10-mavzu: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi. Reja


Download 287.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana12.02.2023
Hajmi287.5 Kb.
#1191061
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu

maslahatchi, ilmiy xodim, ichki ishlar kabi birikma terminlar o„zbek tilida ot 
turkumiga oid lug„aviy birliklar ichida ko„plab uchraydi. 
Birikma terminlar so„z turkumi nuqtai nazaridan, aytilganiday, chegaralangan 
emas. U sifat turkumida ham ko„plab uchraydi. Masalan, avzoyi buzuq, amri 
mahol, arzon-garov, arki namokob kabi birikma terminlarni ko„rsatish mumkin. 
Bunday birikma terminlarning hokim bo„lagi sifat turkumiga mansub bo„lib, tobe 
bo„lagi ot turkumida ham, sifat turkumida ham bo„lishi mumkin. Yuqoridagi 
birikma terminlarning 1- va 2-sida tobe bo„lak ot, keyingi ikkitasida esa sifatga 
oiddir. Birikma terminlar fe‟l turkumida ham uchraydi. Masalan, aholining 
absolyut o‘sishi, aybga buyurmoq, aksiga olmoq, aks tegmoq kabi birikma 
terminlarni ko„rsatish mumkin. Bunday birikma terminlarning ham hokim bo„laga 
fe‟l bo„lib, tobe bo„lagi ot yoki sifat turkumiga mansub ekanligi kuzatiladi. Tobe 
bo„lak ot turkumiga mansub bo„lsa, birikma yo obyektli birikma, yo predikativ 
qo„shilma qolipida tarkib topadi. Yuqoridagi birikma terminlarning 2- va 3-si 
obyektli birikma qolipida bo„lib, oxirgisi predikativ qo„shilma qolipidadir. Birinchi 
sifat birikmali terminning tobe bo„lagi esa uyushmagan aniqlovchilardan iborat. 
Birikma terminlar ravish turkumida bo„lishi ham mumkin. Biroq u tilda juda kam 
uchraydi. Masalan, aks holda birikma termini ravish turkumidadir. 
Birikma terminlar murakkab birikmadan tarkib topganligi ham tilda kuzatiladi. 
Masalan, yuqorigi o‘rta kurak tish kabi. Bunday birikma terminlarda ham eng 
so„nggi o„rindagi bo„lak hokim bo„lak bo„lib, birikma ma‟nosi mohiyatini 
belgilaydi.Turli korxona, muassasa, tashkilotga, gazetalarga berilgan nomlar ham 
birikma terminlar tipiga kiradi. 
Birikma terminlar ikki xil bo„ladi
8

1.Yig„iq birikmalar. Bular ikki komponentli birikmalardir: yog‘och to‘qmoq, kitob 
tokchasi, taxta pol, qo‘yim qoldirish (yog„ochsozlik); odil sudlov, sud 
taftishi (yuridik). 
2.
Download 287.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling