10-Mavzu: Meliоratsiya haqida umumiy tushunchalar va uning hоzirgi ahvоli hamda rivоjlantirish istiqbоllari


Download 436.5 Kb.
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi436.5 Kb.
#1476463
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 маруза

Bugungi kunda O'zbekistonda 180 ming km xo'jaliklararo kanallar, 92 ming gidrotexnik inshoatlar, 230 ming km xo'jalik kanallari, 120 ming km kollektor-zovur tarmoqlari, 35 ta suv ombori mavjud. Meliorasiya tufayli sug'oriladigan yerlar 4 mln 3 ming gektarga yetkazildi. Faqatgina 1965 yildan 1995 yilgacha yoki 30 yil ichida 1 mnl 600 ming gektar yer o'zlashtirilib qishloq xo'jalik oborotiga kiritildi. Yangi yerlar Mirzacho'l, Qarshi, Sherobod, Jizzax cho'llarini, Buxoro, Farg'ona va boshqa viloyatlardagi bo'sh yerlarni o'zlashtirish evaziga amalga oshirildi. Respublika bo'yicha 10 ta irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari va 1 ta Farg'ona vodiysi bo'yicha dispetcherlik Markaziga ega bo'lgan magistral kanallar tizimi boshqarmasi tashkil etilgan. Respublikamiz aholisini yildan-yilga o'sishi yangi yerlarni o'zlashtirishni taqoza etadi. Hozirgi kunda yangi yerlarni o'zlashtirish imkoniyatlari deyarli yo'q. Islohotlar natijasida yangi xo'jalik yuritish tartibi - fermerlik harakati keng rivojlanmoqda. Bu xo'jaliklar rahbarlari yangi yerlarni o'zlashtirish imkoniyatlarini topishlari va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi oborotiga qo'shishlari dolzarb muammo bo'lib qoldi. Yangi o'zlashtirilayotgan yerlar asosan sho'rlangan va botqoqlangan tuproqlar bo'lib, ular qishloq xo'jalik ekinlarini o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga kuchli ta'sir ko'rsatadi.

  • 3. Meliorasiyaning turlari. Respublikamizda sho'rlangan va botqoqlangan yerlar bilan bir qatorda shamol va suv eroziyasiga uchragan, sel oqimi, qum ko'chishiga moyil yerlar keng tarqalgan. Tabiatning bu hodisalari natijasida ham juda ko'p qishloq xo'jalik ekinlari zararlanadi va natijada hosil kamayadi. Bunday tabiiy noqulay jarayonlarni oldini olish va tuproq unumdorligini oshirishda meliorasiyaning ahamiyati juda katta. Yerning noqulay tabiiy sharoitini (iqlim, tuproq, gidrologiya va gidrogeologiya sharoitlarini) tubdan yaxshilashga qaratilgan fan qishloq xo'jalik meliorasiyasi fani deyiladi. Meliorasiya - lotincha yaxshilash demakdir. Meliorasiyaning asosiy vazifalari 2 ga bo'linadi: 1.Sug'orish meliorasiyasi. 2. Zax qochirish meliorasiyasi.

Download 436.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling