10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat»


Download 75.08 Kb.
bet17/22
Sana02.01.2022
Hajmi75.08 Kb.
#197676
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Genetik tarifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini ko‘rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy birikmadir», degan tarif genetik tarifga misoldir. Bu tarifning mantiqiy tarkibi yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali tariflash bilan bir xildir.

Tariflash malum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat:

a)  tarif teng hajmli bo‘lishi kerak, yani aniqlanuvchi tushuncha hajmi bilan aniqlovchi tushunchalar hajmlari yig‘indisi teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, tarif yo haddan tashqari keng, yo haddan tashqari tor bo‘lib qoladi. Masalan, «Mantiq tafakkurni o‘rganuvchi fandir» – haddan tashqari keng, «Mantiq isbotlash tarkibini o‘rganuvchi fandir» – haddan tashqari tor tarifdir;

b) tarif aniq bo‘lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar,  mazmuni noaniq so‘zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, «Xayol – uchqur ot», «Davlat dunyoviy ruhning siyosiy jihatdan namoyon bo‘lishidir» (Gegel) degan tariflarda bu qoida talablari buzilgan. Ularda chuqur mano bo‘lsa-da, tushunchaning mazmuni aniq ochib berilgan emas;

v) tarif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak. Tarif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o‘ziga murojaat etilsa, tarifda aylana hosil bo‘ladi. Masalan, «Mantiq to‘g‘ri fikrlash haqidagi fandir»,  deyilganda tarifda aylana vujudga keladi. CHunki «To‘g‘ri fikrlash nima?» degan savolga, «U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan holda fikrlashdir», deb javob berishga to‘g‘ri keladi, yani «mantiq» tushunchasiga murojaat qilinadi.

Tariflash qoidalari turlicha nomlanishi, har xil iboralar bilan nomlanishi mumkin, lekin mohiyatan bir xildir. Fikrimiz tasdig‘i sifatida Koen va Nagelning tarifni hosil qiluvchi qoidalar deb nomlangan qoidalariga murojaat qilsak bo‘ladi.

Tarifni  hosil qiluvchi qoidalar:


Download 75.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling