10-mavzu: Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yo’llari Reja


Ta’lim muassasasi rahbar xodimlar va o‘qituvchilari o‘rtasidagi konfliktlar


Download 437 Kb.
bet4/6
Sana17.02.2023
Hajmi437 Kb.
#1208388
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yoʻllari

Ta’lim muassasasi rahbar xodimlar va o‘qituvchilari o‘rtasidagi konfliktlar
Bugungi kunda zamonaviy axbort maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Biz butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, erkin va farovon hayot kechirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz. Ota-bobolarimiz ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak ahloqiy tuyg‘u va tushunchalar qadrlanadi.
I.A.Karimov ta’kidlaganidek,”...agar biz ahil bo‘lsak, el-yurt manfaati yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib yashasak, o‘zimizdan sotqin chiqmasa, o‘zbek halqini hech kim, hech qachon yenga olmaydi. Irodasi baquvvat odam o‘ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi, yoningizda turib, qo‘lidan kelgancha yordam berishga, qiyinchilik larni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi”.
Har qaysi fuqaro, har qaysi inson, jamiyat taraqqiyoti va uni yangilashga, ma’naviy hayotimizni turli tahdid va xurujlardan himoya qilish masalasiga bo‘lgan o‘z burchi va mas’uliyatini o‘z turmish va tafakkur tarzimizga mos, biz barpo etishga intilayotgan kuchli fuqorolik jamiyati talablariga javob beradigan munosabatlar sifatida namoyon etishi darkor.
Muammoning yechimini topmasdan turib, konfliktni ijobiy hal etib bo‘lmaydi. Agar konfliktga e’tibor berilmasa, muammo yechilmay qolib ketadi, u yo‘qolmaydi, bilaks chuqurlashib, o‘t olib, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Konfliktlar yechimini topa bilishda esa maxsus bilimlar qo‘l keladi. Muammoning yechimiga qaratilgan umumiy sayi-harakatlar esa uning chuqurlashib ketib, og‘ir natijalarga olib kelishining oldini oladi. Shu bois, konflikt vujudga kelganida undan uzoqroqda emas, balki unga nisbatan faol munosabatda bo‘lish darkor. Konfliktga nisbatan faol munosabat esa konfliktlar yechimi bo‘yicha maxsus bilim va ko‘nikmalarning qo‘llanilishini anglatadi.
Konfliktlar turli joylarda sodir bo‘lishi mumkin. Mana shunday konfliktlardan biri – siz ishlayotgan mehnat jamoasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan konfliktlardir. Jamoada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan konfliktlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘ladi. Jamoada sodir bo‘ladigan konfliktlar mana shu jamoada ishlayotgan barcha xodimlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.


Download 437 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling