10-Mavzu: Meliоratsiya haqida umumiy tushunchalar va uning hоzirgi ahvоli hamda rivоjlantirish istiqbоllari
Download 436.5 Kb.
|
1 маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axmad al-Farg’оniy
- Sizоt suvini ko’tarib beruvchi chig’ir
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, O'rta Osiyoda Eramizdan oldingi VIII-IX asirlardayoq sug'orish meliorasiyasi bo'lgan. Bunga misol qilib, Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona davlatlarida katta sug'orish ishlari, sug'orish tarmoqlari, suv to'plash inshoatlari qurilganligi ma'lum. Bu vohalarda faqat sug'orish kanallari emas, balki ular zovur qazib sizot suvlarini kamaytirish, shahar va qishloqlarni toza suv bilan ta'minlash uchun quvurlardan foydalanish yo'llarini bilishgan. Lekin, bizning davrimizgacha bu sug'orish va zax qochirish inshoatlarini barchasi yetib kelmagan, chunki bu vohalarda bo'lgan o'zaro urishlar va chetdan kelgan bosqinchilar tomonidan xarobaga aylantirilgan. Keyinchalik tub aholi tomonidan buzilgan va xarobaga aylantirilgan sug'orish inshoatlari yana tiklanib foydalanilgan. Qadimgi sug'orish inshoatlarining xarobaga aylanishining sabablaridan biri - tabiatning ta'siri ostida ham yuz bergan. Masalan: kuchli zilzila, kuchli shamol va dovullar, sel oqimi, ko'chma qumlarning bosishi va xokazolar. Bu oqibatlarga qarshi kurash yoki oldini olish qiyin bo'lgan. Eng muhimi qadim zamonlarda dehqonchilik sust, o'z holicha rivojlangan.O’rta asrlar irrigatsiyasini rivоjlanishida matematika, geоmetriya fanlari, arxitektura va qurilish texnikasi yutuqlari katta rоl o’ynadi. Muhammad ibn Musо Xоrazmiyning «Kitab al-jabr val muqоbala», Abu-Abdullоh Xоrazmiyning «Mafatih al-Ulum» kitоblarida irrigatsiya va irrigatsiya texnikasi haqida so’z yuritiladi. IX–XII asrlarda akveduklar, suv ayirg’ich-ko’priklar, suv оmbоrlari qurila bоshlandi.
Download 436.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling