10-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotiga rahbarlik qilish


Download 26.98 Kb.
Sana12.07.2023
Hajmi26.98 Kb.
#1659951
Bog'liq
10-mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik t


10-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotiga rahbarlik qilish
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishiga bevosita rahbarlik qilish Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta’lim nazoratchi-metodistga yuklatiladi.
Nazoratchi-metodist - bu ma’lum sohaga tegishli qonun- qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti nazoratchi-metodistining ishi murakkab va ko'p qirralidir.

  • Nazoratchi-metodist o'z ishida Davlatimizning Maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chiqarilgan qonun, shuningdek, instruktiv, dasturiy, metodik hujjatlariga amal qiladi. Maktabgacha ta'lim bo'limi nazoratchi-metodisti (tuman, shahar): turli tildagi, idora-tashkilot tomonidan tashkil etilishidan qat'i nazar «Ilk qadam» Davlat Dasturi tinglovchilarini bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;

  • Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishini har tomonlama nazorat qiladi;

  • Qonun doirasida yo'l-yo'riq, buyruq, tavsiya, ko'rsatmalar beradi;

  • Qonunga xilof ishlarni to'xtatadi va Maktabgacha ta'lim bo'limiga xabar beradi;

  • Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishlarni yaxshilash bo'yicha taklif, mulohazalar beradi;

  • Maktabgacha ta'lim bo'limida mudira, metodist va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar chaqiradi;

  • Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarini Attestatsiyadan o'tkazadi;

  • Xodimlarni rag'batlantirish va jazolash, ishdan bo'shatish masalalariga rahbarlik qiladi;

  • Shahar, tuman nazoratchi-metodisti - Xalq deputatlari ijroiya qo'mitalari oldiga Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktabgacha ta'lim tashkiloti ishini yanada takomillashtirish bo'yicha masalalarni qo'yadi.

Topshiriqni bajarish tartibi: Baliq skleti texnalogiyasidan foydalangan holda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotini nazorat qilish usullarini tasniflab chiqing va rasmga olib platformaga joylash.
Download 26.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling