10-mavzu: kichik va katta guruhlar psixologiyasi


Kichik guruhlar psixologiyasi


Download 52.66 Kb.
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi52.66 Kb.
#1311173
1   2   3
Bog'liq
10-seminar YP

Kichik guruhlar psixologiyasi
Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko’plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan obyektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida o’tkazilgan ko’plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo’lib, ularda olimlar oldiga qo’yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo’lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi kabi savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o’zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo’lganligi faktining (koaksiya) ta’siri o’rganildi.
Olingan ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo’lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo’lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo’lib, bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo’ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatildi, ya’ni, boshqalar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari kuzatildi. Bu xodisa fanda ingibitsiya nomini oldi. Lekin olingan faktlarning qandayligidan qat’i nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.
Nazorat savollari.
1.Etnik guruxlarga ta’rif bering.
2. Katta va kichik guruxlarning uziga xos xususiyatlari nimada?
3. Guruxlardagi dinamik jarayonlar kaysilar?
Asosiy adabiyotlar:
1. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O„z.FMJ., 2008.
2. Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To`ychieva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T. TDPU, 2009 .
3. Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”:– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.
4. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.
5.G‘oziev E.G‘. “Ontogenez psixologiyasi”.-T.: Noshir. 2010.
6. Югай А.X., Mираширова . Н.А. «Oбщая психология» T. ТГПУ, 2014.
7. Ғозиев.Э.Ғ. Психология (Ёш даврлари психологияси) T:Ўқитувчи. 1994 y.

Download 52.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling