Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. Tasniflash predmetlarni malum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qatiy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Mantiqda suniy va tabiiy tasniflar farq qilinadi. Suniy tasnif predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko‘rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo‘lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana Shuning uchun ham u predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo‘la oladi.
Tasniflashda tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur.
Tasniflar nisbiy turg‘un xarakterga ega. Ular bilishda va kundalik turmushda uzoq yillar davomida ishlatiladi.
Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujudga kelishi ko‘p hollarda tasniflarga tuzatishlar kiritishni, bazan esa butunlay yangisi bilan almashtirilishini taqozo etadi. SHunga qaramasdan, tasniflash mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida bilishda o‘zining muhim ahamiyatiga ega bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |