10-Mavzu: Meliоratsiya haqida umumiy tushunchalar va uning hоzirgi ahvоli hamda rivоjlantirish istiqbоllari
Download 436.5 Kb.
|
1 маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Meliorasiyaning turlari.
Bugungi kunda O'zbekistonda 180 ming km xo'jaliklararo kanallar, 92 ming gidrotexnik inshoatlar, 230 ming km xo'jalik kanallari, 120 ming km kollektor-zovur tarmoqlari, 35 ta suv ombori mavjud. Meliorasiya tufayli sug'oriladigan yerlar 4 mln 3 ming gektarga yetkazildi. Faqatgina 1965 yildan 1995 yilgacha yoki 30 yil ichida 1 mnl 600 ming gektar yer o'zlashtirilib qishloq xo'jalik oborotiga kiritildi. Yangi yerlar Mirzacho'l, Qarshi, Sherobod, Jizzax cho'llarini, Buxoro, Farg'ona va boshqa viloyatlardagi bo'sh yerlarni o'zlashtirish evaziga amalga oshirildi. Respublika bo'yicha 10 ta irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari va 1 ta Farg'ona vodiysi bo'yicha dispetcherlik Markaziga ega bo'lgan magistral kanallar tizimi boshqarmasi tashkil etilgan. Respublikamiz aholisini yildan-yilga o'sishi yangi yerlarni o'zlashtirishni taqoza etadi. Hozirgi kunda yangi yerlarni o'zlashtirish imkoniyatlari deyarli yo'q. Islohotlar natijasida yangi xo'jalik yuritish tartibi - fermerlik harakati keng rivojlanmoqda. Bu xo'jaliklar rahbarlari yangi yerlarni o'zlashtirish imkoniyatlarini topishlari va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi oborotiga qo'shishlari dolzarb muammo bo'lib qoldi. Yangi o'zlashtirilayotgan yerlar asosan sho'rlangan va botqoqlangan tuproqlar bo'lib, ular qishloq xo'jalik ekinlarini o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga kuchli ta'sir ko'rsatadi.
Download 436.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling