Tasniflash
Har bir tasnifda biz berilgan sinfning barcha azolariga xos muayyan belgini tanlaymiz va shu manoda har qanday tasnif tabiiy bo‘ladi. Xuddi shuningdek, har qanday tasnifni suniy deb hisoblaymiz shu manodakim, asos qilib olayotgan belgini o‘zimiz tanlaymiz. SHu sababga ko‘ra, turli fanlarni tasniflash borasida bahslar tugamaydi. Fanlarni turlicha tasniflash mumkin va,harbir holda, u malum bir maqsaddan kelib chiqib amalga oshirilgan bo‘ladi. Biroq, tasniflar o‘zining mantiqiy va ilmiy foydaliligi bo‘yicha birbiridan shu manoda ham farq qiladiki, asos qilib olinayotgan turli belglar bilimlarni tashkil etuvchi prinsilar sifatida samaradorligi bo‘yicha o‘zaro tafovut qiladilar. Masalan, barcha tirik mavjudotlarni erda, suvda va havoda yashaydiganlarga bo‘lsak, bu mavjudotlar to‘g‘risidagi bilmlarni sistemaga solish uchun fundamental ahamiyat kasb etmaydi. Boshqa holatni olsak, masalan, delfinlar va kitlarning sut bezlariga ega bo‘lishi va avlodlarini sut bilan oziqlantirishi, baliqlarning chiqarib, urchishi belgilarini asos qilib olgan g‘olda amalga oshirilgan tasnif shu mavjudotlar hayotiy faoliyatini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, fanning vazifasi avval faktlarni to‘plash, keyin ularni tasniflashdan iborat deb aytish real vaziyatning adekvat manzarasini ifoda etmaydi. Malum bir manoda tasnif qanday faktlarni ajratish masalasini echish uchun zarur, lekin bu hali hammasi emas. Eng asosiy vazifa obektlarning tabiatini o‘rganish uchun muhim bo‘lgan belgisini topishdan iborat[15].
Do'stlaringiz bilan baham: |