10-mavzu. Kreditning ta’minoti va uning shakllari ma’ruza rejasi


Ta’minotning ikkilamchi shakllarini sifatini baholash


Download 360 Kb.
bet8/9
Sana11.01.2023
Hajmi360 Kb.
#1088269
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-MAVZU. KREDITNING TA’MINOTI VA UNING SHAKLLARI

Ta’minotning ikkilamchi shakllarini sifatini baholash

Kredit ta’minoti shakli

YUtuqlar

Kamchiliklar

Sifat reytingi ballda

Kreditning maksimal summasi ta’minotga nisbatan

1 Ipoteka

  1. narxning barqarorligi;

  2. ko‘p marta foydalanish mumkinligi;

  3. saqlanishini nazorat qilish osonligi;

  4. garov beruvchi tomonidan ishlatilish imkoniyati

    1. notarial tasdik uchun qilinadigan yuqori xarajatlar

    2. baholashning qiyinligi

3

60-80%

2 Kredit bergan bankda mavjud bo‘lgan qo‘yilma-larning garovi

  1. kam xarajatlar;

  2. yuqori likvid ta’minoti

Solik huquqi bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin.

3

100%

3 Kafillik (kafolat)

  1. kafillik haqida yozma bitim

  2. kam xarajatlar

javobgarlikda 2-shaxsning ishtiroki

Kafilning kreditga layoqatliligini tekshirishda muammo bo‘lishi mumkin

2

Kafilning kreditga layoqatliligiga ko‘ra 100% gacha

Kredit ta’minoti shakli

YUtuqlar

Kamchiliklar

Sifat reytingi ballda

Kreditning maksimal summasi ta’mingotga nisbatan %

4 O‘immatli qog‘ozlar garovi

  1. kam xarajatlar

  2. narxlar o‘zgarishiini nazorat qilishni qulayligi

  3. realizatsiyanig osonligi

Bozor narxi tusatdan tushib ketishi mumkin

2

Aksiyalar 50-60% ishonchli foiz keltiradigan qimmatli qog‘ozlar 70-80%

5Mol etkazish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha talablarni o‘tkazish

  1. kam xarajatlar

  2. ochiq sessiyada tez foydalanish

    1. nazoratning intensivligi

    2. soliq bilan bog‘liq muammolar

1

20-40%

6 Mulkka egalik qilish huquqini o‘tkazish

  1. kam xarajatlar

  2. likvidligi yuqori bo‘lganda–tez sotilishi mumkinligi.

    1. baholash muammolari

    2. nazorat qilish muammolari

    3. sudga murojaat qilishdan foylanish

1

20-50%

YUqori samaradorlikni anglatadigan eng yuqori ballga ega bo‘lgan ta’minot shakllari ipoteka va depozit quyilmalarining garovi hisoblanadi Bu holatlarda kreditning maksimal chegarasi ham yuqori SHu bilan birga, ipotekani baholashning qiyinligi kreditning maksimal summasini biroz tushishiga sabab bo‘ladi
Kafillik (kafolat) va qimmatli qog‘ozlar garoviga nisbatan past ball olingan Kafilning kreditga layoqatliligi yuqori bo‘lganda kredit summasi 100% shubhali bo‘lganda esa kafillik shartnomasi yoki kafolat xatidagi summaga nisbatan kamroq belgilanishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘onunida ko‘rsatib o‘tilganidek tijorat banklari jismoniy va huquqiy shaxslarning mablag‘larini haq to‘lash asosida turli omonatlar va depozitlarga jalb qilishlari omonat va depozitlar uchun to‘lanadigan foizlarning o‘rnini qoplash uchun ularni kreditlarga qimmatli qog‘ozlarga va investitsiyalarga joylashtirishlari hamda daromad olishlari kerak Kredit berish chog‘ida banklar ta’minlanganlik haq to‘lash aniq maqsadga qaratilganlik qaytarib berish muddatlilik qoidalariga amal qilishlari shart Eng avvalo ta’minlanganlik asosida kreditning berilishi kreditning bankka qaytib kelishi uchun sharoit yaratish mumkinligini e’tiborga olmoq lozim
Moliyaviy jihatdan eng barqaror xizmat ko‘rsatadigan bank bilan ishonchli munosabatlarga erishgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga beriladigan ishonchli kredit bu hisobga kirmaydi Ta’minlashning asosiy turlari mol-mulkni va qimmatbaho qog‘ozlarni garovga qo‘yish hamda kafolatlardan iboratdir Kredit bo‘yicha olingan ta’minlanganlik (garov mol-mulk va boshqalar) kredit summasi va u bo‘yicha foiz stavkalarini to‘lashga etarli bo‘lgandagina kredit ta’minlangan deb baholanishi mumkin Olingan kredit mablag‘lari korxonada ishlab chiqarish zahirasi tugallanmagan ishlab chiqarish yoki tayyor mahsulot hamda mavjud moddiy boyliklarni ta’minlash uchun beriladi Garov sharti bilan beriladigan kreditni rasmiylashtiradigan vaqtida tijorat banki qarz oluvchi bilan yozma shartnoma tuzadi SHartnomada garov turi va uning bahosi mohiyati miqdori va garov bilan ta’minlanadigan majburiyatning bajarilish muddati hamda mol-mulk taraflarning kaysi birida ekanligini ko‘rsatilishi shart Bu shartnoma notarial tasdiklangan va adliya idoralarida ruyxatga olingan bo‘lishi kerak Mol-mulkni garovga qo‘yish qarz oluvchi mablag‘lari hisobidan sug‘urta idoralarida sug‘urtalab quyilishi shart
Agar kredit oluvchi kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa u holda garovni sotish choralari ko‘riladi kredit miqdori odatda garovga qo‘yiladigan mulk qiymatining 50 %idan 80 foizigacha miqdorida beriladi
SHu o‘rinda ta’minotining asosiy turlarini kayd etish lozimdir YA’ni ular:

  1. Qimmatli qog‘ozlar va mol-mulk garovi;

  2. Uchinchi shaxsning kafilligi;

  3. “O‘zbekinvest” “O‘zagrosug‘urta” “Kafolat” va “Madad” sug‘urta kompaniyalari “O‘zgosstraxnadzor” litsenziyasiga ega bo‘lgan kreditni to‘lay olmaslik riskini sug‘urta qiladigan sug‘urta polislaridir

Hozirgi paytda tijorat banklari garov kafillik yoki sug‘urta shartnomalarini kredit shartnomasini tuzgandan keyin rasmiylashtiradilar Lekin shartnomani kredit qaytishini kafolatlovchi hujjatlar taqdim etilganidan keyingina kuchga kirishi maqsadga muvofiq deb hisoblanishi mumkin
Quyidagi jadval orqali garovni baholash prinsiplarini ko‘rishimiz mumkin

Download 360 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling