10-Mavzu: Iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishida qulay investitsion muhitning yaratilishi


Download 7.98 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi7.98 Kb.
#1817690
Bog'liq
10.1-Mavzu

10.1-Mavzu: Iqtisodiy rivojlanishning ta’minlanishida qulay investitsion muhitning yaratilishi

  • Reja:
  • 1. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va turlari.
  • 2. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda investisiyalarni jalb qilishning ahamiyati
  • 3. Real sektor iqtisodiyoti tarmoqlariga investisiyalarni jalb qilishning me’yoriy huquqiy asoslarining yaratilishi
  • 4. O’zbekiston investitsion siyosati va uni takomillashtirish yo’llari.

1. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va turlari.

  • Investisiya (lot. investio – o’rash) – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o’z mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovasiya, tadbirkorlik loyihalariga sarmoya kiritishdir.

A.Smit fikricha jamiyat iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash uchun sof investisiyalar normasini uzluksiz oshirib borish zarur. U ta’kidlaganidek, “Biz qachonki biror-bir xalqning ikki xil davrdagi holatini o’rganganimizda uning hozirgi davridagi yetishtirgan tovar-mahsulotlari, mehnat hajmi o’tgan davrga nisbatan ko’payganligini kuzatamiz.

A.Smitning fikricha ikki ko’rinishda investisiya bo’ladi:

  • Investisiyalar – ishlab chiqarish binosi, inshooti, foydali mashinalar, jihozlar, yerning holatini yaxshilashga sarflangan kapitalni tiklash va ko’paytirishga sarflangan xarajatlar.
  • Investisiyalar – milliy boylikni qayta taqsimlash orqali sarflanadigan xarajatlar.

Dj.St.Millning ta’kidlashicha, unumli mehnatdan olinadigan daromadlar ishlab chiqarish shaklida iste’mol qilinadi. Agar bu iste’mol ishlab chiqaruvchi kuchlarni qo’llab-quvvatlasa va ko’paytirsa unda kapital hosil bo’ladi, kapital esa – investisiyalarning asosi sifatida bandlik va ishlab chiqarish ko’lamini kengaytiradi.

K.Marksning fikricha “kapital – bu doiraviy aylanish jarayonida harakatda bo’lib, o’z navbatida o’zida doiraviy aylanishning uchta turli shaklini mujassam etgan turli bosqichlarni bosib o’tadi”. - birinchi bosqich pulga ishlab chiqarish omillari sotib olinadi. Ikkinchi bosqichda esa bozordan sotib olingan resurs-tovarlar va ishchi kuchi yordamida tovarlar ishlab chiqariladi va uchinchi bosqichda esa ishlab chiqarilgan tovarlar realizasiya qilinadi.

A.Marshall esa“Investisiyalarga kapital ko’rinishda sarflangan kelgusida egasiga daromad keltiradigan hamma xarajatlarni kiritadi. Bu xarajatlar savdo-sanoat kapitali (fabrika, mashinalar, xom ashyolar, uy-joylar, kiyim- kechaklar, oziq-ovqatlar)ga va pul kapitali (garov asosida beriladigan ssudalar va pul bozori ustidan nazoratning boshqa shakllari) hisoblanadi”.

J.Keyns investisiyalar kategoriyasi haqida so’z yuritib, investisiyalarga “…asosiy aylanma yoki likvid kapitaldan tashkil topgan mulkiy ko’rinishdagi kapitalning qiymat ortishining har qanday holatini kiritish mumkin” deb ta’rif bergan. Uningcha “jamg’armalar emas, aynan investisiyalar daromadning o’zgarishi, o’sishiga olib keladi”.

  • J.Keyns investisiyalar kategoriyasi haqida so’z yuritib, investisiyalarga “…asosiy aylanma yoki likvid kapitaldan tashkil topgan mulkiy ko’rinishdagi kapitalning qiymat ortishining har qanday holatini kiritish mumkin” deb ta’rif bergan. Uningcha “jamg’armalar emas, aynan investisiyalar daromadning o’zgarishi, o’sishiga olib keladi”.

Mamlakatimizning iqtisodchi-olimlari A.O’lmasov va N.To’xliyevlarning fikricha, - “investisiya iqtisodiyotning barcha soha, bo’g’inlarida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida moddiy va nomoddiy, inson kapitalini iqtisodiyotga kiritish yo’li bilan amalga oshirilgan kapital jamg’arish jarayonidir” deb ta’riflanadi.

O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan “Investisiya faoliyati to’g’risida”gi qonunida investisiyalar “Iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’yektlariga solinadigan moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularga bo’lgan huquqlari” sifatida ta’rif beriladi.

O’zbekiston Respublikasining “Chet el investisiyalari to’g’risida”gi qonunida “Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’yektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy hamda ularga doir huquqlar, shuningdek, chet el investisiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investisiyalari”, - deb ta’riflangan.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida investisiya jarayonlarining asosi sifatida real investisiyalar maydonga chiqishi lozim.

  • Real investisiyalar - bu moliyaviy, mulkiy, intellektual va boshqa boyliklarni to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarishga safarbar qilishdan iborat. Demak, real investisiyalar asosiy kapitalning o’sishiga, yangilanishiga, ishlab turgan korxonalarning kengaytirilishiga, moddiy boyliklarning ko’paytirilishiga olib keladi.

2. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda investisiyalarni jalb qilishning ahamiyati

  • Investisiyalar har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda muhim o’rin egallaydi. Iqtisodiy transformasiya jarayonini boshidan kechirgan va oldingisidan farqli o’laroq yangi iqtisodiy tizimni shakllantirish yo’lini tutgan davlatlarda investisiyalarga bo’lgan ehtiyoji yuqori bo’ladi. Chunki investisiyalar milliy xo’jaliklarda eski iqtisodiy tizimni isloh qilish, inqirozlarning oldini olish, ijtimoiy-iqtisodiy tanglikni bartaraf etish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish va islohotlarni chuqurlashtirishda hal etuvchi moddiy omil bo’lib hisoblanadi.

Download 7.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling