyona iqtisodiyotning o‘sishiga, soliq 
tushumlarining 
kamayishiga, 
investitsion 
muhitning 
yomonlashishiga, 
investitsiyalarning kamayishi va umuman mamlakat iqtisodiyoti samaradorligining 
pasayishiga olib keladi. 
-Ijtimoiy sohada korrupsiya ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlikning kuchayishi, 
hokimiyatning byudjet sohasiga zarar yetkazuvchi “zarbalar” (“otkat”)lar tufayli 
ijtimoiy 
muammolarni 
yechishga 
qodir 
bo‘lmay 
qolishi, 
uyushgan 
jinoyatchilikning kuchayishi va jamoatchilik ko‘z o‘ngida qonunning 
obro‘sizlanishiga olib keladi. Bu axloqiy me’yorlar mohiyatining yo‘qolishiga va 
ijtimoiy keskinlikning o‘sishiga sabab bo‘ladi. 
Korrupsiya qanday o‘lchanadi? 
O‘zbekistonda korrupsiya dinamikasi va buning sabablari haqida. Uni qanday 
o‘lchash va u bilan qanday kurashish mumkin? O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi 
kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga 
kiradi 
Korrupsiyani o‘lchash rasmiy muomaladan resurslarni chiqib ketishi va davlat 
boshqaruvidagi muammoli sohalarni aniqlashga yordam beradi. Davlat xazinasidan 
yo‘qotilgan pul miqdorini hisoblash bilan bir qatorda, korrupsiya to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar davlat va jamoat institutlarining alohida e’tiborini talab qiladigan 
qonunchilik tizimining sifati, qonunlarga muayyan sohalarda amal qilinishi, davlat 
siyosatining samaradorligi kabi davlat boshqaruvining muammoli sohalari haqida 


xabar beradi. Korrupsiya to‘g‘risida nisbatan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish 
tufayli hukumat davlat xizmatlarini taqdim etishdagi tengsizlik, qashshoqlik va 
izolyasiya, shuningdek, pul olib chiqish (otmivaniye), soliq to‘lashdan bo‘yin 
tovlash va poraxo‘rlikka yo‘l ochib beradigan moliyalash tizimidagi bo‘shliqlar 
(lazeykalar) kabi qator masalalarni hal qilish uchun samaraliroq siyosat va tartibga 
solish vositalarini ishlab chiqishi mumkin. 
Bugungi kunda dunyoda korrupsiya darajasini o‘lchashning beshta asosiy usuli 
qo‘llaniladi. Ularning barchasining afzalliklari ham, kamchiliklari ham mavjud. 
Zero, korrupsiya to‘g‘risida aniq ma’lumot olish juda qiyin, ushbu faoliyat bilan 
shug‘ullanuvchi barcha shaxslar ko‘p hollarda kimligi ochiqlanishini 
xohlamaydilar. 

Download 323.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling