10-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati Reja


Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini


Download 323.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana21.06.2023
Hajmi323.89 Kb.
#1640592
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu

4. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini 
tubdan takomillashtirish to’g’risida PF-5618 son farmonni tushuntirish orqali 
talaba yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish. 
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun 
ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim 
shartlaridan biri hisoblanadi. 
So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy 
madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida 
sezilarli ishlar amalga oshirildi. 
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini 
shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga
jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to‘sqinlik 
qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. 
Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va 
tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida 
bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi 
sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa 
institutlarining ishtiroki yetarlicha ta’minlanmagan. 
Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan 
huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq 
qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan 
murosasizlik hissini uyg‘otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi. 
Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda 
belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta’sirchan mexanizmi 
mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning 
samarasiz olib borilayotganligini ko‘rsatadi. 
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda 
jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini aholi ongiga 
singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini 
ta’minlashga o‘zining jiddiy salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. 
Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining 
qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli 
foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va 
qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda. 
Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining 
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, 
targ‘ibotning ilg‘or va ta’sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi 
ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. 


Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar 
samaradorligini 
yanada 
takomillashtirish, 
fuqarolarning 
ijtimoiy-siyosiy 
o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning 
zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli 
axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni 
shakllantirish maqsadida: 
1. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning 
asosiy vazifalari etib belgilansin: 
aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul 
qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini 
izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida “Jamiyatda qonunlarga 
hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning 
garovidir!” degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash; 
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-
tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish, 
maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong 
va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat 
manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish; 
yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-
axloq normalarini chuqur singdirib borish, 
Konstitutsiyaning
 muhim jihatlarini 
ularga bolaligidan boshlab o‘rgatish; 
aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy 
tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda 
tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish 
tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini 
kuchaytirish; 
davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, 
ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik 
munosabatini shakllantirish; 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza 
qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy 
targ‘ibotni amalga oshirish borasidagi o‘zaro hamkorligini mustahkamlash; 
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil 
etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli 
asosda yo‘lga qo‘yish; 
ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini 
oshirish, huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu 
jumladan, veb-texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish; 
yuridik ta’limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; 
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini 
chuqur tadqiq etish. 
2. “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan 
konseptual g‘oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka 
erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy 


bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli 
huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning 
ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin. 
3. Belgilab qo‘yilsinki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — ta’lim muassasasi — tashkilot — 
jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi. 
Nazorat savollari: 
1. 
Husayn Voiz Koshifiy o‘zining “Axloqi muhsiniy” asarida shohzodaga 
nasihat tariqasida qanday pandni bergan edi. 
2. 
“Artxashastra”ning nechanchi bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. 
3. 
Korrupsiya qanday o‘lchanadi. 
4. 
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplarini ayting. 
5. 
2018 yil 9 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari 
to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunning 12-moddasi nima deb 
nomlanadi va u mohiyati. 

Download 323.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling