10-mavzu. Kreditning ta’minoti va uning shakllari ma’ruza rejasi
Garov predmeti sifatini baholash mezoni
Download 360 Kb.
|
10-MAVZU. KREDITNING TA’MINOTI VA UNING SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talablar va mulkiy huquqlarni o‘tkazish (sessiya)
Garov predmeti sifatini baholash mezoni
Talablar va mulkiy huquqlarni o‘tkazish (sessiya) Ba’zi mamlakatlar amaliyotida kredit ta’minoti sifatida talab va mulkiy huquqlarni o‘tkazish (sessiya) qo‘llaniladi Sessiya – bu qarzdor hujjati bo‘lib unga asosan qarzdor o‘zining talablari yoki mulkiy huquqlarini kredit ta’minoti sifatida bankka o‘tkazadi Amaliyotda sessiyaning 2 ta turi ishlatiladi: Ochiq va yashirin sessiya Ochiq sessiyada talabning o‘tkazilganligi to‘lovchiga ma’lum qilinadi YAhirin sessiyada uchinchi shaxs ogohlantirilmaydi, majburiyatlarini qarz oluvchiga qarz oluvchi esa uni bankka to‘lab beradi SHuning uchun mijozlarga o‘z obro‘si va imidjini saqlab qolishda yashirin sessiya afzalroq hisoblanadi Lekin banklar bu sessiyani riski yuqoriligi uchun uncha qo‘llashmaydilar Talablar va mulkiy huquqlarni o‘tkazish ta’minoti bo‘yicha kredit berilganda risklilik darajasini hisobga olib kredit ta’minotning 40 %igacha berilishi mumkin Halqaro amaliyotda kafolat va kafilliklar kredit ta’minotining shakllaridan hisoblanadi Bular ham garov kabi kreditor manfaatlarini yuridik va iqtisodiy tomondan himoya qiladi Bularning garovdan farqli tomoni shuki bunda javobgarlik qarzdorning emas balki uchinchi shaxs – kafilning zimmasiga tushadi Kafolatlanayotgan majburiyatlarning sub’ekti – garant sifatida moliyaviy jihatidan barqaror korxonalar mablag‘ga ega bo‘lgan maxsus muassasalar banklar ishtirok etishi mumkin AKSHda uzoq muddat davomida “10q10” prinsipi qo‘llanilgan Bunda qarz oluvchi kreditni olishdan oldin 10% va olganidan keyin yana 10 % jami 20 % miqdorida pulni bankka depozitga qo‘yishi kerak bo‘ladi Lekin bu holatda kafolat kreditor manfaatlarini qisman himoya qilishga xizmat qiladi xolos Kafolatning boshqa bir turi bu qarzdor bilan yaqin aloqalarda bo‘lgan barqaror moliyaviy korxona bo‘lishi mumkin Bunda garant korxona haqida ma’lumotlar kerak bo‘ladi Agar korxona ham shu bankda schyot ochgan bo‘lsa uni kreditga layoqatliligini hisoblash oson bo‘lishi mumkin, lekin u boshqa bankda hisobvaraq ochgan bo‘lsa uni kreditga layoqatliligini hisoblashda qiyinchiliklar bo‘ladi. Kafolatning samaradorligini bir qator omillar bilan bog‘liq: Garantning moliyaviy holatini bank tomonidan real baholash Kredit berishdan oldin bank kafil bilan uchrashib uni ushbu majburiyatni to‘lashga tayyorligiga ishonch hosil qilish kerak Kafillar o‘zlarining imkoniyatlari etmaydigan summaga kafolat bermasligi lozim garov mexanizmi kafolat kafillik va boshqalardan foydalanishda hozirgi amaliyotda quyidagi asosiy kamchiliklari mavjud: kredit ta’minotining ikkilamchi shakllarini qayta baholash va mijozni kreditga layoqatliligini baholashda pul okimini taxlil qilishdagi kamchiliklar; garov ob’ektining sifati uni saqlash va ishlatilishi tartibi; kafilning moliyaviy holati ustidan dastlabki va keyingi nazorat qilish mexanizmining yo‘qligi; garov shartnomasi shartlarini haqiqatdagi risk bilan mos kelmasligi; garov shartnomalari va kafillik xatlarini rasmiylashtirishdagi ularni haqikiy emasligiga olib keladigan kamchiliklar O‘zbekistonda kredit ta’minotining ikkilamchi shakllarini rivojlantirish istiqbollari haqida gapirganda ularning har birida mavjud bo‘lgan risklarni baholashga ham ahamiyat berish lozim Bu borada Germaniya tajribasi maqsadga muvofiqdir Bu erda banklar ta’minot samaradorligini baholashning 3 balli tizimidan foydalanadilar va unga mos ravishda kreditning yuqori chegarasini belgilaydilar Misol tariqasida quyidagi jadvalni keltirish mumkin. Jadval Download 360 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling