10-mavzu: Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar Reja
Download 233 Kb.
|
Ijtimoiy iqtisodiy huquqlar.
Fuqarolar normal hayot kechirishi, tabiiy va ma’naviy boyliklardan foydalanishi, bilim olishi, mehnat qilishi, sog‘lig‘ini saqlash uchun tegishli imkoniyatlarga ega bo‘lishi shart. Bu imkoniyatlar davlat tomonidan yaratiladi va ulardan foydalanish uchun qonun doirasida huquqlar o‘rnatiladi. Bunday huquqlarning asosiylari Konstitutsiyada belgilanadi. Fuqarolarning mulkka egalik qilish, mehnat qilish, dam olish, nafaqa olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish, ilmiy va texnikaviy yutuqlardan foydalanish kabilarga bo‘lgan huquqlari «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar» deb yuritiladi.
Bu huquqlar davlat tomonidan o‘rnatilib, davlatning iqtisodiy qudrati oshib borishi, imkoniyatlarining kengayishi natijasida yanada kengayib boradi. Bu huquqlardan foydalanish orqali fuqarolar o‘z yashash sharoitini o‘zi ta’minlaydi. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobi «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar» deb atalib, uning alohida moddalarida belgilangan qoidalar fuqarolarning turmush tarzi normal bo‘lishini ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar doirasi, qo‘llanish tarzi har qanday demokratik davlatlardan kam emas va belgilangan qoidalar xalqaro hujjat normalariga va ularda belgilangan talablarga mosdir.
Download 233 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling