10-mavzu: Mashina detallariga rezba ochish


Download 13.75 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi13.75 Kb.
#1288178
Bog'liq
10-mavzu


10-mavzu:
Mashina detallariga rezba ochish


Mashina va mexanizm detallarini biriktirish vositalari ichida eng ko’p tarqalgani rezbali biriktirish usulidir. Bu usul oson, qulay, ayniqsa, mashina va apparatlarni ta’mirlash yoki sozlashda ishonchlidir.
Rezba kesish deb, detal zagotovkasining tashqi yoki ichki qismidan vint chizig’i bo’ylab qirindi chiqarib kertishga aytiladi. Rezbalar tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Masalan, 253-rasmda tasvirlangan detalga (a) kesilgan tashqi rezba vint, ikkinchi detalga (b) kesilgan ichki rezba gayka deb ataladi. Vint chizig’ining hosil bo’lishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. АВС uchburchagini kesib olib gipotenuzasi ustidan qalam yurgizib chiqiladi. Shundan keyin uchburchakni kichik katetidan silindr chiviqqa o’ralganda AS gipotenuza chiviqsa vint chizig’ini hosil qiladi. Chiziqlar oralig’ini vint chizig’ining qadami deb ataladi. Binobarin, АС tomon bitta o’ramning balandligini, SAV burchak vdet chizig’ining burchak ko’tarshshshini ifodalaydi. Silindrsimon sirtda burchak ko’tarilishining yo’nalishiga ko’ra vint chizig’i (rezba) o’ng yoki chap bo’lishi mumkin. 254-rasmda o’ng va chap vint chiziklarini hosil qilish ko’rsatilgan (a, b).
O’ng va chap vint chizyqdari-ning farqini vint va gayka mi-solida yaxshiroq tushunib olish mumkin. Gaykani shpilkaga soat mili yo’nalishida burab kiritil-sa, har ikkala detal — gayka va shpilkaga o’ng rezba kesilgan bo’ladi.
Agar shpilka gaykaga, soat mili yo’nalishiga teskari holda buralib kirsa, demak, ikkinchi holda detallarga chap rezba kesilgan bo’ladi (255-rasm). Mashinasozlikda ko’pincha o’ng rezbalar ishlatiladi. Rezba kesilganda kesil-may qolgan yumaloq ko’ndalang kesimi uning ichki ko’ndalang kesimi deb, bu kesimningdiametrirezbaning ichki diametri deb ataladi.
Chiviqning tashqi diametri (d) rezbaning nominal diametridir.



Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.R.Kulmuxamedov. Chilangarlik ishlari. -Toshkent: O’qituvchi, 2003.
2. Chilangarlik ishlari buyicha amaliy ishlar. -M.: VO’sshaya shkola, 1999.
3. Spravochnik molodogo slesarya po texnicheskomu obslujivaniyu i remontu avtomobiley. -M.: 1989.
4. V.M.Berkov. Texnik O’lchov. (albom) -M.: VO’sshaya shkola, 1983.
5. N.I.Maknenko. Chilangarlik ishi umumiy kursi. -M.: VO’sshaya shkola, 1998.
6. V.S.Starichkov. Slesarlik ishlari buyicha amaliyot. -M.: Mashinostroyeniye, 1983.
7.V.A. Skakun. Chilangarlik ishiga O’rgatish buyicha qo’llanma. -M.: VO’sshaya shkola, 1982.
Download 13.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling