10-mavzu. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari. Reja


Download 91.12 Kb.
bet1/6
Sana15.03.2023
Hajmi91.12 Kb.
#1272198
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari


10-mavzu. Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari.
Reja:
10.1.Korxona daromadlari.
10.2. Korxonaning foydasi, uni taqsimlash.
10.3. Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash.
10.4. Korxona rentabelligi.
10.1. Korxona daromadlari
Sanoat korxonalari daromadi - foydasi to‘g‘risida tushuncha.
Daromad — keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega bo‘lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o‘z faoliyati natijasiga ko‘ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum.
Ishlab chiqarish samaradorligi xar bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi xisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari xamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchidan yaxshirok foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, maxsulot sifatini yaxshilashdir.
Samara - ishlab chikarilayotgan maxsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning foyda va daromad xajmini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida iqtisodiy samarani ifodalanadi.
Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, maxsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan takkoslash kerak. Samaradorlik, ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chikadi.
Samaradorlikning iqtisodiy va ijtimoiy turlari mavjud.

Download 91.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling