10-mavzu: Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yo’llari Reja


Download 437 Kb.
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi437 Kb.
#1208388
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yoʻllari


10-mavzu: Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yo’llari
Reja:
Jamoa – ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh va uning o‘ziga xosligi.
O‘quvchilar va tengdoshlar orasidagi konfliktlar
Mehnat jamoasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan konfliktlar.
Jamoadagi konfliktni boshqarish tartiblari.

Tayanch so’z va iboralar: jamoa, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit, ijtimoiy munosabatlar, insonparlik, ijtimoiy guruh, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, guruhli maslahat, konflikt, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, mehna tjamoasi, frusturatsiya, muammoli xulq-atvor, rahbar va o’qituvchi o’rtasidagi nizolar


ADABIYOTLAR:
Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya. O’quv qo’llanma. -T.: 2014.
Ibragimov X., Yo’ldoshev U. va boshqalar. Pedagogik psixologiya. O’quv qo’llanma. -T.: 2009.
Salayeva M.S. Umumiy pedagogika. Darslik. - Toshkent “Nodirabegim”. 2021. – 598 bet.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. Darslik. -T.: Iqtisod-moliya, 2011. -420 b.
Леонов Н.И. Конфликтология. Учебник. – М.: 2006.
Козер Л. Основы конфликтологии. Учебное пособие. - СПБ., 1999.
Степанов Е.И. Современная конфликтология. (Учебное пособие). — М.: 2008.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu yo‘l jamiyatimiz kelajagini o‘z qo‘llariga oluvchi – yoshlarga beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilanadi. Shu nuqtai nazardan 1997 yil 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va ”Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda shaxs bosh va markaziy o‘rinni egallab, modelninig qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta’lim tizimi individ hayotga kelgandan boshlab, to maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.


Ta’lim-tarbiya muassasalari o‘z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin. Ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa, jamiyatning barcha a’zolari shu ziddiyatni yengib, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara oladimi?!
Demak, ta’lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta’sirlar, ya’ni kundalikdagi ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko‘rsatayotgan ta’siri, ularni ijtimoiy-pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o‘rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e’tibor berilmagan pedagogik yondoshuv zaruratini vujudga keltirmoqda. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari shaxsga, ayniqsa, yoshlarga albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunga ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyot, ko‘cha-kuy, mahalladagi voqiyliklar, ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosabatlar, ishlab chiqish jarayoni, ilm-fanning turli sohalari. Ammo pedagoglar uchun o‘sha jamiyatdagi hodisa, jarayonlar va munosabatlarning yoshlar ongiga, insonlarning ma’naviy hayotiga, odob-axloq me’yorlariga bo‘lgan ta’siri muhimroqdir.
Inson shaxsining pedagogik-psixologik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik jihatdan ta’sir ko‘rsatishning zarur shartidir.
Pedagogik-psixologik korreksiya, yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘quvchining qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan pedagogik-psixologik rivojlanish xususiyatlarini “to‘g‘rilashga” qaratilgan mutaxassis faoliyatini aks ettiradi.
Psixologiya fanlari nomzodi Galina Sergeevna Abramovaning fikricha, shaxsiy psixologik korreksiya odamning ichki dunyosini diskert tavsifiga (psixologning) asosli ta’sir qilishidir. Odam “Erdagi jonli evolyusiyaning so‘nggi pog‘onasidir”, ijtimoiy tarixiy faoliyat sub’ektidir. Shaxs – ijtimoiy rivojlanish fonemeni, ong va tushunchaga ega aniq tirik odam.
Shaxsga doir rivojlanish-ijtimoiylashuv va tarbiya natijasida odamzodning ijtimoiy xususiyati sifatidagi shaxsning shakllanish jarayonidir.

Download 437 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling