10-Mavzu: Klinkerni kuydirishda kechadigan jarayonlar Reja
Klinker kuydirish pechlarining ishlashi va tuzilishi
Download 26.52 Kb.
|
1 2
Bog'liq10 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Aylanma pechlar ishining asosiy ko‘rsatkichlari
2. Klinker kuydirish pechlarining ishlashi va tuzilishi
Uzunligi 185 m va diametri 5 m bo‘lgan pech yirik korxonalarda o‘rnatish uchun qabul qilingan eng yangn konstruksiyadagi aylanma pechdir. Pechga gorizontal panjara-to‘rli itarib beruvchi sovitgich o‘rnatilgan. Panjara-to‘r qo‘zg‘aladigan va qo‘zg‘almaydigan paletlardan iborat. Qo‘zg‘aladigan paletlar qaytma-ilgarilama harakat qiladi. SHu harakat vaqtida klinker to‘r ustidagi material qatlami orasidan o‘tayotgan havo bilan sovitiladi. Sovigan klinkerni maydalash uchun sovitgichga bolg‘achali maydalagich o‘rnatilgan. Klinker rayonlarning iqlim sharoitlariga qarab ochiq va yopiq omborlarda saqlanadi. So‘nggi yillarda klinkerni saqlash uchun siloslar ham ishlatilmoqda. Ularning sig‘imi 3…5 sutkada ishlab chiqarilgan klinker hajmiga teng. Pech sovitgichidan klinker kurakli transportyorlar yoki vagonetkalar orqali omborlarga jo‘natiladi. Klinker omborlarida greyfer ko‘prik kranlar bo‘lib, ular faqat ombordagi yuk ortish, yuk tushirish va klinkerni tuyish bo‘limining transport vositalariga uzatish ishlarini bajarib qolmasdan, ayni vaqtda klinkerga tashqaridagi havo yaxshiroq tegishi uchun uni aralashtirib ham turadi. Klinker omborlarining hajmi ancha katta bo‘lib, ularga 30 t va undan ortiq klinker ketadi, Bunday omborlar asosan klinkerni etiltirish uchun kerak. Omborlarda saqlash davomida klinkerdagi erkin ohak havo nami ta’sirida so‘nadi. SHu bilan klinker struktura jihatdan kovak bo‘lib koladi va shuning uchun osongina tuyiladi. Ayrim vaqtlarda klinkerga suv ham sepiladi. 3. Aylanma pechlar ishining asosiy ko‘rsatkichlari Etiltirish muddati klinkerni kuydirish sifatiga bog‘liq. Aylanma pechlarda olingan klinkerni, shuningdek, kuydirilgan klinkerlarni etiltirmasa ham bo‘ladi. Bu korxonani avtomatlashtirishda katta ahamiyatga ega. Ish unumi hamda 1 kg klinkerni kuydirish uchun sarflanadigan issiqlik aylanma pechlar ishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. SHuni aytib o‘tish kerakki, portlandsement ishlab chiqarish ho‘l usulining muhim kamchiligi ham bor. Shlam namini qochirish uchun anchagina (umumiy sarfning 30% gacha) yoqilg‘i sarflash kerak. SHuning uchun pechning foydali ish koeffitsientini oshirish maqsadida iloji boricha nami kam bo‘lgan shlam ishlatish zarur. Pechda issiqdan unumli foydalanish kerak. Buning uchun atrof-muhit bilan kuydirilayotgan material o‘rtasida issiqlik almashuvini yaxshilash lozim. Birinchi tadbirni, ya’ni shlam namini qochirishni uch usulda amalga oshirish mumkin: shlam suyultirgichlar ishlatiladi, ortikcha suv mexanik usulda yo‘qotiladi va shlam nami bug‘lantiriladi. Shlam suyultirgich sifatida turli moddalar-soda, suyuq shisha, torf yoki qo‘ng‘ir ko‘mirning sodali eritmasi, bitum va tog‘ mumi chiqindilaridan bo‘lgan ishqoriy torf moddalari, uch polifosfat (Na2R3O10) va boshqalar, ko‘proq sulfit-spirt bardasi ishlatiladi. Ozgina sulfit-spirt bardasi (quruq aralashma og‘irligining 0,15…0,3%) qo‘shganda ham shlamning oquvchanligi ancha ortadi. Bu esa shlamning ana shu oquvchanlngini saqlagan holda namni 2…3% kamaytirishga imkon beradi. Natijada faqat yoqilg‘i sarfi kamayib qolmasdan, shu bilan birga pech unumdorligi ham ortadi. Chunki bu holda, issiqlikning ko‘p qismi klinkerni kuydirishga sarflanadi. Ikkinchi va uchinchi usulda shlam nami mexanik ravishda qochiriladi. Bunda qo‘llaniladigan turli mexanizm va asboblarning tuzilishi hamda ishlashi maxsus kurslardan mustaqil o‘rganiladi. Materialning issiq havoga duch keladigan sathini kengaytirish bilan kuydirilayotgan material va gaz okimi o‘rtasidagi issiqlik almashuvini kuchaytirish mumkin. Buning uchun pechning sovuq tarafida 35…40m (700-800) masofada zanjirlar osiladi. Shlam zanjir xalqalarga yopishadi. Natijada osib qo‘yilgan zanjir-to‘r orasidan o‘tayotgan gaz oqimiga tegadigan shlamning yuzasi keskin kengayadi. Bundan tashqari, pech aylanayotganda zanjirlar materialni yaxshilab aralashtiradi. Bu ham shlamga gazlarning yaxshi tegib o‘tishini ta’minlaydi. Zanjir-to‘rlar pechdan kam chang chiqishiga ham yordam beradi. Zanjirlar bir uchidan, ikkala uchidan o‘ram holida yoki bir uchidan to‘p-to‘p qilib osiladi. Zanjirlarni o‘ram holida, shuningdek murakkab shaklda osish ham yaxshi natija beradi. Uzun pechlarda zanjirlarning umumiy uzunligi 2000 m va undan ortiq bo‘ladi, ularning yuzasi esa taxminan 1500 m2. Zanjir to‘r-parda issiqlikni 10…15% kam sarflaydi va pech unumdorligini shuncha miqdorga oshiradi. Zanjir-to‘r orqasiga (ancha yuqori temperatura eonalarida) turli konstruksiyadagi issiqlik almashtirgich o‘rnatish ham pechda issiqlik almashinuvini yaxshilaydi. Issiqlik almashtirgichning o‘tga chidamli po‘latdan ishlangan 10…12 ta seksiyasi bor. Seksiyalar pech bo‘yi baravar joylashgan bo‘lib, har bir seksiyada oltitadan tokcha bor. Pech aylanganda tokchalar materialni sidirib oladi va yuqoriga ko‘tarib, to‘kib yuboradi. SHunda material aralashadi va issiqlik almashinuvi yaxshilanadi. Gaz oqimi temperaturasi 1100…1200°C bo‘lgan zonalarda sopol issiqlik almashtirgichlar o‘rnatiladi. Ularning ham osilgan zanjirlar kabi effekti katta, ya’ni klinkerni kuydirish uchun 10…15% kam issiqlik sarflanadi va shunga mos holda pechning unumdorligi ham ortadi. Pechni aralashma bilan ikki tomonlama ta’minlab turish usuli ham pech unumini oshirib, yoqilg‘i sarfini kamaytiradi. Bu, usulda pechning sovuq tarafidan shlam uzatiladi, pechning bosh qismidan esa mayda tuyilgan uruq domna shlagi, tes kullari purkaladi. Pechni bu usulda ta’minlab turish, yoqilg‘i sarfini ancha kamaytirib, pechning unumdorligini 10…15% oshiradi. Nazorat savollari 1.Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xom ashyo materiallari va ularning tarkibi qanday, guruhlarga bo‘lib tushuntiring ? 2.Klinker kuydirish pechlarining ishlashi va tuzilishini tushuntiring? 3. Xom ashyo materiallarini jarayoni qanday amalga oshiriladi? 4. Aylanma pechlar ishining asosiy ko‘rsatkichlari va avtomatlashtirish nimalarga bog‘liq? Download 26.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling