10-mavzu. Mahsulotlar tannarxini xarajatlarni to‘liq taqsimlash va o‘zgaruvchan xarajatlar (direct costing)bo‘yicha hisoblash usullari


Download 40.72 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi40.72 Kb.
#1317985
Bog'liq
10-mavzu Direct costing


10-mavzu. Mahsulotlar tannarxini xarajatlarni to‘liq taqsimlash
va o‘zgaruvchan xarajatlar (direct costing)bo‘yicha
hisoblash usullari

Direkt-kosting tizimi bo‘yicha sarflangan xarajatlarni hisobga olish. Direkt-kosting tizimi bo‘yicha maxsulotlarning tannarxini kalkulyatsiya kilish. Marjinal daromad usuli bo‘yicha daromadlar va sarflar to‘g‘risidagi hisobot. Direkt-kosting tizimining Standart direkt-kosting tizimidan farqi.




10-mashq. Mahsulotlar tannarxini xarajatlarni to‘liq taqsimlash va o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha hisoblashga doir mashqlar
10.1. Quyidagi fikrga sizning munosabatingiz:
Realizatsiya qilingan tovarning tannarxi faqat o‘zgaruvchan xarajatlardan iborat bo‘lgan chakana savdoda ham yalpi foyda doim ham marjinal daromadga teng bo‘lmaydi.
Javobingizni asoslang. Noishlab chiqarishning o’zgaruvchan qismi o’zgaruvchan xarajatlar asosida mahsulot tannarxini aniqlashda mahsulot tannarxiga kiritiladi, bu marjinal daromadni kamaytiradi. Xarajatlarni to’liq taqsimlashda esa mahsulot tannarxiga kiritilmaydi.
10.2. Har bir alohida holat bo‘yicha bo‘sh qoldirilgan kataklarni to‘ldiring.

(A)

(B)

(S)

(D)

(E)

(F)

1 birlikning bahosi

1 birlikka to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan xarajatlar

Realizatsiya qilingan mahsulotlar soni

Marjinal daromad

Umumiy doimiy xarajatlar

Operatsion (yalpi) foyda

So‘m

So‘m

Birlik

So‘m

So‘m

So‘m

20

14

20 000

120 000

110 000

10 000

30

20

70 000

700 000

685 000

15 000

25

20

180 000

900 000

800 000

100 000

12

10

150 000

300 000

220 000

80 000



Sotishdan tushgan tushum=1 birlikning bahosi * Realizatsiya qilingan mahsulotlar soni
O’zgaruvchan xarajat= 1 birlikka to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan xarajatlar * Realizatsiya qilingan mahsulotlar soni
Marjinal daromad = Sotishdan tushgan tushum - O’zgaruvchan xarajat
Marjinal daromad = Umumiy doimiy xarajatlar+yalpi foyda


10.3. “ABS” kompaniyasi elektr jihozlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mahsulot bir birligining realizatsiya bahosi 12 so‘m. Bir birlik xarajatlari quyidagicha:

Ko‘rsatkichlar

So‘m

Asosiy materiallar

2

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari ish haqi xarajatlari, ishbay

1

Ishlab chiqarish ustama xarajatlari, o’zgaruvchan qismi

2

Ishlab chiqarish ustama xarajatlari, doimiy qismi

3

Jami:

8

Ma’muriy xarajatlar

yiliga 20 so‘m

Qo‘shimcha ma’lumotlar:



  • bir birlikka doimiy ishlab chiqarish xarajatlari yiliga 90 birlik reja ishlab chiqarish hajmida hisoblangan;

  • yil boshiga qoldiq mavjud emas.

Kompaniya oxirgi 3 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo‘yicha quyidagi natijalarga erishgan:






Yillar

1

2

3

Birlik

Birlik

Birlik

Davr boshiga qoldiq










Ishlab chiqarilgan

100

110

90

Realizatsiya qilingan

90

110

95

Davr oxiriga qoldiq












Talab qilinadi:
1. Har bir yil uchun zaxiralarni baholashni hisobga olgan holda quyidagi usullardan foydalangan holda foyda va zararlar haqidagi isobotni tuzing:

  • o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha tannarx aniqlash

  • xarajatlarni to‘liq taqsimlash bo‘yicha tannarx aniqlash

2. Tannarx hisoblashning 2 usulidagi foydaning bir-biriga mos kelmaslik sabablarini tushuntiring.
Javob: Xarajatlarni to’liq taqsimlash orqali tannarxni aniqlash






So‘m

Asosiy materiallar

2

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari ish haqi xarajatlari, ishbay

1

Ishlab chiqarish ustama xarajatlari, o’zgaruvchan qismi

2

Ishlab chiqarish ustama xarajatlari, doimiy qismi

3

Jami:

8

Ma’muriy xarajatlar

yiliga 20 so‘m

Foyda hisoboti






Realizatsiya( 12 so’m/bir * 7 birlik)

84 so’m



Realizatsiya qilingan mahsulotlar ishlab chiqarish
tannarxi ( 8 so’m/bir * 7 birlik)

56 so’m

Yalpi foyda

28 so’m

Noishlab chiqarish xarajatlari

0

Operatsion foyda

28 so’m

O’zgaruvchan xarajatlar asosida mahsulot tannarxini aniqlash



Ko‘rsatkichlar

So‘m

Asosiy materiallar

2

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari ish haqi xarajatlari, ishbay

1

Ishlab chiqarish ustama xarajatlari, o’zgaruvchan qismi

2

Jami:

5

Ma’muriy xarajatlar

yiliga 20 so‘m

Foyda hisoboti




Realizatsiya ( 12 so’m/bir * 7 birlik)

84 so’m

Jami o’zgaruvchan xarajat:
Realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi ( 5 so’m/bir * 7 birlik)
Noishlab chiqarish o’zgaruvchan xarajatlari (0)

35 so’m

Marjinal daromad ( 12 *7 – 35 )

49 so’m

Doimiy xarajatlar:
Ishlab chiqarish
Noishlab chiqarish (0)

3 so’m



Jami doimiy xarajatlar

3 so’m

Sof foyda

46 so’m

2. Tannarx hisoblashning 2 usulidagi foydaning bir-biriga mos kelmaslik sabablarini tushuntiring.

Javob: O’zgaruvchan xarajatlar asosida mahsulot tannarxini aniqlashda



  1. Doimiy (ishlab chiqarish,noishlab chiqarish) xarajatlar marjinal daromaddan ayriladi.

  2. Noishlab chiqarish (o’zgaruvchan) xarajati mahsulot tannarxiga kiritiladi.

Xarajatlarni to’liq taqsimlash orqali tannarxni aniqlashda

  1. Doimiy (ishlab chiqarish) xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritiladi.

  2. Noishlab chiqarish (doimiy,o’zgaruvchan) xarajatlari yalpi foydadan ayriladi.

Download 40.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling